Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2021-08-30 14:59:01
Rossiya Google, Twitter, Facebook va WhatsApp'ni katta miqdorda jarimaga tortmoqchi

Roskomnadzor Google, Twitter, Facebook va WhatsApp'ni may oyining oxirigacha Rossiya foydalanuvchilarining Rossiya hududidagi ma'lumotlar bazalarini mahalliylashtirish bo'yicha ilgari yuborilgan so'rovga javob berishi zarurligini ogohlantirdi.

Aks holda, kompaniyalar javobgarlikka tortiladi, unga ko'ra xizmatlar 1 mlndan 6 mln rublgacha ($13 150 - $78 900) jarima va bir necha bor bajarmaganligi uchun 6 mlndan 18 mln rublgacha ($78 900 - $236 000) jarima bilan jazolanadi.

Rossiyada LinkedIn ijtimoiy tarmog'i shu sababli bloklagan bo’lsa Twitter va Facebook'ni allaqachon 4 million rubl ($52600)miqdorida jarimaga tortgan.

@SoniQancha
1.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:59:01
Turli mamlakatlarda bir litr sutning narxi qancha?

Sigir suti A, Ye, K, S, D, V, RR, guruhlari vitaminlari, mineral moddalar va aminokislotalarga juda boy. Sut yog‘lari hayvon yog‘lari orasida eng to‘laqonlisi hisoblanadi, sut shakari esa ovqat hazm qilishga yordam beradi.

Aifru sayti ma'lumotlariga asosan, 1 litr sutning narxlarini ko'rsak:
— Xitoy 29 ming so'm;
— Shvetsariya 18 ming so'm;
— Italiya 15,1 ming so'm;
— Avstraliya 13 394 so'm;
— AQSH 12 574 so'm;
— Rossiya 9 567 so'm;
— Turkiya 7 927 so'm;
— Hindiston 7 517 so'm;
— Qirg'iziston 5 300 so'm.

@SoniQancha
1.7K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:29:20
500 Yil Muzlab Qolgan Qiz...

1999 yilda Inka qabilasidan bir qiz topilgan. U 14-15 yoshda va, ehtimol, u 500 yil oldin qurbon qilingan. Shifokorlar jasadni ochgandan so'ng, ular dahshatga tushishdi va ...
1.8K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:29:01
Germaniya 6G texnologiyasini ishlab chiqmoqchi

Germaniya hukumati 2025 yilga qadar 6G simsiz tarmoqlari rivojlantirish bilan bog'liq tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun $700 million sarflamoqchi.

6G 5G tarmog'iga qaraganda 100 baravar tezroq tezlikni taqdim etishi allaqachon ma'lum bo'lgan. Ushbu texnologiya nafaqat individual foydalanuvchilar uchun, balki sanoat va qishloq xo'jaligida ham amalga oshiriladi.

Taxminlarga ko'ra, 6G 2030-yil yoki undan keyin ishlashni boshlashi mumkin.

@SoniQancha
1.9K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:29:01
Shimoliy Koreyadan qochib ketish qancha turadi?

O’tgan safar Shimoliy Koreyada katta ocharchilik boshlanish xavfida ekani haqida xabar bergan edik. Shundan so’ng, nega qochib ketib bo’lmaydikan degan fikir keldi?

Qochib ketsa bo’larkan, ammo, Shimoliy Koreyada bunday xizmat faqat qora bozorda mavjud.

Bir kishi brokerga pul to'laydi va u mamlakatdan chiqishni tashkil qiladi. Mahalliy standartlarga ko'ra, bu xizmat arzon emas - $2,5 ming. Shunga qaramay, oyiga $10 maosh oladigan aholi mablag'ni tejashga va mamlakatdan qochishga muvaffaq bo'lishmoqda.

Oddiy odamga qaraganda askarning qochishi osonroq. Ammo bitta muammo bor: Askar Janubiy Koreya tomon yugurishi bilanoq, o'rtoqlari o't ochishadi. Ular birgalikda xizmat qilganliklari va bitta qozondan ovqatlanganliklari muhim emas. 2017 yilda Shimoliy Koreyalik askar qochishga uringan va 6 ta jarohat oldi, ammo omon qoldi.

