Get Mystery Box with random crypto!

Banklarning muammoli kreditlari qoldigʻi 10 trln soʻmdan oshib | Soni Qancha?

Banklarning muammoli kreditlari qoldigʻi 10 trln soʻmdan oshib ketdi

Banklarning jami kreditlar qoldigʻi 2021-yil 1-aprel holatiga 283,5 trln soʻmni tashkil qilgan.

Shundan,
• yuridik shaxslarning – 226,7 trln soʻmlik;
• jismoniy shaxslarning – 56,8 trln soʻmlik kredit qoldiqlari mavjud.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha:
29,4 trln soʻmlik ipoteka;
12,1 trln soʻmlik avtokredit va isteʼmol kreditlari;
9,3 trln soʻmlik tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlari;
5,9 trln soʻmlik mikroqarz boʻyicha kredit qoldiqlari mavjud.

Shuningdek, kreditlar tarkibida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 10,2 trln soʻmni tashkil qilib, jami kredit portfelining 3,6% ini tashkil qilgan.
Yil boshiga nisbatan muammoli kreditlar miqdori 4,4 trln soʻmga oshgan va bu asosan davlat banklari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

@SoniQancha