Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarni Talabalar t | Manaviyat.edu.uz

Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarni Talabalar turar joyiga joylashtirish ishlari qizgʻin olib borilmoqda.

6-sentyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi direktori Fozilbek Farhodov Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

Fozilbek Farhodov institut rektori boshchiligida Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, talabalarni qabul qilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Talabalar turar joyida joylashgan talabalar bilan suhbatlashib, TTJga joylashtirilish jarayonlari haqidagi fikrlarini tingladi va talabalik davridan samarali foydalanish borasida tavsiyalar berdi.

Tashrif yakunida shu kunga qadar shaffof tashkil etilayotgan TTJga joylashtirish jarayonlari bundan keyin ham shu tartibda davom ettirilishi va TTJda yangi toʻgaraklar tashkil etilishiga tavsiyalar berib, toʻgaraklar tashkil etilishida doim hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube