2022-05-04 05:52:02
BurnoutBurnout (yonib ketish) - emotsional, aqliy yoki jismoniy jihatdan o'ta kuchli charchash. Bunda:
- har qanday ishga bo'lgan motivatsiya tushib ketadi
- doimiy charchoq, qoniqmaslik xissi paydo bo'ladi
- ish sifati pasayadi
- qilayotgan ishingiz befoydadek tuyuladi
- biror ishni boshlash qiyinlashadi
- ovqatlanish buziladi, shirinlik haddan ziyod ko'p iste'mol qilinadi, alkogol ichiladi
Uni, juda katta tok berganda, "paq" etib kuygan lampochkaga o'xshatsa bo'ladi.
Sabablari:
- katta bosim ostida ishlash (san student bo'lishing kerak, bo'lmasa...)
- haddan ziyod ko'p ishlash
- qilayotgan ishni yoqtirmaslik
- muhitning rasvoligi
- perfektsionizm (hamma narsani ideal qilishga intilish)
- qariganda dam olaman, hozir ishlash kerak deyish (ya'ni ish-hayotni balansini ushlay olmaslik)
- ishni birinchi o'ringa qo'yish (oila, do'stlar va boshqalarni umuman chetga surish)
- ishonchni oqlay olmaslikdan, xato qilishdan qo'rqish
- ijtimoiy hayotdan uzoqlashish
Yechimlar:
- Tepadagi narsalarni qilmaslik. Buni davolagandan ko'ra oldini olish kerak. Chunki kimga qanaqa ta'sir ko'rsatishini bilib bo'lmaydi (ba'zi davlatlarda talabalarni o'z joniga suiqasd qilishlari).
- Bu holatga tushgan holatda, ota-ona yoki do'stlardan yordam so'rash kerak. Shu holatga tushishga sabab bo'lgan faktorlarni yo'qotish lozim.
@jahongirnematov_blog
588 views02:52