Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2021-08-25 20:00:14
Dunyoning eng chuqur joyiga sayohat qancha turadi?

Mariana botig'i bu dunyoning eng chuqur joyi bo’lib Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi Mariana orollari boʻylab 1340 km masofaga choʻzilgan. Oʻrtacha kengligi 59 km, chuqurligi 11022 metr.(dunyoning eng baland cho’qqisi 8844 metr).

Endi bu joyga tushish imkoniyati mavjud bo’lib maxsus Submarine Limiting Factor suv osti kemasi orqali dunyoning eng chuqur joyini ko’rishingiz mumkin. Xizmat narxi $750 ming turadi va sayohatlar may oyida boshlanadi.

Nima deb o’ylaysiz tushishga arziydimi?

@SoniQancha
1.6K views17:00
Ochish/sharhlash
2021-08-25 20:00:14
59 yillik zang bosgan Maserati yuqori qiymatda sotildi

Amerika Qo'shma Shtatlarida klassik va noyob avtomabillarni oldi-sotdisi bilan shug'illanuvchi Gullwing Motor Cars avtosaloni 1962-yili ishlab chiqarilgan, ahvoli ancha eski ko'rinishga kelib qolgan Maserati 3500 GT avtomabilini $225 ming ga sotishga muvaffaq bo'ldi.

220 ot kuchiga ega 3,5 litrli V6 dvigatelli, fil suyagi rangidagi kuzovi va qizil charm bilan qoplangan salonga ega bo'lgan 3500 GT rusumidan o'sha davrda bir nechta nusxa chiqarilgan halos.

60-yillarga tegishli, zang bosgan Maserati 3500 GT ga $225 ming sarflab sotib olgan yangi egasi, uni qayta tiklash uchun ancha mablag' va vaqt sarflashi kerakligini aytmoqda.

@SoniQancha
1.4K views17:00
Ochish/sharhlash
2021-08-25 19:30:22
#Kun_savoli

Bir gap borki uni xursand odamga aytsangiz, hafa bo’ladi, hafa bo’lgan insonga aytsangiz xursand bo’ladi. Bu qanday gap?
.
.
.
1.4K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-08-25 19:00:21
Dunyoning eng katta suv omborlari va yurtimizdagi suv omborlar

Hayotimizda suv omborlarining roli har doim juda katta hisoblanadi. Quyida biz dunyoning va yurtimizning eng katta suv omborlarini va ularga ketgan sarfni (qavs ichida inflyatsiya bilan bugungi kunda) ko’ramiz:

Dunyo miqyosida:
1. Viktoriya – Uganda, 1954 (2012-yil qayta ta’mirlangan)
Umumiy sig’imi: 205 km³
Qayta ta’mirlash va GIES qurish narxi: $800 mln
2. Bratskoe (Rossiya, 1967)
Umumiy sig’imi: 169 km³
Qurilish narxi: $68 mln ($533 mln)
3. Kariba. (Zambiya, 1963)
Umumiy sig’imi: 160 km³
Qurilish narxi: $135 mln ($1 mlrd 59 mln)

O’zbekiston:
1. Chorvoq (Toshkent, 1978)
Umumiy sig’imi: 2 km³
2. Talimarjan (Qashqadaryo, 1985)
Umumiy sig’imi: 1,5 km m³
3. Tudakul. (Navoiy, 1979)
Umumiy sig’imi: 1,2 km m³

O’zbekiston suv omborlari qancha pulga qurilgani haqida ma’lumotlar biror bir manbada rasmiy ochiqlanmagan.

Eslatib o’tamiz: 1km³ sig’imi = 1 000 mln m³ ga teng

@SoniQancha
1.6K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-08-25 18:52:01
Tesla kompaniyasiga tegishli Gigafactory haqida eshitganmisiz

2014-yilda AQSh'ning Tesla kompaniyasi Nevada shtatida qattiq sir saqlagan holda yangi fabrika qurishni boshlaydi.

Kompaniya tomonidan “Gigafabrika 1” (Gigafactory 1) deb nomlangan bu fabrika qurilishi 2020-yilga yakunlanishi rejalashtiriladi. Qurilish yakunlangandan keyin u dunyoda hajmi boʻyicha 2-raqamli bino boʻladi – uning maydoni Nyu-Yorkdagi Markaziy bogʻdan 3 barobar kattaroq boʻlishi aytiladi.

2014-yilda Tesla Panasonic kompaniyasi bilan zavodga sarmoya kiritish uchun $5 mlrd lik shartnoma imzolanadi. Shartnomada Panasonic zavodni batareykalar ishlab chiqarish bo'limini boshqarishga rozilik oladi. 2016-yil boshiga kelib, Panasonic prezidenti tomonidan zavodni to'liq quvvatlantirish uchun yana $1,6 mlrd kiritiladi. Shu yilni aprel oyida yana $3,86 mlrd lik obligatsiya sotadi.

Zavodni kengaytirish yana davom qilmoqda va har yili milliardlab dollarlar kiritilmoqda.

@SoniQancha
1.5K views15:52
Ochish/sharhlash
2021-08-25 18:52:01
Tesla aksiyalari keskin ko’tarildi va Mask bir kunda $25 mlrd topdi

Tesla aksiyalari 9-martdagi savdolardan so'ng keskin ko'tarilib 19,64 foizga o'sdi va har bir aksiya uchun $673,58 ni tashkil qildi. Natijada Teslaning kapitallashuvi $646,6 milliard ni tashkil etdi va bir vaqtning o'zida $106,2 milliard ga o'sdi.

Shuningdek, Elon Maskning boyligi rekord darajadagi $25 milliard ga ko'paygan va $174 milliardni tashkil etgan.

Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlariga ko'ra, Bezos hozirda $180 milliard bilan “milliarderlar poygasi”da peshqadamlik qilmoqda.

@SoniQancha
1.4K views15:52
Ochish/sharhlash
2021-08-25 18:22:02
Bu bola AZAMAT - barchani hayratda qoldirdi!

Pul topishga qiynalayotganlarga yordam beradi
Ishda Kam oylik olib qiynalib yurmesiz
Qo'shimcha kunlik daromad qilishni o'rgatadi

Azamat bilan siz kuniga o'rtacha 100$ gacha daromad qilishingiz mumkin
Ishonmasez kirib ko'ring
https://t.me/joinchat/VCP0XJVtH_M1NzUy

AZAMAT KANALI|RASMIY KANAL
391 views15:22
Ochish/sharhlash
2021-08-25 17:30:22
Venesuelada giper inflyatsiya vujudga keldi

Venesuela Markaziy banki 8-martdan boshlab 200 ming, 500 ming va 1 mln bolivar qiymatga ega banknotalarni muomalaga kiritmoqda.

Banknotalarning qiymati jahon valyuta hisobi bo'yicha:
— 200 ming bolivar = $0,11;
— 500 ming bolivar = $0,27;
— 1 mln bolivar = $0,53.

Mamlakat qariyb 3 yildan beri og'ir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan o'tkazmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra Venesuelada inflyatsiya darajasi:
• 2018-yilda 1,7 mln foizni;
• 2019-yilda 9585 foizni tashkil qilgan.

Hukumat infilyatsiyani jilovlash hamda mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish maqsadida yangi duveren bolivarlarni chiqardi, ammo baribir mamlaktda umumjahon valyuta kursi juda past ko'rsatkichda qolmoqda. 1 AQSh dollari 1,8 mln bolivarni tashkil qiladi.

@SoniQancha
1.6K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-08-25 17:30:22
Achinarli holdagi Toshkent hayvonat bog'ining zamonaviylashtirish narxi qancha?

Bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik hayvonat bog'i ancha achinarli holga kelib qolgan bo'lib, so'nggi uch yil davomida hayvonot bog'ini saqlash uchun davlat byudjetidan 22,7 milliard so'm mablag' sarflangan.

Bog'ni zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan qilish uchun Wildlife Care kompaniyasining ishonchli boshqaruviga o'tkazilgan va kompaniya birinchi besh yilda bog'ni rivojlantirishga $5 million sarmoya kiritishi kerak.

Shuningdek, investorga hayvonlarning xilma-xilligini oshirish, oq ayiq, karkidon, shimpanze, pingvin, jirafa, antilop, zebra, Baykal muhri, Xalqaro Qizil kitob va O'zbekistonning Qizil kitobidan noyob hayvonlarni sotib olish shartlari qo'yilgan.

@SoniQancha
1.4K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-08-25 16:30:23
Porsche kompaniyasi yangi yo'ltanlamas universali va elektrovelosipedlarini namoyish etdi

Porsche kompaniyasi to'liq uzatmali yo'ltanlamas flagman elektromobilini hamda eBike Sport va eBike Cross Porsche permium-klas elektrovelosipedlarini namoyish etdi.

Velosipedlarga Shimano EP8 dvigatellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular soatiga 25 kilometr tezlikkacha harakatlana oladi. Porsche eBike ramasi 120 kilogrammgacha ishchi yukni ko‘tarishga qodir. Ikkala model ham 2021-yilning kuzida sotuvga chiqadi. Porsche eBike Sport narxi rasman $10,7 ming (bu pulga deyarli Gentra olsa bo'ladi) ni, eBike Cross esa $8549 ni tashkil etadi.

Elektromobil Taycan sedani bazasida qurilgan, old yukxonasi sig‘imi 84 litrni, orqasi esa 446 litrni tashkil etadi. Taycan Cross Turismo quvvati dastlabki 100 km tezlikka 3,3 soniyada erishadi. Eng kuchli Taycan Cross Turismo — Turbo S versiyasi 100 km/soatga 2,9 soniyada erishadi.

@SoniQancha
1.6K views13:30
Ochish/sharhlash