Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2021-09-07 20:07:23
Dunyoda va bizda omonat foizlari qanday?

Bugungi kunda yillik inflyatsiya 11-12% bo'lgan yurtimizda banklar tomonidan yillik 22% gacha omonatlar taklif qilinmoqda ekan.

Dunyodagi vaziyat quyidagicha ekan:
5. Turkiya 10% (inf 12% dan baland);
4. Uganda 12% (inf 9% dan baland);
3. Bangladesh 12% (inf 5,56% dan baland);
2. Mongoliya 16,1% (inf 5,6% dan baland);
1. Ukraina 20%/3 oy (inf 3,9% dan baland);

@SoniQancha
1.4K viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash
2021-09-07 19:35:18
Амир Темур дунёда бир ҳунар эгасидан қўрққан. Бу касб қайси?

Сиз ҳам буни билиб, қўрқишингиз аниқ.


Жавоби бу ерда
1.6K views16:35
Ochish/sharhlash
2021-09-07 19:00:12
4 oyda O‘zbekistonga qancha pul jo’natildi?

Joriy yilning dastlabki 4 oyi davomida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarining hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50 foizga oshdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan 4 oy davomida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan qariyb $1,99 mlrd mablag‘ yuborilgan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan $663 mln yoki 50 foiz, 2019 yilning mos davriga nisbatan esa 34 foizga oshgan.

Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori $478 mln ga yetgan.
Natijada, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb $1,52 mlrd ni tashkil etmoqda.

@SoniQancha
1.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-09-07 18:30:11
O'zbekistonning eng yirik kompaniyalari haqida

O
'zbekistonda bugungi kunga kelib kompaniyalar soni kundan kunga oshib bormoqda. Ulardan eng yiriklarini sanaymiz:
— Navoiy va Olmaliq kon metalurgiya kombinatlari;
— O'ztransgaz va O'zbekneftgaz AJ'lar;
— Uzaerways aviakompaniyasi;
— Oʻzavto Motors AJ;
— O‘zbekiston temir yo‘llari;
— O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari;
— Artel kompaniyasi;
— The Coca-Cola Company.

Yuqoridagi kompaniyalar O'zbekistonning eng yirik kompaniyalari bo'ladi va ulardan ko'pi monopol sifatida imtiyozlarga egadir.

Birgina Navoiy va Olmaliq kon metalurgiya kombinatlari, O'ztransgaz va O'zbekneftgaz AJ'lar 2020 yilda budjetga ummumiy miqdorda 54 trln so'mdan oshiq soliq to'lagan va bu jami soliq tushumlarining 48% dir.

@SoniQancha
1.7K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-09-07 18:30:11
Davlat “Coca-cola”dagi ulushini sotib nimaga erishadi?

Butun dunyo bo'ylab yillik darmadi $40 mlrd bo'lgan kompaniyaning O'zbekistondagi kompaniyasidagi ulushini sotishdan asosiy maqsad nimada?

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat faqat strategik ahamiyatga ega korxonalar, ya’ni tabiiy monopoliya sub’ektlari, mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida faoliyat yuritadigan korxonalarga egalik qiladi.

"Coca-cola” korxonasi ham soliq to‘lovchi, u xoh davlat ulushi bo‘lsin, xoh xususiy bo‘lsin – soliq to‘lovchi! Shu bilan birga, davlat ulushi bugungi dunyo bozori narxlarida sotiladigan bo‘lsa, davlatning ushbu korxonadan kamida 30 yil oladigan dividendini bugun byudjetga tushushi demakdir, bu juda muhim!

@SoniQancha
1.4K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-09-07 18:00:11
Man milliarder Azamat Azizov. Telegramda pul ishlashni 2 yildan beri hammaga bepulga o'rgatib kemoqdaman. Hozirda 30 mingdan ortiq shogirtlarim bor, ular kuniga spokoyna 500$ dan pul ishlashmoqda

Agar siz ham telegramda pul ishlashni o'rganmoqchi bo'lsez manga yozing, sizda ham mani shogirdim bo'lish imkoniyati bor:

Telegram kanalim: https://t.me/joinchat/VCP0XJVtH_M1NzUy
1.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-09-07 16:30:14
O'zbekistonda oddiy o'qituvchi spark xarid qilishi uchun qancha vaqt kerak?

