Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-11-17 20:16:44
"Sevilya" sobiq bosh murabbiyi yana La Ligaga qaytdi

Pablo Machin "Elche"ning yangi bosh murabbiyiga aylandi.
47 yoshli mutaxassis bilan shartnoma mavsum oxirigacha hisoblangan.
Ispaniyalik mutaxassis "Jirona", "Sevilya", "Espanyol" kabi jamoalardagi faoliyati bilan tanilgan. Uning so‘nggi klubi "Ar-Raed" edi - 2022 yilning yanvarida Machin jamoadan haydalgandi.
"Elche" La Ligada 20-o‘rinda bormoqda. Jamoa 14 uchrashuvda biror marta ham g‘alaba qozona olmagan va atigi 4 ochko to‘plagan.
-
3 views17:16
Ochish/sharhlash
2022-11-17 20:16:03
Inyesta YECHL va La Liga favoritlarini sanadi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Andres Inyesta Chempionlar ligasi va La Liganing joriy mavsumi favoritlari haqida gapirdi.
"Chempionlar ligasi favoritlari? Juda yaxshi jamoalar ishtirok etadigan turnirda nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Men "Manchester Siti" va "PSJ"ni yana g‘alaba qozonishga yaqin keladigan kuchli jamoalar deb bilaman. Ajoyib formada bo‘lgan boshqa jamoalar ham bor, ammo ular tanaffusdan keyin fevral oyida qanday bo‘lishini bilmaymiz. Masalan, "Napoli" guruh bosqichini ajoyib o‘tkazdi, ammo keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. “Liverpul” va “Real” ham yaxshi natijalarga erishmoqda.
La Ligaga kelsak, favoritlar Madrid va "Barselona" bo‘ladi, umid qilamanki, "Barsa" g‘alaba qozonadi, chunki aks holda bu ularning loyihasiga bo‘lgan ishonchga katta zarba bo‘ladi", - deya Inyestaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Chempionlar ligasining 1/8 finalida "PSJ" “Bavariya” bilan, “Manchester Siti” “Leypsig”-
2 views17:16
Ochish/sharhlash
2022-11-17 20:15:02 hempionati boshlanadi. Ochilish uchrashuvida Qatar Ekvador bilan kuch sinashadi.
2 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-11-17 20:15:00
Transfermarkt. JCHning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari orasida eng qimmat 10'lik reytingi tuzildi

Transfermarkt internet portali Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatining 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Darvozabon: Simon Ngapanduetnbu (19 yosh, Kamerun, 400 ming yevro).
Himoyachilar: Nunu Mendesh (20 yosh, Portugaliya, 60 million yevro), Yoshko Gvardiol (20 yosh, Xorvatiya, 60 million yevro), Uilyam Saliba (21 yosh, Fransiya, 50 million yevro), Jeremi Frimpong (21 yosh, Niderlandiya, 25 million).
Yarim himoyachilar: Jud Bellingem (19 yosh, Angliya, 100 million yevro), Gavi (18 yosh, Ispaniya, 90 million yevro), Pedri (19 yosh, Ispaniya, 100 million yevro)
Hujumchilar: Jamol Musiala (19 yosh, Germaniya, 100 million yevro), Yusuf Mukoko (17 yosh, Germaniya, 30 million yevro), Bukayo Saka (21 yosh, Angliya, 90 million yevro).
Kelayotgan yakshanba, 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon c-
2 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-11-17 20:14:40
Oksleyd-CHemberlen sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen qishki transfer oynasida "Sautgempton"ga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Football Insider.
"Liverpul" doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan 29 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. "Sautgempton" o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishdan manfaatdor.
Oksleyd-CHemberlenning “qizillar” bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi "Avliyolar" akademiyasi bitiruvchisi bo‘lib, u yerdan "Arsenal"ga o‘tgan.
-
2 views17:14
Ochish/sharhlash
2022-11-17 20:14:20
"Arsenal" Abraxamga qiziqmoqda

