Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-09-25 16:00:13
Google Rossiyada yana jarimaga tortildi

Google Rossiyada taqiqlangan ma'lumotlarni o'chirishdan bosh tortgani uchun yana bir nechta jarimaga tortildi. Bu safar sud kompaniyani yana $82 ming to'lashga majbur qildi.

Avvalroq, sud taqiqlangan ma'lumotlarni o'chirishdan bosh tortgani uchun Google ma'muriyatiga uchta ma'muriy protokol bo'yicha $320 ming va rossiyalik foydalanuvchilarning Rossiya Federatsiyasidagi ma'lumotlar bazalarini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun $41 ming miqdorida jarima solgandi.

Eslatib o'tamiz, ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilda Rossiyada Google faqat reklama sotishdan oyiga taxminan $1 mln 967 ming sof foyda olgan.

@SoniQancha
1.4K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-09-25 15:30:09
30 yil ichidagi Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy o’zgarishlar tendensiyasi

Bugun mustaqilligimizning 30 yilligi keng nishonlanmoqdi. Nafaqat bizda balkim, Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqil bo’lganiga 30 yil bo’ldi.

1990-2019 yillar davomida O‘zbekiston YaIM joriy narxlarda $40,3 mlrd ga (3,3 marta) oshdi va o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 4,4% ni tashkil etdi. Bu Qirg‘iziston (3,2%) va Tojikistondagi (4,0%) o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan yuqori. Faqat Qozog‘istonda aholi jon boshiga YaIM O‘zbekistonga qaraganda tezroq o‘sdi. Lekin, aholisini hisobga olsak, O‘zbekiston yaxshi natijalarga erishgan.

@SoniQancha
1.4K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-09-25 15:30:09
Rossiyada migrantlarni emlash narxi qancha?

Rossiyada mehnat migrantlarini COVID-19 ga qarshi emlash iyul oyidan boshlangan edi. Poytaxtda vaksina topiladi – “Sputnik Layt”ning bir dozasini 1300 rubl(189 ming so’m)ga olish mumkin. Boshqa hududlarda vaziyat har xil: Peterburgda, masalan, emlash bir yarim oy kech – avgust oyi o‘rtalarida boshlandi, vaksina narxi ham qimmat, qolgan mintaqalarda esa migrantlarni emlash hanuz boshlangani yo‘q.

Bepul emlanishga faqat majburiy tibbiy sug‘urta qildirgan migrantlargina da’vo qilishi mumkin bo‘ldi, ya’ni: YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolari, shuningdek vaqtincha yashash ruxsatnomasi (VYaR) va yashash ruxsatnomasi (YaR) bor xorijliklar.

@SoniQancha
1.3K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-09-25 15:01:01
Man milliarder Azamat Azizov. Telegramda pul ishlashni 2 yildan beri hammaga bepulga o'rgatib kemoqdaman. Hozirda 30 mingdan ortiq shogirtlarim bor, ular kuniga spokoyna 500$ dan pul ishlashmoqda

Agar siz ham telegramda pul ishlashni o'rganmoqchi bo'lsez manga yozing, sizda ham mani shogirdim bo'lish imkoniyati bor:

Telegram kanalim: https://t.me/joinchat/VCP0XJVtH_M1NzUy
1.0K views12:01
Ochish/sharhlash
2021-09-25 13:29:01
Raqobat bor joyda takliflaram ko’p bo’ladi! Avtomobil sanoatida raqobat qanday?

Malayziyada yangi mashina olsangiz:
— 3 yil bepul tex. xizmat
— 5 yil garantiya (km cheksiz)
— 5 yil bepul yo‘l ustida xizmat (telefon qilsangiz kelib yoki joyida bepul tuzatib ketishadi, yoki yaqin ustaxonaga bepul eltib qo‘yishadi)
- 1 yil tekin sug‘urta (odatda eng arzon sug‘urta ham kamida $500, qimmat mashinalarniki bir necha ming dollar)
- 1 yil tekin yoqilg‘i. ($800 lik benzingacha limit)
- 0% savdo solig‘i

Kamiga 0% boshlang‘ich to‘lovni ham borligini qo‘shsangiz ko‘zingizga yosh keladi.

Bizda 2021 yil avgust oyida 85% to’lasangiz 2022 yil fevral oyida olasiz!

