Get Mystery Box with random crypto!

Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga ham Milliy Sertifikatlar | Milliy sertifikat | DTM

Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga ham Milliy Sertifikatlar uchun ustamalar to‘lanadi!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

Mazkur qarorda Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga Ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan 60 va undan yuqori ball to‘plab olingan Milliy Sertifikat uchun shu fanlardan o‘tadigan dars soatlari (8 (7)+5=13 (12)) uchun 20% ustamalar to‘lash belgilandi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi

Milliy Sertifikat