Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2021-09-04 14:59:01
21 asrning eng daxshatli zilzilalarining iqtisodiyotga yetkazgan zarari qancha?

Insoniyat tarixidagi eng jiddiy zilzila 2011 yil 11 may kuni Yaponiya qirg'oqlarida sodir bo'lgan. 9 balli zilzila natijasida 15883 kishi halok bo'ldi va 2676 kishi bedarak yo'qoldi.

Zilzila natijasida sodir bo'lgan sunami Fukusima atom elektr stantsiyasida katta avariyaga sabab bo'ldi va iqtisodiyotga yetkazilgan umumiy zarar $186-235 milliardni tashkil etadi.

Qolgan zilzilalar:
— 2004 yil 26 dekabr (Hind okeani) 9,1-9,3 ball. 14 ta mamlakatdan 225-300 ming odam o'lgan. Zarar $5 mlrd (Tailand), $1,6 mlrd (Hindiston), $1,3 mlrd (Maldiv), $4,5 mlrd (Indoneziya);
— 2008 yil 12 may (Xitoy) 7,9 ball. 87,6 ming kishi o'lgan. Zarar $86 mlrd.
— 2010 yil 12 yanvar (Gayiti) 7 ball. 316 ming kishi o'lgan. Zarar $7,9 mlrd;
— 2010 yil 27 fevral (Chili) 8,8 ball. 525 ta odam o'lgan, 25 kishi bedarak yo'qolgan. Zarar $20 mlrd;

@SoniQancha
2.0K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-09-04 14:59:01
Tilamchilarning daromadi qancha?

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko'chalarida Pokistondan kelgan tilamchilar ko'payganligi va 50 ming so'm pul so'rab yurgani haqida ma'lumotlar tarqaldi.

50 ming so'm bitta odamdan oladigan bo'lsa, ularning daromadi qancha ekan?

Internet ma'lumotlari asosan ikki mamlakat bo'yicha bor ekan:
— AQSHda oyiga $1,2 mingdan $7 ming gacha;
— Hindistonda oyiga $135 dan $450 gacha;

Oylik daromad insonlarning qanchalik rahmini keltirishiga qarab oshib boradi.

Sizningcha ular yurtimizda qancha topishadi?

@SoniQancha
1.9K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-09-04 13:02:43
Banklarning muammoli kreditlari qoldigʻi 10 trln soʻmdan oshib ketdi

Banklarning jami kreditlar qoldigʻi 2021-yil 1-aprel holatiga 283,5 trln soʻmni tashkil qilgan.

Shundan,
• yuridik shaxslarning – 226,7 trln soʻmlik;
• jismoniy shaxslarning – 56,8 trln soʻmlik kredit qoldiqlari mavjud.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha:
29,4 trln soʻmlik ipoteka;
12,1 trln soʻmlik avtokredit va isteʼmol kreditlari;
9,3 trln soʻmlik tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlari;
5,9 trln soʻmlik mikroqarz boʻyicha kredit qoldiqlari mavjud.

Shuningdek, kreditlar tarkibida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 10,2 trln soʻmni tashkil qilib, jami kredit portfelining 3,6% ini tashkil qilgan.
Yil boshiga nisbatan muammoli kreditlar miqdori 4,4 trln soʻmga oshgan va bu asosan davlat banklari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

@SoniQancha
2.2K views10:02
Ochish/sharhlash
2021-09-04 10:00:22
Dunyo mamlakatlarining antiqa soliqlari

Pulga muhtoj bo'lgan davlatlar fuqarolarni turli bahonalar bilan ko'proq pul to'lashga majbur qilmoqda.

Ularda eng antiqalarini to'pladik:
— Bo'ydoqlik uchun soliq (AQSH, Missuri): 21 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan bo'ydoq yigitlar yillik $1 miqdorda soliq to'lashadi.
— Ko'ngil yozish uchun soliq (Hindiston): bilet narxi $1,34'dan qimmat ko'ngil ochar joylarga kirish uchun qo'shimcha bilet narxining 5% dan 28% gacha soliq.
— Quyosh va soya uchun soliq (Ibiza, Malorka, Menorka va boshqa kurortlar): quyosh nurida toblanganllar va soyada dam olganlar kuniga 1 yevro soliq to'lashi kerak.
— Ijtimoiy tarmoq uchun soliq (Uganda): fuqarolar telegram, facebook, instagramdan foydalanganlik uchun har kuni $0,05 to'lashi kerak. Agar soliqdan bosh tortsa $2500 jarima yoki 12 oy qamoq kutib turadi. Aholisi kuniga $1 dan kam pulga yashaydigan mamlakat uchun $0,05 katta pul.

@SoniQancha
2.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-09-04 09:23:01
Toshkentda ehson qutisiga $50 ming tashlab ketilgani aniqlandi

Korzinkauz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov 29-aprel kuni Telegram’dagi kanalida e'lon qilishicha, market oldiga o‘rnatilgan ehson qutilaridan jami $50 ming solingan konvertlar chiqdi.

Zafar Hoshimovning ta’kidlashicha, tarmoq supermarketlariga o‘rnatilgan ehson qutilariga “saxiy xaridorlar asosan qaytimga olingan pullarini xayriya niyatida tashlab ketadi. Bugun navbatdagi qutini ochib, pullarni sanarkanmiz, qutidan 10 dan ortiq oq konvert chiqdi. Ochib qarasak, konvertlardan jami $50 ming pul bor ekan”.

Ushbu ehson qutilariga tushgan barcha mablag‘lar saraton kasalligiga chalingan bolakaylarga yordam beruvchi “Ezgu amal” xayriya jamg‘armasi hisobiga yo‘naltiriladi.

Pullar ayirboshlanib, jami 564 120 000 so‘m jamg‘armaga yuborilgan.

@SoniQancha
2.6K views06:23
Ochish/sharhlash
2021-09-04 09:23:01
Dunyoning eng xavfli oroliga sayohat narxi qancha?

Braziliyadagi Keimada Grande oroli dunyoning eng xavfli orollaridan biri hisoblanadi. U yerda minglab zaharli ilonlar yashaydi.

Ba'zi taxminlarga ko'ra, orolda 430 mingga yaqin ilon yashaydi deyishadi. Bu har bir kvadrat metri uchun kamida bitta ilon degani. Dunyodagi eng zaharli ilonlardan biri orol botrops iloni ham shu yerda yashaydi. Ularning soni mingdan ortiq va ilonlar deyarli doimo oziqa izlab yurishadi.

1985 yildan boshlab orol turistlar uchun to'liq yopilgan. Ammo yashirin yo'llar bilan borsa bo'ladi va bu sizga $10 ming gacha tushishi mumkin.

@SoniQancha
2.0K views06:23
Ochish/sharhlash
2021-09-04 09:13:09
•SAMYUN WAN Семириш учун капсула.

•ОРИГИНАЛ 100%
Индонезияда ишлаб чиқарилган
•21 кун ичида 7-12 кг гача семиртиради.
•Натижа: 100%.
•1 та флаконда 21 дона капсула.
•1 та флакони 21 кунга етади.
•Бир кунда 1 дона овкатдан кейин ичилади.
•Bu garmon emas!
•Иштахани очилиши
•Мушаклар масса олишида
•Метаболизмни яхшилаш
•Энегияни ошириш.
•Озикани организмга юктириш.
•Олдиндан тўлов ёқ
•Klic, Payme, Накт пул.
Ўзбекистон бўйлаб етказиш бепул.

Доставка текин 🏻
нархи 157 000

Пулини махсулотни кулингизга олгандан кейин берасиз

Буюртма бериш учун:

https://100k.uz/oqim/42584
https://100k.uz/oqim/42584
1.9K views06:13
Ochish/sharhlash
2021-09-04 07:00:06
O‘zbekistonda chaqirilgan har bir tez yordamga dori-darmon uchun qancha mablag‘ ajratilmoqda?

O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi choragiga kelib, tez tibbiy yordam tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘ o‘rtacha 6500 so‘m ni tashkil qilgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2016 yilda 500 so‘m etib belgilangan edi.

Shuningdek, mamlakatda 2016 yilda 800 ta tez yordam shoxobchalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib, ularning soni 1666 taga yetgan. Bundan tashqari, 2021 yil birinchi choragida tez yordam brigadalari soni 2685 ta ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. Keltirilishicha, bu raqam 2016 yilda 1648 tani tashkil qilgan.

@SoniQancha
2.4K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-09-03 19:00:17
O'zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga $500 mln ajratilmoqda

22-aprel sanasida muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida xizmatlar sohasi uchun banklar tomonidan joriy yilda kamida 18 trln soʻm kreditlar yoʻnaltirilishi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qoʻshimcha $300 mln, shundan 1-iyulgacha $150 mln ajratilishi yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Dastlabgi bosqichda mamlakatimiz hududlari kesimida ajratiladigan mablagʻlar quyidagicha:
• Samarqandga — 160 mlrd soʻm;
• Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo va Fargʻonaga — 150 mlrd soʻmdan;
• Namangan va Surxondaryoga — 125 mlrd soʻmdan;
• Buxoroga — 90 mlrd soʻm;
• Jizzaxga — 85 mlrd soʻm;
• Qoraqalpogʻiston va Xorazmga — 75 mlrd soʻm;
• Sirdaryoga — 60 mlrd soʻm;
• Navoiyga — 55 mlrd soʻm ajratiladi.

@SoniQancha
2.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-09-03 18:30:11
Transportda toʻxtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

O'zgarishlarda yo'l harakati qoidalari ham o'rin olgan. Bunga ko'ra, transportda toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (490 ming soʻm) etib belgilandi. Avval bu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (735 ming soʻm)ni tashkil qilar edi.

Shuningdek, takroran sodir etilgan ushbu qoidabuzarlik uchun oshirilgan miqdordagi jarima solish tartibi bekor qilindi. Yaʼni:
— Ilgari bir marta jarima qoʻllangandan keyin 1 yil ichida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming soʻmgacha jarima solinar edi.
— Endi necha marta qoida buzilganidan qatʼi nazar bir xil - BHM 2 baravari (490 ming soʻm) miqdorida jarima solinadi.

@SoniQancha
2.6K views15:30
Ochish/sharhlash