Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda ehson qutisiga $50 ming tashlab ketilgani aniqlandi | Soni Qancha?

Toshkentda ehson qutisiga $50 ming tashlab ketilgani aniqlandi

Korzinkauz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov 29-aprel kuni Telegram’dagi kanalida e'lon qilishicha, market oldiga o‘rnatilgan ehson qutilaridan jami $50 ming solingan konvertlar chiqdi.

Zafar Hoshimovning ta’kidlashicha, tarmoq supermarketlariga o‘rnatilgan ehson qutilariga “saxiy xaridorlar asosan qaytimga olingan pullarini xayriya niyatida tashlab ketadi. Bugun navbatdagi qutini ochib, pullarni sanarkanmiz, qutidan 10 dan ortiq oq konvert chiqdi. Ochib qarasak, konvertlardan jami $50 ming pul bor ekan”.

Ushbu ehson qutilariga tushgan barcha mablag‘lar saraton kasalligiga chalingan bolakaylarga yordam beruvchi “Ezgu amal” xayriya jamg‘armasi hisobiga yo‘naltiriladi.

Pullar ayirboshlanib, jami 564 120 000 so‘m jamg‘armaga yuborilgan.

@SoniQancha