Get Mystery Box with random crypto!

Jahongir Nematov | Blog

Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog J
Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog
Kanal manzili: @jahongirnematov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91
Kanalning ta’rifi

Hammamiz hato qilamiz, hammamiz adashamiz...

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-10-16 00:11:57 Tarix

Mana shu sarlavhadagi so’zni eshitganimda, birdan hayolga maktabdagi darslar keladi. Menga boshida tarix “qiynash” assotsiyatsiyasini chaqirardi. Hozir unaqa holat bo’lmasa ham baribir tarixiy merosimiz qimmatini his qilmayman(miz)

- Registonga borsam, birinchi navbatda rasm tushaman va tez-tez binolarni ko’z yugurtirib o’tib ketaman.
- Ishonmasangiz ham mayli. Butun Samarqandni aylanishga 12 soat, Xivaga esa 18 soat sarflaganman. Tasavvur qilayapsanmi Karl? Kerak bo’lsa bir necha kun yetmaydigan joyni aylanib chiqdim
- Agar Fransiyaga, Luvrga borsam u yerni maksimum 24 soatda aylanib chiqaman. Haftalab u yerda vaqt sarflashga balo bormi?
- Achinayotganim, chet elliklarning hujjatli filmlaridan va turistlarning yuz ko’rinishlaridan, ularning og’iz ko’pirtirib, hayajon bilan aytishlaridan bir narsani tushunaman
- Ular tarixni his qilishyapti, buning qanchalik muqaddas va qimmatli ekanini his qilishayapti, ular bu obidalar bilan gaplashishyapti.
- Men esa bir chekkada «позировать» qilib, chiroyli «ракурс» lardan rasm tushyapman. Profilimdagi rasmlar isbot. @jakhongir_nematov
- Odamlar rasmlarga qarab birnimalarni his qilishadi, ularni bir necha ming “kal boboyga” sotib olishadi va unga soatlab tikilishadi.
- Men tushunmayman! Тупой bo’lganim uchun emas (yana bilmadim), tushuntirishmagani uchun. Qanday tushuntirish kerak? Buni bilmayman va sizlardan javob kutaman. Tushunmaganga tushuntiringlar!

P.S
Hozir bir professorimizni profilidagi rasmni tashayman. Ma’nosini so’ramang, tushunmayman! (bu oxirgisi)

@jahongirnematov_blog
93 viewsedited  21:11
Ochish/sharhlash
2022-10-14 09:40:32 Yolg'iz Qolma

Umuman har qanday holatda ham yolg'iz yurmaslik kerak. Bu bilan har kuni "opashkalar" bilan yur demoqchi emasman.
1. Yolg'iz ovqatlanma. Ovqat tiqilsa, ketding!
2. Yolg'iz dars qilma. Dars qiladigan odamlar davrasida o'tirsang, ular senga motivatsiya beradi. Bemalol 8 soat dars qila olasan.
3. Ko'chada yolg'iz yurma. Biror kori hol yuz bersa, yordam beradigan inson bo'ladi.
4. Yolg'izlik depressiyaga olib keladi. Biz sotsial mavjudotmiz. Undan tashqari odamlar bilan suhbat qurib yangi narsalarni o'rganishimiz, dunyoqarashimiz kengayishi mumkin.
5. Uyda yolg'iz qolma. Zerikish natijasida ko'p ahmoqliklar qilib qo'yishing mumkin.

P.S.
Post uzun bo'lib ketmasligi uchun har bir punktga oddiy misollar keltirdim. Bu yog'ini o'zingiz ham to'ldira olishingizga ishonaman.

