Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 129

2021-12-13 07:02:32
Turk seriallari yulduzlari qancha gonorar puli olishlari ma'lum bo'ldi

Turk seriallari, ularning aktyor va akstrisalari hozirda ko'pchilik o'zbek muxlislarining qalbidan joy olib bo'lgan. Biz esa ular ijro etgan rollari uchun qancha pul olishini aniqladik.

Nesilhan Atagul — bu aktrisa "Sevgi iztirobi" serialidagi roli bilan tanilgan 27 yoshli aktrisa. Uni hattoki serialni ko'rmaganlar ham tanisa ajab emas. U "Elchining qizi" da Engin bilan suratga tushgan va shu bir qismdagi ishtiroki uchun $8500 olgan.

Taner Olmez — "G'aroyib doktor" seriali qahramoni. Aktyor o'zining rolini juda a'lo darajada ijro etgan. U serialdagi har bir qism uchun $4500 gonorar puli olgan.

Engin Akyurek — "Pul va gul ishqi" serialida suratga tushgan Engin o'zbek muxlislariga "Elchining qizi" serialidagi roli bilan mashxur. Ushbu filmda Sanjar rolini ijro etgan Engin gonorar puli sifatida jami $1 mlm 540 ming olgan. Bu esa har bir qism uchun $12 000 dan to'g'ri kelgan.

@NarxiQancha | Batafsil
9.4K views04:02
Ochish/sharhlash
2021-12-12 20:01:01
"Specs" nomli ko'zoynak: siz ko'rayotgan ma'lumotlarni sizga kerak yoki kerak emasligini tahlil qiladi

Kanadaning Auctify startapi sun'iy intellekt yordamida ishlovchi "Specs" aqlli ko'zoynaklarini taqdim etdi. Yaratuvchilarning ta'kidlashicha, bu ko'zoynakni foydalanishdan oldin maxsus dastur orqali o'zingiz qiziqadigan, sizga kerakli yoki e'tiboringizni tortadigan faoliyat turlarini tanlab chiqasiz.

Keyin esa, ko'zoynak smartfoningizdagi ilovaga ulanadi va bu orqali ko'zoynak siz nimani ko'rib, o'qib chiqayotganingizni kuzatib boradi. Ilovada sizga maslahatlar berilib boriladi va foydasiz narsalarga sarf qilgan vaqtingizni ko'rsatib boradi.

Tahlillarga ko'ra, bu aqlli ko'zoynak odamlarga har kuni 6 soatgacha vaqt tejashga yordam beradi. Uning narxi esa sifati va qo'shimcha funksiylariga qarab $250 dan $400 gacha bo'lishi mumkin.

@NarxiQancha | Batafsil
10.3K views17:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 17:50:13
Yangi Yil bazmiga Qorboba va Qorqizni taklif etish narxi qancha?

Yangi Yil bazmida Qorbobo va Qorqizni ishtirok etishi, davrani qizitish uchun professional event-agentliklar xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Toshkentda qorboba va nevarasini tashrifi 300 000 so'mdan 1 000 000 so'mgacha bo'lishi mumkin. Qancha vaqt siz bilan qolishi, buyurtma kuniga va boshqa kreativ xususiyatlariga qarab narxlar farq qiladi.

Masalan, Qorboboni to'g'ridan to'g'ri derazangizdan kirib kelishini istasangiz, $150 dollar to'lashingiz kerak.

@NarxiQancha | Batafsil
10.2K views14:50
Ochish/sharhlash
2021-12-12 17:40:37
#Hamroh_tadqiqod

Stiv Jobsning boyligi vafotidan oldin qanchani tashkil qilgan va u Milliarderlar ro'yhatida nechanchi o'rinni egallagan?

Batafsil ma'lumot olish uchun pastdagi tugmani bosing!

@Hamroh_books - Muvaffaqiyatlar sari hamrohingiz!
9.9K views14:40
Ochish/sharhlash
2021-12-12 17:01:01
Qadimiy obidalarni qurish bugungi kunda qanchaga tushgan bo'lardi?

— Ozodlik haykalini $1 283 520 dollarga qurish mumkin.
— Italiyadagi Piza minorasini qurish uchun bugungi kunda $4 100 000 dollar sarflangan bo'lardi.
— Eyfel minorasini qurish uchun esa $31 184 900 dollar kerak bo'ladi.
— Miloddan avvalgi 2550 yilda barpo etilgan Misr ehromlarining bugungi kundagi qurilish xarajatlari $878 250 000 ni tashkil etadi.

@NarxiQancha | Batafsil
10.0K views14:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 12:01:01
Futbol ortidagi yoki futbol yulduzlari ortidagi qahramonlar

Biz ko'pchilik futbolchilarni taniymiz va ular bunday taniqlilikga faqat o'zining harakatchanligi yoki talanti orqali erishgan deb o'ylaymiz. Lekin bunday senariy ortida biz bilamagan qahramonlar ham mavjud. Ular futbolchilarning agentlaridir.

