Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2021-08-30 19:00:09
O'zbekistonda va chet elda “abort”ning narxi qancha?

Dunyo bo'ylab har yili 55,7 millionga yaqin abortlar amalga oshiriladi va ularning atiga 25,1 millioni ayollarning sog'lig'iga tahdid soladigan xavfli sharoitlarda amalga oshirilsa, qolgani shunchaki bolani oldirish uchun.

Ko'pgina mamlakatlarda shu jumladan yurtimizda homiladorlikni sun’iy ravishda oldirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
— homiladorlikning 12 haftagacha bo‘lgan muddatida homilador ayolning xohishiga ko‘ra;
— homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda homiladorlik muddatidan qat’i nazar.

Ho'sh buning narxi qancha?
Chet elda:
— 11-12 xaftaga qadar: $350 - $775
— 12-13 hafta: $500 - $890
— 14-15 hafta: $650 - $1410
— 16-19 hafta: $1500 - $3065

O'zbekistonda:
— 11 haftagacha: 100 ming - 1 mln so'm;
— 12 - 19 hafta: 600 ming so'mdan, to operatsiya holatiga qarab ko'tarilib ketadi.

Agarda "abort" noqonuniy amalga oshirilsa narx 2-5 barobargacha oshishi mumkin.

@SoniQancha
1.7K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-08-30 18:30:01
Qishloqlar uchun 21 trl so’m ajratiladi

O‘zbekistondagi qishloq va mahallalarda aholi sharoitini yaxshilash maqsadida 2021-yilda jami 21 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bunday mablag‘ shu kunga qadar biror marta berilmagan. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shuningdek, 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ajratilayotgan 21 trln so‘m mablag‘ har bir tuman va shahar hokimi bilan muhokama qilindi.

@SoniQancha
1.7K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-08-30 18:30:01
O’zbekistonnig tashqi qarzi yana oshdi

​​O‘zbekistonning tashqi qarzi $33 mlrd dan oshdi. Bu mamlakat YaIM'ining 50 foizidan ham ko‘p.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yil yakunlariga ko‘ra $33,8 mlrd tashkil qildi. Bu ko'rsatkich 2019-yilga nisbatan 37,4 foizga yoki $9,2 mlrd ga oshgan edi.

Yangi qarzlarning jalb qilinishi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun sarflangani bilan izohlangan.

@SoniQancha
1.6K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-08-30 18:03:45
Ismim Sabina! 2 yillik pul ishlash strategiyalarimni siz bilan ulashmoqchiman

3-4 oy ichida o'z mashinangiz bo'lishini xohlaysizmi?
Yoki orzuingizdagi narsaga pul yetmayaptimi?

Ishga borishdan charchadingizmi?
Internet orqali pul ishlamoqchimisiz?
Orzuingizdagi mashinani sotib olishnichi?

Unday bo'lsa mani kanalimga qo'shiling, sizga bepulga pul ishlash sirlarini o'rgataman:
https://t.me/joinchat/EYVdw9Mc01NkYTRi
991 views15:03
Ochish/sharhlash
2021-08-30 17:30:07
Yevropaning eng chiroyli mamlakatlaridan biri sayyohlarga tashrif buyurishi uchun pul to'laydi

Malta chet ellik sayohatchilarga kamida uch kun qolish sharti bilan mamlakatga har tashrifi uchun 200 evrogacha pul taklif qiladi.

Yangi dasturga ko’ra, sayohatchilar va'da qilingan mablag'ni to'g'ridan-to'g'ri ular joylashgan mehmonxonalar orqali olishlari mumkin.

Bu miqdor bron qilingan mehmonxonaning toifasiga bog'liq bo'ladi:
— besh yulduzli - 200 evro;
— to’rt yulduzli - 150 evro;
— uch yulduzli - 100 evro.

Bundan tashqari, sayohatchining Maltaning shimolidagi Gozo orolidagi mehmonxonada yashashga qaror qilgan taqdirda, moliyaviy yordam 10 foizga oshadi.

@SoniQancha
1.6K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-08-30 17:30:07
Pandemiyadan keyingi turizm: O‘zbekiston nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Turizm COVID-19 pandemiyasi davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad turli yillarda quyidagicha bo’lgan:
- 2017 yilda $547 mln;
- 2018 yilda $1,04 mlrd;
- 2019 yilda $1,3 mlrd;
- 2020 yilda $261 mln.

