Get Mystery Box with random crypto!

Pensiya biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlana | Milliy sertifikat | DTM

Pensiya biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi

2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning o‘zida avtomatik tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.

Bunda, shaxsga oid maʼlumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining elektron bazalaridan olinadi.

Natijada fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish hamda o‘zi istiqomat qiluvchi Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi hamda pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning o‘zida pensiya avtomatik tarzda tayinlangandan so‘ng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga maʼlumot yuboriladi.

Milliy Sertifikat