Futbolchilar agentlari, futbolchilining yulduz bo'lishiga, top klublarda o'ynashiga, yuqori maosh olishiga, reklamalarda ko'rinish berishiga juda katta yordam beradi. Demak biz bilgan yulduz futbolchilarning bizga tanilishida ularning agentlarining roli katta.

Xo'sh ular qancha pulga ishlaydi?

Odatda agentlar bir emas birnechta futbolchilar bilan shartnoma qiladi va ular maxsus litsenziyaga ega bo'ladi. Evropada agentlar o'rtacha hisobda yillik $750 000 gacha daromad qiladi. Bazi paytda ularning daromadi $1 mlndan ham oshib ketishi mumkin.

@NarxiQancha | Batafsil
10.3K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 08:31:01
Telegramga o'xshash xabar almashuv dasturini yaratish qanchaga tushadi?

Mobil dasturlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi Openxcell kompaniyasi Telegramga o'xshash messenjerni yaratish xarajatlarini o'rganib chiqdi.

Agar kimdir Telegramga o'xshash dastur yaratmoqchi bo'lsa $51 000 dollar xarajat qilishi kerak:
$19 200 dollarga iOS platformalar uchun dastur
$19 200 dollarga android platformalar uchun dastur
$12 600 CRM va boshqaruv panellari uchun xarajat

Dasturni tayyor bo'lishi uchun 6-7 oy vaqt ketishi aytilgan.

@NarxiQancha | Batafsil
10.7K views05:31
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:05:44
RustamBank: O'zbekistondagi birinchi xususiy bank egasi haqida

Qahramonimizning hayoti haqida qisqacha:

Rustam Usmonov — 1992-yili O'zbekistonda birinchi xususiy bankni ochgan, hozirda 72 yoshdagi tadbirkor. U 1998-yili valyuta bilan noqonuniy shug'ullanish bo'yicha ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, so'ngra uning jazosi yana 5 yilga uzaytirilgan.

Xususiy bank barpo etishdan oldin, u asalarichilik va chuvalchang yetishtirish biznesi orqali allaqachon dollarda millionerga aylanib bo'lgan edi. O'zbekistonda birinchi xususiy bank — "RustamBank", faoliyati oldidan $1,2 mln kapital bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Rustam Usmonovning aytishicha, u qamalishidan oldin Nigeriya bankiga $30 mln pul qo'ygan. Hozirda esa uning taxminan $70-$80 mln puli chetda yotibdi.

@NarxiQancha | Batafsil | Video suhbat
12.4K views13:05
Ochish/sharhlash
2021-12-11 12:01:20
Green Card yutgandan keyin ketadigan xarajatlar

Green Card — har yili o'ynaladigan, AQSh'ga rezident statusini olish imkonini beruvchi lotoreyadir. Mobodo siz lotoreyada yutsangiz, sizni quyidagi xarajatlar kutmoqda:

• AQSh vizasini olgunga qadar bo'lgan xarajatlar:
— shifokor ko'rigidan o'tish - $205;
— emlash - $40-$150 (yakka tartibda emlash uchun);
— elchixona to'lovi (bir kishilik) - $330.

• Viza olgandan keyingi xarajatlar:

— aviachipta o'rtacha - $650-$750;
— Green Card kartasini olish uchun to'lov - $220;
— kvartira arendasi, o'rtacha narxda bir oy uchun - $1000-$1200.

Shunday qilib, Green Card yutug'idan keyin siz jami hisobda $2445-$2855 atrofida xarajat qilishingizga to'g'ri keladi.

Ammo ko'pchilik holatda, yutuq egalari hujjatlarni tayyorlash va viza olishga tayyorlanish uchun maxsus firmalar xizmatidan foydalanadi. Natijada ularning xarajatlari $5000-$6000 gacha oshib ketishi mumkin.

@NarxiQancha | Batafsil
11.9K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-11 07:31:11
Inson hayotini sotib olish

eBay onlayn auksionida Yan Asher ismli insonning butun hayoti sotilishi auksion tarixidagi eng drammatik va ekstremal savdolardan biri boldi. Yan Asher xotini bilan ajrashgandan so'ng, o'zining hayotini sotishga qaror qildi.

Auksion Yanning butun hayotini, do'stlari va boshqa tanishlari, hattoki mol-mulklarini o'z ichiga oldi. Ya'ni savdodan keyin Yan butunlay xaridorga tegishli edi. Natijada uning hayoti auksionda $300 000 ga sotildi. Hattoki bu haqida "Disney" tomonidan film ham suratga olindi.

@NarxiQancha | Manba
11.3K views04:31
Ochish/sharhlash