@SoniQancha
1.6K views10:29
Ochish/sharhlash
2021-09-25 13:29:01
Moskvada 30 yillik “Zaporojets” yangi Hyundai Creta narxida sotuvga qo‘yildi

Rossiyada 1992-yilda ishlab chiqarilgan va hozirga qadar 255 kilometr yo‘l bosgan oq “ZAZ-968M” 1,2 million rubl ($16,1 ming) qiymatida sotuvga qo‘yildi.

“ZAZ-968M” modeli konveyerdan 1979-yilda chiqqan. Mashhur “Zaporojets”ning so‘nggi yangilanishiga aylangan model modifikatsiyasidan kelib chiqib, 41-45 ot kuchini taqdim etishga qodir 1,2 litrli motor bilan jihozlangan.

30 yil davomida “Zaporojets” 255 kilometr yo‘l bosgan. Qolgan vaqt esa sotuvchining bobosining garajida harakatsiz saqlangan.

@SoniQancha
1.4K views10:29
Ochish/sharhlash
2021-09-25 12:59:56
Ushbu futbol afsonasini Chempionlar Ligasiga oid bir fakt bog'lab turadi.

Savol: Siz ushbu faktni quyidagi manzilga yozing

To'g'ri javobni yozish
1.5K views09:59
Ochish/sharhlash
2021-09-25 12:59:50
Bizda va qo'shnilarimizda yangi uylarning narxi qancha?

Bugungi kunda ko'chmas mulkka talab oshib bormoqda. Biz internet ma'lumotlari asosida poytaxtimizdagi va qo'shni mamlakatlar poytaxtidagi uylarning narxi haqida ma'lumot yig'dik.

Demak, eng pat narxlar quyidagicha ekan:
— Toshkent - $30 ming;
— Nur-Sulton - $30 ming;
— Dushanbe - $20 ming;
— Ashxabod - $28 ming;
— Bishkek - $23 500;

Yuqoridagi narxlar internet materillari asosida 1 xonali, yangi, o'rta sharoyitli uylar asosida solishtirilgan va narxlar siz biladigandan farq qilishi mumkin.

@SoniQancha
1.6K views09:59
Ochish/sharhlash
2021-09-25 10:31:01
AQSh Tolibonlarga “sovg’a qilgan” qurollarning narxi qancha?

Toliblar AQSH qoldirib ketgan xarbiy qurol-yaroqlarni ko‘rsatishda davom etmoqda va bu safar ularga qolgan tanklarni ko‘rsatishdi.

Aytilishicha xozirda Tolibon $85 milliarddan ziyod qiymatdagi Amerika qurollariga ega ekan.

Boshqa davlat xarbiylari olib keta olmagan qurollarini yoqib yuborgada, AQSH esa Tolibonga shudoq tashlab ketishi ko‘plab muxokamalarga sabab bo‘lmoqda.

@SoniQancha
1.9K views07:31
Ochish/sharhlash
2021-09-25 10:31:01
Giyohvand moddalar, soliqlar va sirli homiylar. “Tolibon” milliardlarni qayerdan olmoqda?

“Tolibon”ning umumiy daromadi $1,5 milliarddan oshgan. Xo‘sh, bu pullar davlat xazinasini to‘ldirish uchun yetarli bo‘ladimi? Ular milliardlarni qayerdan olyapti?

Afg‘oniston qimmatbaho foydali qazilmalarga boy. Bularning barchasi bir necha trillion dollarga baholangan. Ayni vaqtda ushbu qazilmalar mamlakatga yiliga atigi $460 milliondan ko‘proq daromad keltirmoqda.

May oyida BMT “Tolibon”ning yillik daromadi $300 milliondan $1,6 milliardgacha bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Qayd etilishicha, ular o‘tgan yili soliqlardan $160 million foyda qilgan.

Birgina elektr energiyasi uchun to‘lanadigan soliqlarning o‘zidan yiliga $2 million pul kelib tushadi.

Bundan tashqari, “Tolibon”ga chet eldan yordam berilmoqda. Fors ko‘rfazi mamlakatlari – Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatardagi homiylardan yiliga qariyb $500 million keladi.

@SoniQancha
1.8K views07:31
Ochish/sharhlash