Get Mystery Box with random crypto!

Noyer: 'Agar Qatarda jahon chempioni bo‘lsak, terma jamoadagi | Futbolchilar

Noyer: "Agar Qatarda jahon chempioni bo‘lsak, terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylayman"

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuyel Noyer terma jamoadagi kelgusi faoliyati haqida gapirdi.
"O‘ylaymanki, Qatardagi jahon chempionati mening uchun oxirgisi bo‘ladi. Ochig‘i, bu turnir natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar jahon chempioni bo‘lsak, terma jamoa bilan xayrlashish haqida o‘ylayman.
Qatardagi turnirda g‘alaba qozonishni xohlaymiz, deyishdan qo‘rqmayman. Ammo biz bilamizki, ko‘plab kuchli jamoalar bizga to‘qnash keladi", - deya Noyerning so‘zlarini keltiradi Bild.
Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Germaniya terma jamoasi "E" guruhida Ispaniya, Yaponiya va Kosta-Rika bilan o‘ynaydi.
-