@SoniQancha
1.7K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:11:00
Murod Nazarov’ning boyligi qancha?

Murod Nazarov 16-noyabr 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat sharqsunoslik institutini 1997 yilda, Tsukuba universitetini (Yaponiya) 2002 yilda va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2005 yillarda tamomlagan.

Murad Buildings developerlik korxonasini 2003-yilda barpo etgan. Qurilish bilan bir vaqtda 2003-yilda Murod Nazarov oʻzining konditerlik ishlab chiqarish korxonasini ochadi. O’zbekistondagi eng yirik quruvchi hisoblanadi.

Youtube’dagi “Alter Ego” kanaliga bergan intervyusida, Murod Nazarov shaxsiy boyligi qanchaligini aniq bilmasligi, shuningdek, pul u uchun unchalik ahamiyatli emasligini, lekin umumiy biznesining qiymati $50 mln gacha borishini ta’kidlagan.

@SoniQancha
1.9K views11:11
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:10:54
Bermurd uchburchagiga sayohat narxi qancha?

Bermud uchburchagi — Atlantika okeanining shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, bu hududda goʻyoki kema va samolyotlar gʻoyib boʻladi. Floridadagi Mayami shahri (AQSH), Puerto-Rikoning San-Huan shahri va Bermud orollari uchburchakni hosil qilishadi.

Bermudda sayohat yaxshigina rivojlangan bo’lib, aviachiptalarning o'rtacha narxi AQSH va Yevropadan o’rtacha $1400 ni tashkil etadi.

Bu yer mehmonxonalarida tunash narxi $50 dan boshlanadi. Agar siz tur firma bilan hamkorlikda sayohat qilsangiz bir xaftalik o’racha sayohat sizga o’rtacha $2500 ga, agar O’zbekistondan bormoqchi bo’lsangiz $4000 gacha borishi mumkin.

@SoniQancha
2.0K views11:10
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:10:00
UY SHAROITIDA, KLINIKAGA BORMASDAN KO'Z NURINI TIKLASHNI INNOVATSION USULI

- Hech qanday jarroxliksiz;

- Himikat, dorilarsiz;

- Qimmatbaho muolajalarsiz.

BATAFSIL: u.to/ks8TGw

Ohirigacha ko'ring!
1.9K views11:10
Ochish/sharhlash
2021-08-30 13:00:14
O‘zbekistonda qaysi soha xodimlari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l urmoqda?

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2020 yilda 133 nafar shaxs pora olishda ayblangan bo'lsa, pora berish bilan 1 056 nafar shaxs ayblangan.

Tahlillarga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar asosan quyidagi toifa shaxslar tomonidan sodir etilgan:
— ishsizlar (23 %);
— ta'lim sohasi xodimlari (17 %);
— tibbiyot sohasi xodimlari (7 %);
— bank sohasi xodimlari (5 %);
— qurilish sohasi xodimlari (3 %);
— ichki ishlar sohasi xodimlari (3 %).

Birgina, Samarqand viloyatida mansabdor shaxslarning korrupsiyaviy jinoyatlari sabab budjetga 20,9 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

@SoniQancha
2.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-08-30 10:00:15
Acer'dan hakkerlar katta miqdorda pul talab qilishmoqda

Acer’ga "Revil" deb nomlangan hakkerlar guruhi hujum qildi. Hakkerlar Microsoft Exchange'da topilgan zaiflikdan foydalanib, keyin Tayvan kompaniyasining ichki resurslaridan foydalanish huquqiga ega bo'lishdi.

Kiberjinoyatchilar Acer’dan $50 million to‘lashni talab qilmoqda. REvil Acer'ga to'lovni to'lashga vaqt bergan. Agar kompaniya bunga rozi bo'lmasa, unda o'g'irlangan ma'lumotlar e'lon qilinadi. Qizig'i shundaki, hakerlar xatto Tayvanliklarga 20% "chegirma" taqdim etishgan.

@SoniQancha
2.5K views07:00
Ochish/sharhlash