"Roma" qishki transfer oynasida hujumchi Temmi Abraxam bilan xayrlashishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, 25 yoshli ingliz futbolchisiga "Arsenal" da’vogarlik qilmoqda.
Hujumchining Rim klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 million yevroga baholamoqda.
Abraxam joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchida 4 ta gol va bitta golli uzatma bor.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o‘z jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun so‘nggi qaydnomasiga futbolchini kiritmaslikka qaror qildi.
-
2 views17:14
Ochish/sharhlash
2022-11-12 18:11:46 tinovich, Ne’matov, Xolmatov, Asqarov, Jabborov, Turdimurodov.
4 views15:11
Ochish/sharhlash
2022-11-12 18:11:45
Superliga. "Paxtakor" - 15 karra O‘zbekiston chempioni!

Superliganing so‘nggi 26-turida "Paxtakor" "Bunyodkor" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Sherlar" safida Dragan Cheran va Akmal Turg‘unboyev gollar muallifi bo‘ldi.
Bu g‘alaba orqali "Paxtakor" o‘z tarixidagi 15-chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ular 26 turda 54 ochko to‘plab, 2-o‘rindagi "Navbahor"ni 1 ochkoga ortda qoldirdi.
O‘zbekiston Superligasi 26-tur.
"BUNYODKOR" - "PAXTAKOR" - 0:2
Gollar: 14 - Cheran (0:1), 16 - Turg‘unboyev (0:2)
Chetlatish: 82 - Abdulloh Omonaliyev (Bunyodkor)
Hakam: Ahrol Risqullayev.
"Bunyodkor": Sultonov, Mahammadjonov, Ergashev, O‘lmasaliyev, Narx, Pobulich, Hakimov, Mogileves, Olimjonov, Rahmonaliyev, O‘rozov.
Zaxira: Karimov, Yoqubov, Yo‘ldoshev, Ismonaliyev, Karimov, Izzatov, O‘tkirov, Omonaliyev.
"Paxtakor": Suyunov, Nasonov, Azmiddinov, Tursunov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Turg‘unboyev, Hamdamov, Fayzullayev, Cheran.
Zaxira: Quvvatov, Alijonov, Aliboyev, Mar-
4 views15:11
Ochish/sharhlash
2022-11-12 18:11:24
Ular hozir qayerda? Arsen Venger kashf etgan yosh "yigitcha"larning taqdiri nima kechdi?

Arsen Vengerning "Arsenal"dagi 22 yillik faoliyati davomida klub akademiyasi ko‘plab iste’dodlarni yetishtirdi. Ular ichida dunyo tanigan Fabregas, Uilsher va Belyerin kabi nomlar bor edi. Venger o‘z faoliyatining so‘nggi davrlarida asosiy jamoaga bir qancha futbolchilarni jalb etdi. Ularning keyingi taqdiri esa turlicha kechdi. Quyida biz nazarda tutganimiz, yosh talantlarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Jo Uillok
"To‘pchilar"ning katta jamoasi safida debyut qilish sharafiga sazovar bo‘lgan futbolchilar ichida Jo Uillok ham bor. U 2017 yilning sentyabr oyida, Angliya liga kubogi musobaqasining dastlabki raundida, "Donkaster"ga qarshi bahs ishtirokchisiga aylanadi. Shundan so‘ng, uning ishlari yurishib ketdi. Ammo Mikel Artetaning jamoasida unga o‘rin topilmadi. Shu sabab "Arsenal" uni 2021 yilning yanvar oyida "Nyukasl"ga ijaraga beradi. Uillok yangi klubda gollar ura boshla-
3 views15:11
Ochish/sharhlash
2022-11-12 18:10:53 ilqum - So‘g‘diyona - 2:1
Gollar: 49 - Shohruz Norxonov (0:1), 62 - Temurxo‘ja Abduholiqov (1:1), 80 - Dilshod Jo‘rayev (2:1).
Lokomotiv - Metallurg - 3:1
Gollar: 38 - Islom Rashidxonov (1:0), 45 - Zabixullo O‘rinboyev (1:1), 65 - Xurshid Muxtorov (2:1), 68 - Sanjar Qodirqulov (3:1).
3 views15:10
Ochish/sharhlash