2021 yilda daromad $370 mln bo‘lishi kutilyapti.

Mamlakatga tashrif buyurgan turistlar fikriga ko‘ra, O‘zbekistonga sayohat qilishdagi eng katta noqulaylik ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq. Mamlakatga kirish va chiqish uchun, hatto mehmonxonada joylashish va tark etish jarayonida ham alohida blanka to‘ldiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda valyutani xususiy ayirboshlash shohobchalari mavjud emas va uni faqat banklarda va ixtisoslashgan ayirboshlash xizmatlarida almashtirish mumkinligi keltirib o‘tilgan.

@SoniQancha
1.5K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-08-30 16:31:24
Sevgi bozorlari: Xitoyda XXI asr oila qurish usuli

Zamonaviy Xitoyda ko'plab odamlar yolg'izlikdan aziyat chekmoqda. Shuningdek, dam olish kunlari Shanxay xalq bog'ida yuzlab ota-onalar "Nikoh bozori" da uchrashadilar. Ular o'zlarining farzandlariga mos keladigan juft topish umidida reklamalarni ushlab turadilar.

Bozorga yolg'iz o'rta yoshli ayollar ham kelishadi. Ular uchun ushbu bozor yolg'izlik va ijtimoiy e'tiborsizlikdan xalos bo'lish uchun so'nggi imkoniyatdir.

Shanxay Diamond Love nikoh agentligi juda boy mijozlarga ixtisoslashgan. Juft topish qidiruvning dolzarbligi qarab $1500 dan $157 ming gacha boradi.

Yurtimizda ham juft topish kimlar uchun moddiy manfaat bo’lib qolmoqda, bularni telegram kanallardagi e’lonlar va televidinieda ko’rsatuvlardan ko’rish mumkin. Sizningcha juftni bozor va ijtimoiy tarmoqdan topsa bo’ladimi?

@SoniQancha
1.8K views13:31
Ochish/sharhlash
2021-08-30 16:31:22
O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qancha?

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $4,5 mlrd ga teng bo‘ldi.

Shundan:
• Eksport – $1,5 mlrd.
• Import – $3,0 mlrd.

Mamlakatlar miqyosida eng ko’p savdo aylanmasi:
— Xitoy – $908,5 mln:
• eksport – $285,5 mln;
• import $623 mln.
— Rossiya – $843,9 mln:
• eksport – $225,5 mln;
• import – $618,4 mln.
— Qozog‘iston – $585,6 mln:
• eksport – $151,9 mln;
• import – $433,7 mln.

Eng kam import:
— Afg‘oniston – $107,6 mln:
• eksport – $107,5 mln;
• import – $0,1 mln.

@SoniQancha
1.7K views13:31
Ochish/sharhlash
2021-08-30 16:02:54
MOSTBET KAZINODAN AKSIYA!!!
Faqat BUGUN! VA Faqat birinchi 100 kishiga Mostbet KAZINO 3.000.000 so'm miqdorida bonus olish imkoniyatini taqdim etadi!
Bu juda oddiy, havolaga o’ting yoki mobil ilovani yuklab olib ro’yxatdan o’ting va birinchi deposit kiritib bonus egasiga aylaning.
Bonus Olish
Yuklab Olish
Mostbet BK aksiyalari haqida birinchilardan bo'lib bilish uchun MostbetUZ kanaliga obuna bo'ling: @MostbetUZ
1.3K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-08-30 16:00:16
Butun boshli avtomobillik kompaniyasi uchun $675 ming

"Loopnet.com" saytida AQSh'ning Falcon Motorsport superkarlar ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashgan kompaniyasi sotuvga qo'yildi. Kompaniya $675 ming savdo qiymati uchun, mualliflik huquqlarini, ixtirolari va hatto bir dona yig'ilgan Falcon F7 superkarini topshirmoqda.

Kompaniyaga 2009-yilda muhandis va avtodizayner Jeff Lemke tomonidan Michigan shtatida asos solingan bo'lib asosan Ferrari uchun raqobatlasha oladigan milliy superkarlarni yaratish maqsadida ochilgan.

Shu paytgacha Falcon kompaniyasi narxlari $250 ming dan bo'lgan 7 ta mashina chiqargan. Shunday bo'lsa ham kompaniyaning butun boshli savdosi uchun belgilangan qiymat arzimas hisoblanadi.

@SoniQancha
1.6K views13:00
Ochish/sharhlash