Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2021-09-04 20:30:01
Byudjet mablag'larining talon taroj qilish yillar davomida ortmoqda

Tanzila Norboyeva Senatning 23 apreldagi o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida so‘nggi 4 yil davomida qancha budjet mablag‘i noqonuniy sarflangani va bu mablag‘larni o‘zlashtirgan mansabdorlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Hisob palatasining oxirgi uch yildagi hisobotiga ko‘ra, byudjet mablag‘lari hisobidan noqonuniy xarajatlar oshib bormoqda.

Xususan:
2017 yilda — 36,5 milliard so‘m;
2018 yilda — 1 trillion 200 milliard so‘m;
2019 yilda — 1,1 trillion so'm;
2020 yilda — 2,7 trillion so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Byudjet puli — bu xalqning puli. U xalqqa borishi kerak. Bu mablag‘lar qaysidir chinovniklarning cho‘ntagiga borishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Byudjet mablag‘larini sarflash shunchalik osonmi?

@SoniQancha
1.5K views17:30
Ochish/sharhlash
2021-09-04 20:05:24
Ер юзидаги биринчи одамни ўлдирган инсон ким?!
1.5K views17:05
Ochish/sharhlash
2021-09-04 19:08:39
ISHID'dan so'ng Iroqani qayta tiklash qiymati qancha?

2014 yilga kelib ISHIDchilar Iroq hududining uchdan bir qismini egallab olgan edi. O‘sha yilning iyunida ular Iroqning ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Mosulda ham nazorat o‘rnatdi va uni o‘zlarining poytaxti deb e’lon qildi. Mosulni ozod qilish operatsiyasidan keyin bu yerda buzilmagan bino deyarli qolmadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Iroqning 80% vayronalar ostida qolgan.

Iroq hukumatining ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatni tiklash uchun $88 milliard kerak. Shundan, $22 milliard zudlik bilan zarurdir.

Birgina ISHID o'ziga poytaxt qilib olgan Mosulda birortayam buzilmagan bino qolmagan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, shaharni qayta tiklash uchun kamida $2 milliard kerak.

@SoniQancha
1.9K views16:08
Ochish/sharhlash
2021-09-04 18:30:21
Karbonat angidridni yoqilg‘iga aylantirish ixtiro qilgan odamga $100 mln mukofot vada qilindi

Reuters nashrining xabar berishicha, Tesla bosh direktori Ilon Mask karbonat angidrid (CO2)ni yoqilg‘iga aylantirish yo‘lini topadigan ixtirochiga $100 mln va’da qildi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan sovrin miqdori oshishi mumkin.

U atmosferadan uglerod ajratib olish texnologiyasi havodan ifloslantiruvchi zaharli gazlar ajralib chiqish darajasini 2050-yilga qadar nolga yetkazishda juda muhim bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Konkurs 2025-yil Xalqaro yer kuniga qadar to‘rt yil davom etadi.

@SoniQancha
1.9K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-09-04 18:30:21
Toyota Crown Vellfire miniveni Shanxayda sotuvga chiqdi

Motor nashrining yozishicha, Toyota kompaniyasi Shanxay avtosaloni doirasida Crown Vellfire nomli minivenini taqdim etdi. Faqat Xitoyda sotuvga chiqadigan furgonning narxi $141,7 mingdan boshlanadi.

— Toyota Crown Vellfire’ga 163 ot kuchiga qodir 2,5 litrli benzin dvigatelni o‘z ichiga olgan gibrid motor o‘rnatilgan.
— Uch qatorli hashamatli miniven old yorug‘lik optikasi va keng havo panjaralari o‘rnatilgan massiv bamperli dizaynga ega bo‘lgan.
— Bundan tashqari, miniven markaziy multimedia displeyi bilan jihozlangan, saloni charm bilan qoplangan va afsonaviy Toyota Crown’ning logotipi tushirilgan.

@SoniQancha
1.7K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-09-04 18:01:43
Oyiga 2.000.000 so’m maosh uchun ishlayapsizmi?

Nima deysiz shu pulni 1 kunda topishga?

Albatta bunde narsa ertaklarda bo’ladi deyishiz mumkin. Ammo bu rost! Azamat o’z kanalida yuz mingdan ziyod odamga buni yo’llarini o’rgatmoqda.

Agar sizda tajriba bo’lmasa ham hammasini shaxsan sizga o’zi o’rgatadi. Bugun kanalga qabul qilmoqda hammani. Siz ham shularni orasida borsiz, ssilka orqali kanalga o’ting
https://t.me/joinchat/YjM2886VRog2N2Yy
1.2K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-09-04 16:30:22
Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o‘rnatgani uchun qancha mukofot puli oladi?

Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida siltab ko‘tarish mashqida 109 kg vazn toifasidagi Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatori yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Xalqaro og'ir atletika federatsiyasiga asosan internet ma'lumotlariga ko'ra, u oltin medali uchun $35 mingdan oshiq mukofot puli oladi. Sportchiga jahon rekordini o'rnatgani uchun qo'shimcha bonus mablag'lari qo’shilmas ekan.

Sportichini yurtimizda ham munosib taqdirlashadi degan umiddamiz.

@SoniQancha
2.0K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-09-04 16:30:22
Energetika sohasiga katta mablag‘lar sarflanmoqda

So‘nggi vaqtlarda davlat qarzi iqtisodchilar va turli soha vakillari tomonidan keng muhokama qilina boshlagan mavzulardan biriga aylandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yakuni bo‘yicha jami $21,1 mlrd lik davlat tashqi qarzining $3,1 mlrd (14,6 foiz) elektr energetikasiga, $2,6 mlrd (12,4 foiz) energetika sohasiga yo‘naltirilgan.

Qarzning katta qismi aynan energetikaga sarflanmoqda, mazkur xarajatlar o‘zini qay darajada oqlayotgani amalyotda ma'lum.

E'tibor qiling, mustaqilligiga 30 yil bo‘lgan O‘zbekiston uchun mamlakat iqtisodiyoti richagi bo‘lgan tizimni isloh qilish harakatlari vazirning so’zlariga ko’ra 3–4 yil oldin boshlangan.

So‘nggi yillarda sohaga katta-katta mablag‘lar sarflanayotgani esa o‘sha qilinmagan islohotlarni boshlash, davom ettirish uchundir balki.

@SoniQancha
1.9K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-09-04 16:02:28
MOSTBET KAZINODAN AKSIYA!!!
Faqat BUGUN! VA Faqat birinchi 100 kishiga Mostbet KAZINO 3.000.000 so'm miqdorida bonus olish imkoniyatini taqdim etadi!
Bu juda oddiy, havolaga o’ting yoki mobil ilovani yuklab olib ro’yxatdan o’ting va birinchi deposit kiritib bonus egasiga aylaning.
Bonus Olish
Yuklab Olish
Mostbet BK aksiyalari haqida birinchilardan bo'lib bilish uchun MostbetUZ kanaliga obuna bo'ling: @MostbetUZ
1.4K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-09-04 16:01:00
«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga qancha mablag' sarflandi?

O'rnatilgan tartibga asosan, davlatga yetkazilgan zarar undirilganidan so‘ng uning bir qismi muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.

2020 yilda sud hujjatlari bo‘yicha 15,2 trillion so‘m, shu jumladan, davlat foydasiga 6,2 trillion so‘m undirilgan bo'lib, ushbu mablag‘lar hisobidan «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagicha sarflangan:
— 2020 yili 62 milliard so'm;
— 2021 yilning 3 oyida esa 104 milliard so‘m;

@SoniQancha
1.7K views13:01
Ochish/sharhlash