@jahongirnematov_blog
93 viewsedited  06:40
Ochish/sharhlash
2022-10-12 23:29:53 Yaxshi ustoz

Yaxshi ustozlar ega bo'ladigan sifatlar:
- Siz uning faqat ismini va u bilan qanday bog'lanishni bilasiz. U sizga qayerda tug'ilgani, qayerda o'qigani, nechta maqola nashr qilgani, nechog'lik kuchli "Professor, dotsent, daholar davrasining direktori" ekanligi haqida aytmaydi.
- Kibr qilmaydi. Lug'atida: "Uzr", "Xato qildim", "Bilmayman", "Zo'r javob berding, barakalla" so'zlari bor.
- Tarbiyadan ma'ruza o'tmaydi. Boshida bir ikkita qoidalar berishi mumkin.
- Har narsaga chalg'ib, qimmatli dars vaqtini isrof qilmaydi
- Nima deyayotganini tushunadi
- Zamonaviy texnologiyani tushunadi. Kompyuterni yoqishdan boshqa narsalarni ham biladi.
- Agar fan asosiy yo'nalish bo'lmasa, fanni murakkablashtirib yubormaydi. "Veterinariya" studentlariga 3-darajali integral va cheksizliklar bilan ishlashni o'rgatmaydi
- Matnni o'qib bermaydi, slaydga darslikdan screenshot qo'ymaydi. Bebaho barmoqlarini bo'r bilan "ifloslantiradi"
- Sakrolmaydigan darajada qorin qo'ymaydi. Miya doim ishlasa, odam semira olmaydi.
- Imtihonni sinash uchun oladi. Yiqitish uchun olmaydi. Bitta fizik formula bilan yechiladigan misolga butun Matematik Analiz fani jamlangan funksiyalarni tiqmaydi.
- Fanidan yiqilsang, unga qarashga uyaladigan darajada qalbingda xurmat qozonadi.
- "Qaniydi shu kishi boshqa fandan ham dars o'tsa edi" degan taasurot qoldiradi.
- O'qituvchi bo'lishga motivatsiya paydo qiladi

P.S.
Post N.Nosirova, I.Steviano, R.Coppola, M.Usmonov, M.Morandotti, J.Mavlonov, X.G'afforov, L.Lussardi, R.Fontana va o'zgacha yoqadigan professor Ummarino ga bag'ishlangan

@jahongirnematov_blog
37 viewsedited  20:29
Ochish/sharhlash
2022-10-11 23:57:35 Untitled

- Bizda velosiped haydash isnod. Yo moshinda yur, yo piyoda yur. Velikni kambag'allar minadi.
- Navbatga bitta-bitta turma, o'zingni urib, tiq. Bir kishi sig'adigan eshikka, uch kishi sig'masmidi?
- O'qishga diplom uchun, ota-onang aytgani uchun kir. Ilm olish uchun, mazza qilib o'qish uchun kirma?
- Yordam berib minnat qil, uni muttahamligi bor.
- Uyda "нормальный" yurib, poytaxtga kelib buzil. Lak qo'y, kalta kiyin, yigitlarni o'zingga qarat. Iffatni senga endi keragi yo'q. Yuzingdagi nurni Instagram bilan TikTok ga sot.
- Qizlar bilan yur, to'ydan oldin praktika qil. Shunda jufting ham "praktikant" bo'ladi.
- Ota-onang hech narsani tushunmaydigan tentak. Sani laylak 16 yoshingda tashab ketgan. Ichki kiyimlaring ham san bilan komplektda kelgan.
- Vaqt bilan poyga o'yna! Shoshil! 3 oyda Ielts 7+ ol. Bir haftada 1000$ top. Bir yil ishlab ko'tarilmasang, yangi ish qidir. Hamma narsaga bir oyda erishmasang, "тормоз" san.
- Senga berilgan ne'matlar boshqaga berilganida nima qilishi haqida o'ylama. Senga berilgan imkoniyatlardan juda to'g'ri foydalanayapsan.
- Kibr qil! Sen doim to'g'ri fikrlaysan! Yangiliklarni qabul qilma, xatoingni tan olma, sen eng "to'g'ri" yo'ldasan.

