Get Mystery Box with random crypto!

Yolg'iz Qolma Umuman har qanday holatda ham yolg'iz yurmaslik | Jahongir Nematov | Blog

Yolg'iz Qolma

Umuman har qanday holatda ham yolg'iz yurmaslik kerak. Bu bilan har kuni "opashkalar" bilan yur demoqchi emasman.
1. Yolg'iz ovqatlanma. Ovqat tiqilsa, ketding!
2. Yolg'iz dars qilma. Dars qiladigan odamlar davrasida o'tirsang, ular senga motivatsiya beradi. Bemalol 8 soat dars qila olasan.
3. Ko'chada yolg'iz yurma. Biror kori hol yuz bersa, yordam beradigan inson bo'ladi.
4. Yolg'izlik depressiyaga olib keladi. Biz sotsial mavjudotmiz. Undan tashqari odamlar bilan suhbat qurib yangi narsalarni o'rganishimiz, dunyoqarashimiz kengayishi mumkin.
5. Uyda yolg'iz qolma. Zerikish natijasida ko'p ahmoqliklar qilib qo'yishing mumkin.

P.S.
Post uzun bo'lib ketmasligi uchun har bir punktga oddiy misollar keltirdim. Bu yog'ini o'zingiz ham to'ldira olishingizga ishonaman.

@jahongirnematov_blog