Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga $500 mln ajr | Soni Qancha?

O'zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga $500 mln ajratilmoqda

22-aprel sanasida muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida xizmatlar sohasi uchun banklar tomonidan joriy yilda kamida 18 trln soʻm kreditlar yoʻnaltirilishi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qoʻshimcha $300 mln, shundan 1-iyulgacha $150 mln ajratilishi yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Dastlabgi bosqichda mamlakatimiz hududlari kesimida ajratiladigan mablagʻlar quyidagicha:
• Samarqandga — 160 mlrd soʻm;
• Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo va Fargʻonaga — 150 mlrd soʻmdan;
• Namangan va Surxondaryoga — 125 mlrd soʻmdan;
• Buxoroga — 90 mlrd soʻm;
• Jizzaxga — 85 mlrd soʻm;
• Qoraqalpogʻiston va Xorazmga — 75 mlrd soʻm;
• Sirdaryoga — 60 mlrd soʻm;
• Navoiyga — 55 mlrd soʻm ajratiladi.

@SoniQancha