Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2021-09-07 15:00:13
O‘zbekiston to‘rt oyda $113,7 mln qiymatida yengil avtomobillar import qilgan

O‘zbekiston O‘zbekiston joriy yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati $113,7 mlnga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan.

Eng ko‘p import qilgan davlatlar:
— Xitoy $39,5 mln;
— Koreya $30,4 mln;
— Rossiya $22,1 mln;
— Tailand $6,6 mln;
— Germaniya $3,3 mln;
— Polsha $3,1 mln;
— AQSH $2,8 mln;
— Yaponiya $1,8 mln;
— Qozog‘iston $1,7 mln;
— Litva $1,1 mln.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun $3,4 mln sarflangan.

@SoniQancha
1.7K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-09-07 15:00:13
Biznes G'oya: Toza ichimlik suvi ishlab chiqarish

Kunlar isishi bilan ichimlik suviga talab oshib bormoqda. Keling boshlangʻich xarajatlar uchun taxminiy hisob-kitoblarni ko'rib chiqamiz:

• korxonani roʻyxatdan oʻtkazish – $150;
• ishlab chiqarish binosi ijarasi – $400;
• uskunalar – $50 000;
• kutilmagan xarajatlar – $500;
• reklama – $500;

Oylik xarajatlar uchun:
• lizing(kredit) toʻlovlari – $500-1000;
• xodimlar uchun ish haqi – $1000;

Siz uskunani kredit qarzdorligi evaziga sotib olishingiz mumkin.

Jami oylik xarajatlar o'rtacha $1000 ni tashkil qiladi. Bir oylik foydasi (taxminan) yoz oylarida $10 ming gacha chiqadi va bu sizga barqaror biznes boshlash imkonidir.

P/S: Yuqoridagi narxlar baland ko’rinishi mumkin, ammo yuqori marketing va puxta, aniq biznes reja sizni muvofaqiyatga yetaklaydi.

@SoniQancha
1.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-09-07 14:58:01
Toshkentda avtobus haydovchilari qancha maosh oladi? Metro mashinistlari-chi?

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, avtobus haydovchilarining maoshi bugungi kunda 3-3,5 million so‘mni tashkil qiladi. 

Shuningdek, «Toshkent metropoliteni» UK rahbari Oybek Xudoyqulovning Xabar.uzga ma’lum qilishicha, metro mashinistlarining ham o‘rtacha maoshi 3-3,5 million so‘mdir. Ayrim yuqori malakali ishchilarga 4 million so‘mdan oshiq to‘lanadi. Oddiy metro xizmatchilarining oyligini qo‘shib hisoblaganda, tashkilotda o‘rtacha maosh 2,1 million so‘m, deydi metropoliten rahbari. 

@SoniQancha
1.4K views11:58
Ochish/sharhlash
2021-09-07 14:58:01
Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qanday?

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududidagi markaziy dehqon bozorlarida 2021 yil 13 may kuni o‘tkazilgan kuzatuv va alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma'lum qildi:

— Suyakli mol go‘shti: 45 000 so‘m - 67 000 so‘m;
— Qo'y go‘shti: 48 000 so‘m - 78 000 so‘m;
— Kartoshka: 3 000 so‘m - 7 000 so‘m;
— Piyoz: 1 000 so‘m - 3 500 so‘m;
— Sabzi: 1 500 so‘m - 5 000 so‘m;
— Tuxum(10 tasi): 8 000 so‘m - 14 000 so‘m;
— Guruch: 5 000 so‘m - 18 000 so‘m;
— O'simlik yog'i (litr): 14 000 so‘m - 24 000 so‘m;
— Shakar: 7 000 so‘m - 9 000 so‘m;

O’tgan oy bilan natijalarni solishtirganimizda narxlar uncha o’zgarmagan. Lekinaslida sizning hududingizda narxlar shunaqami?

@SoniQancha
1.4K views11:58
Ochish/sharhlash
2021-09-07 14:49:14
Green mask stick!
Terini tozalash, chuqurlarni yopish va qora dog‘larni olib tashlash uchun mo‘ljallangan!

Yuzdagi dog‘ va boshqa notekislikni silliqlaydi
Yuz mushaklarini paralit qilmasdan bo‘shashtiradi
Hatto chuqur ajinlarni ham to‘liq tekislaydi
Barcha teri qatlamlarini kompleks yoshartiriradi
Tabiiy va uzoq muddatli natija

Narxi 149 000 so‘m
Oldindan to‘lov yo‘q, to‘lovni mahsulotni qulingizga olganda

BUYURTMA BERISH

https://100k.uz/oqim/45438
https://100k.uz/oqim/45438

O‘ZBEKISTON BO‘YLAB YETKAZIB BERISH BEPUL
1.5K views11:49
Ochish/sharhlash
2021-09-07 14:29:01
Sudyalar uchun xarid qilingan avtomobillarning narxi qancha?

Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining hududiy bo‘limlari tomonidan sud raislarini xizmat avtomashinasi bilan ta’minlash maqsadida 347 mln so‘mdan viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun jami 26 dona Skoda Kodiaq Ambition rusumli va 369 mln so‘mdan Toshkent shahri uchun jami 3 dona Malibu-2 rusumli transport vositalari xarid qilinmoqda.

Xaridning ummumiy miqdori 10,1 milliard so‘mni tashkil etmoqda.

Aholining katta qismi kambag‘allik yoqasida yashayotgan davlat amaldorlari sal asketlikni o‘ziga qoida qilgani ma’qul emasmi, deyishmoqda Twitter'da.

@SoniQancha
1.5K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-09-07 14:29:01
O‘zbekistonda 20 mln so‘mni qayerga kiritish mumkin?

Milliy valyutadagi pullarni to‘shak ostida saqlash inflyatsiyani hisobga olganda yiliga kamida 10%ga qadrsizlanishiga olib keladi.
20 mln so‘mni...
Bankka qo'yish:
— Depozit muddati qancha kam bo‘lsa, uning daromadliligi ham shuncha kam bo‘ladi. 14% lik inflyatsiya sabab daromadlilik yiliga 9% yoki 1,8 mln so‘mdan iborat bo‘ladi.

Aksiya sotib olish:
— Umuman olganda O‘zekistonda bu bozor hozircha juda kichik. Aksiyaga investitsiya kiritishda hech qachon o‘zingizning hamma jamg‘armalaringizni bunga yo‘naltirmang. Ammo, aksiyaga 20 mln so‘m kiritib, bir yil davomida 40 mlndan ortiq mablag‘ olish mumkin.

Oltin olish:
— Tilla barqaror aktiv, va bu uning asosiy ustunligi. Ayni shuning uchun ham jamg‘arilgan pullarga esdalik tangalar sotib olish sarmoyani ko‘paytirishga qaraganda pullarning qadri saqlanishini ta’minlashga xizmat qiladi va bu yiliga o'rtacha 2 mln so'mdan oshiq daromad olsa bo'ladi.

@SoniQancha
1.5K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-09-07 14:01:22
Ismim Sabina! 2 yillik pul ishlash strategiyalarimni siz bilan ulashmoqchiman. Barchalaring kuniga 140 000 so'mdan pul ishashilar mumkin

3-4 oy ichida o'z mashinangiz bo'lishini xohlaysizmi?
Yoki orzuingizdagi narsaga pul yetmayaptimi?

Ishga borishdan charchadingizmi?
Internet orqali pul ishlamoqchimisiz?
Orzuingizdagi mashinani sotib olishnichi?

Unday bo'lsa mani kanalimga qo'shiling, sizga bepulga pul ishlash sirlarini o'rgataman:
https://t.me/joinchat/EYVdw9Mc01NkYTRi
1.3K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-09-07 13:30:10
O‘zbekistonlik alpinist Everest cho‘qqisiga chiqqishga qancha sarfladi?

O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 16:45da dunyodagi eng baland tog‘ – Everestning 8848 metrli Jomolungma cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Sergey Denisenko – «Uzbek Tourist» sayohatchilar jamoasining a’zosi hisoblanadi. Ammo u Himolay tog‘lariga ukrainalik jamoa birga chiqqan.

Noqulay kob-havo tufayli cho‘qqiga chiqish 59 kunga cho‘zilgan. Cho‘qqidan piyoda tushish uchun esa 2 kun kifoya qilgan.

Sergey Denisenko dunyodagi eng baland cho‘qqining zabt etilishini O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga sovg‘a ekanini aytgan.

Bu muvaffaqiyat Sergey uchun taxminan $25 mingga tushgan. Bu – Nepalga borish, tog‘ga chiqish uchun ruxsatnoma olish, maxsus kiyim-bosh, kislorod balonlari va oziq-ovqat sotib olish kabi xarajatlar demakdir.

@SoniQancha
1.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-09-07 13:30:10
Shengen vizasini olish narxi qancha?

Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar darvozasi “kaliti” sanalgan Shengen vizasi 90 kungacha 26 mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish huquqini beradi.

Shengen vizasiga ariza rejalashtirilgan sayohat boshlanishidan kamida 6 oy oldin topshirilgani ma’qul. Sayohat rejalari aniq bo‘lishi bilanoq tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq. Shengen vizasi uchun arizalarni ko‘rib chiqish muddati odatda 10–15 ish kunini tashkil etadi. Elchixonalar va konsulliklar talablari bir-biridan biroz farq qilsa-da, asosiy tartiblar o‘zgarmaydi.

Viza olish uchun to‘lov qiymati 80 yevroga, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 40 yevroga teng.

@SoniQancha
1.6K views10:30
Ochish/sharhlash