Get Mystery Box with random crypto!

Tarix Mana shu sarlavhadagi so’zni eshitganimda, birdan hayol | Jahongir Nematov | Blog

Tarix

Mana shu sarlavhadagi so’zni eshitganimda, birdan hayolga maktabdagi darslar keladi. Menga boshida tarix “qiynash” assotsiyatsiyasini chaqirardi. Hozir unaqa holat bo’lmasa ham baribir tarixiy merosimiz qimmatini his qilmayman(miz)

- Registonga borsam, birinchi navbatda rasm tushaman va tez-tez binolarni ko’z yugurtirib o’tib ketaman.
- Ishonmasangiz ham mayli. Butun Samarqandni aylanishga 12 soat, Xivaga esa 18 soat sarflaganman. Tasavvur qilayapsanmi Karl? Kerak bo’lsa bir necha kun yetmaydigan joyni aylanib chiqdim
- Agar Fransiyaga, Luvrga borsam u yerni maksimum 24 soatda aylanib chiqaman. Haftalab u yerda vaqt sarflashga balo bormi?
- Achinayotganim, chet elliklarning hujjatli filmlaridan va turistlarning yuz ko’rinishlaridan, ularning og’iz ko’pirtirib, hayajon bilan aytishlaridan bir narsani tushunaman
- Ular tarixni his qilishyapti, buning qanchalik muqaddas va qimmatli ekanini his qilishayapti, ular bu obidalar bilan gaplashishyapti.
- Men esa bir chekkada «позировать» qilib, chiroyli «ракурс» lardan rasm tushyapman. Profilimdagi rasmlar isbot. @jakhongir_nematov
- Odamlar rasmlarga qarab birnimalarni his qilishadi, ularni bir necha ming “kal boboyga” sotib olishadi va unga soatlab tikilishadi.
- Men tushunmayman! Тупой bo’lganim uchun emas (yana bilmadim), tushuntirishmagani uchun. Qanday tushuntirish kerak? Buni bilmayman va sizlardan javob kutaman. Tushunmaganga tushuntiringlar!

P.S
Hozir bir professorimizni profilidagi rasmni tashayman. Ma’nosini so’ramang, tushunmayman! (bu oxirgisi)

@jahongirnematov_blog