Rasman: Test natijasidan norozi bo'lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali
(abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va
6-sentabrga qadar
(10 kun) davom etadi.
Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun
test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan
chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish
sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda
shaxsini tasdiqlovchi hujjat,
xabarnoma va
abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil
7-sentabrdan boshlanadi.
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube