Get Mystery Box with random crypto!

Ikkinchi Jahon urushi paytida nonning narxi qancha bo'lgan? U | Narxi Qancha? ⚡️

Ikkinchi Jahon urushi paytida nonning narxi qancha bo'lgan?

Urush paytidagi non hayotning o'lchovi edi. Qamal qilingan Leningradda uning normalari 5 baravar qisqartirilgan. Eng qiyin paytlarda ishchilar har biri 250 gr, qolganlari esa 125 gr. non olishgan. Lekin bu aholi non bilan tekin ta’minlangan degani emas.

Urush yillarida uning narxi 34 karra qimmat bo'lgan va kilogramiga 500 rublgacha yetgan. Taqqoslash uchun SSSR da urush davrida o'rtacha ish haqqi 400 rubl bo'lgan.

O'sha davrdagi dollar kursi (1$=5,3 rubl) bilan non narxini solishtirsak bu degani 1 kg non $94.33 ni tashkil etganligini ko'rsatadi va bu inflatsiya bilan bugungi kunda aqilbovar qilmas $1 672 ni ko'rsatmoqda.

Nonning narxi qimmatligidan va barcha bug'doy frontga ketganligi uchun, uning tarkibidagi bug'doy o'rnini kepak, opilka, kartoshka, qichitqi o't, jo'xori va boshqa o'tlar kirgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!