O'qituvchilarning bugungi kundagi o'rtacha maoshi 2,6 mln so'mni tashkil etadi.

O'zbekistondagi Chevrolet Sparkning narxi quyidagicha:
— "Avtomat" 92 821 000 so'm;
— "Mexanika" 73 262 000 so'm;

Shu sabab, o'qituvchi oylik maoshini hammasini mashinaga yig'sa:
— "Avtomat" uchun 35 oy;
— "Mexanika" uchun 28 oy maoshini yeb-ichmasdan yig'ishi kerak.

Agar ish haqidan oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va kundalik ehtiyojlar uchun pulni ushlab qolsa, u holda o'qituvchi o'rtacha 6-8 yil ichida mashinaga ega bo'lar ekan, shunda ham mashina narxi oshmasa!

Afsuski, yurtimizda 40% o'qituvchilar umir bo'yi mashina ololmaydi.

@SoniQancha
1.8K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-09-07 16:30:14
Youtube'da reklama berish narxi qancha?

Youtube'da reklama berish asosan 3 toifaga bo'linadi va ular quyidagicha:
— Kirish e'lon - 6 soniyagacha davom etadigan qisqa majburiy video. Foydalanuvchi uni o'tkazib yuborolmaydi;
— In-Stream reklama - bu asosiy videodan oldin, paytida yoki undan keyin ko'rsatilishi mumkin bo'lgan video;
— Video Discovery - bu videoning tavsifi va ramkasini o'z ichiga olgan matnli reklama bo'limi. YouTube qidiruvi va mobil ilova sahifasida yon tomonda ko'rsatiladi.

Reklama narxlari mintaqaga qarab turlicha hisoblanadi va har bir yuqoridagi turlar bo'yicha ko'rishlar soniga qarab belgilanadi. O'rtacha narxlar quyidagicha:
— Ko'rishlar soni 100 mingdan ko'p: $299 - $2 ming;
— Ko'rishlar soni 1 mlndan ko'p: $499 - $6 ming;
— Ko'rishlar soni 3 mlndan ko'p: $999 - $10 ming.

@SoniQancha
1.5K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-09-07 16:01:01
Bugun Mostbet BK elchisi - Shohjahon Ergashev sizga 3.000.000 so'm bonus olish imkoniyatini taqdim etadi.
Bu juda oddiy, havolaga o’ting yoki mobil ilovani yuqlab oling va ro’yxatdan o’tayotganda ERGASHEV promo-kodni kiriting va bonus egasiga aylaning.
Bonus Olish
Yuklab Olish
Bonusni oling va o'z bilimingiz bilan daromad ko’ring!
Mostbet BK aksiyalari haqida birinchilardan bo'lib bilish uchun MostbetUZ kanaliga obuna bo'ling: @MostbetUZ
1.1K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-09-07 16:00:09
Millat orzusi

Aksariyat millatdoshlarimizning bu dunyodagi orzusi, hashamatli uy-joy qurish, qimmatbaho mashinalar olish, “yogʻli” joylarda ishlashdir. Lekin bunga erishish uchun baʼzida umr yetishmaydi.

Tasavvur qiling: Yosh yigit 80 million soʻm ga mashina olishi uchun Rossiyada 5 yil ishlaydi. Pul topib kelgandan soʻng uydagilari uylantiramiz, deyishadi. Uylanishi uchun yana 2-3 yil ishlashi kerak. Toʻydan keyin yashashi kerak. Yana Rossiya. Keyin uy qurishi kerak. Qarang, hayot uni shunday qilib moddiyatga burib qoʻymoqda.

Kimlar uchundir orzusini amalga oshirishga 100 mln soʻm yetar, yana kimlarga 1 mlrd soʻm. Xoʻsh sizning orzungiz uchun qancha kerak?

@SoniQancha
1.4K views13:00
Ochish/sharhlash