P.S.
Tentak bo'lib qolgan bo'lishim mumkin. Uzr

@jahongirnematov_blog
27 views20:57
Ochish/sharhlash
2022-10-09 15:47:52 Some people say give the customers what they want, but that's not my approach. Our job is to figure out what they're going to want before they do. I think Henry Ford once said, 'If I'd ask customers what they wanted, they would've told me a faster horse.' People don't know what they want until you show it to them. That's why I never rely on market research. Our task is to read things that are not yet on the page.

Ba'zilar xaridorga u hohlagan narsani ber deydi, lekin bu mening yondashuvim emas. BIzning ishimiz ularning nima hohlashini ulardanoldin aniqlashimiz. Adashmasam Genri Ford bir paytlar aygan: "Agar men xaridordan u nimani hohlashini so'raganimda, ular mendan tezroq otni so'rashardi." Odamlar nima hohlashini ularga ko'rsatmasingdan oldin bilishmaydi. Shuning uchun men hech qachon bozorni o'rganmayman. Bizning vazifamiz hali qog'ozda yozilmagan narsani o'qishdir. - Steve Jobs

P.S.
Agar bu narsa noto'g'ri bo'lganida, bizda IPhone ham mashina ham (eng asosiysi, GM) ham bo'lmas edi. Odamlar nimani hohlashini bilmaydi.

@jahongirnematov_blog
30 views12:47
Ochish/sharhlash
2022-10-08 21:12:13 https://curiosity.tv/j55ypc6
31 views18:12
Ochish/sharhlash
2022-10-08 21:11:39 Oyiga $3 ga (30000 ming. 1 ta lavash + 1 cola) sizga juda ko'p sohalardan bilimlar beradi. YouTube yoki kitoblardan topish qiyin bo'lgan content ni shu yerda topasiz. Dastur ingliz tilida!
29 views18:11
Ochish/sharhlash
2022-10-08 21:07:06 https://curiositystream.com
31 views18:07
Ochish/sharhlash
2022-09-11 17:58:16 Siz bu postni oxirigacha o'qiy olmaysiz

Tasavvur qiling sizni labirintga qamab qo'yishdi. Labirinting ikkita yo'lakka bo'lingan qismiga keldingiz. Shunda sizni shu labirintga qamagan odamning "Давай, o'ng tomonga buril" degan ovozi eshitildi. Katta ehtimol bilan chap tomonga burilasiz. Chunki, siz mustaqil fikrga ega, hur fikrli odamsiz. Arqondan tortsa orqasidan ergashadigan mol emassiz. Labirintdagi butun sayohat davomida katta ehtimol bilan siz диктор ning maslahatlarini teskarisini qilasiz. Диктор hayratda!

Bu holat "Reversiv psixologiya" deyiladi. Ushbu holat ishlashining asosiy sababi, odam o'zini "Mustaqil firklaydigan odam" statusida ko'rishni hohlaydi. Undan tashqari odamlarni "zo'r" ligini inkor qilganizda shiddat bilan ishlaydi.

Yomon tomoni shuki, u narsa orqali bizni boshqarishlari mumkin. Balkim, labirintdagi диктор u hohlagan yo'ldan yurishimiz uchun ataylab shu ishni qilgandir? Balkim Jahon tog'o postga e'tibor berishingiz uchun shunaqa sarlavha qo'ygandir? 10 minutda uyni yig'ishtira olmaysan deb ataylab ishlatishgandir?

Bu narsani zo'r tomoni, ukangizga "Kel oynalarni yuvamiz, baribir sandan tezroq bo'laman" desangiz, siz bittasini tugatguningizcha u 3 tasini bitirgan bo'ladi. Кайф )

Mustaqil fikrlash degani, odamlar aytgan gapni teskarisini qilish emas, vaziyatga fikrlab, holisona va sovuqqonlik bilan yondashishdir.

P.S.
Jahon tog'o tirik )

@jahongirnematov_blog
69 views14:58
Ochish/sharhlash
2022-08-19 01:41:54 https://in-space.ru/skyonline/
38 views22:41
Ochish/sharhlash