Get Mystery Box with random crypto!

ِDunyodagi eng kichik mamlakatining katta iqtisodiyoti Monako | Narxi Qancha? ⚡️

ِDunyodagi eng kichik mamlakatining katta iqtisodiyoti

Monako knyazligi dunyodagi eng kichik mamlakatlar topidagi ikkinchi davlatdir. Monakoning maydoni atigi 2 km.kv. (O'zbekistondan 224ming barobar kichik) bo'lib, aholisi taxminan 40 ming kishini tashkil qiladi. Davlat dunyodagi eng katta aholi zichligiga ega, 1 km.kv uchun 19 mingdan ortiq kishi to'g'ri keladi.

Mamlakat YaIM $9 mlrd dan oshiq va aholi boshiga taxminan $225000 dan tushadi (O'zbekistonniki o'rtacha $2715).

Ushbu davlat 2023 - yil uchinchi choragida import miqdori $577.2 million, eksport miqdori esa $275.7 million ni tashkil etdi.

Monako iqtisodiyoti asosan turizm, qimor o'yinlari, yangi turar joylar qurish, shuningdek, knyazlik oilasining hayotini yoritadigan ommaviy axborot vositalari hisobidan rivojlanmoqda.

Mavzuga doir:
— Dunyodagi eng kichik mamlakatning katta daromadlari

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!