Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi ustoz Yaxshi ustozlar ega bo'ladigan sifatlar: - Siz u | Jahongir Nematov | Blog

Yaxshi ustoz

Yaxshi ustozlar ega bo'ladigan sifatlar:
- Siz uning faqat ismini va u bilan qanday bog'lanishni bilasiz. U sizga qayerda tug'ilgani, qayerda o'qigani, nechta maqola nashr qilgani, nechog'lik kuchli "Professor, dotsent, daholar davrasining direktori" ekanligi haqida aytmaydi.
- Kibr qilmaydi. Lug'atida: "Uzr", "Xato qildim", "Bilmayman", "Zo'r javob berding, barakalla" so'zlari bor.
- Tarbiyadan ma'ruza o'tmaydi. Boshida bir ikkita qoidalar berishi mumkin.
- Har narsaga chalg'ib, qimmatli dars vaqtini isrof qilmaydi
- Nima deyayotganini tushunadi
- Zamonaviy texnologiyani tushunadi. Kompyuterni yoqishdan boshqa narsalarni ham biladi.
- Agar fan asosiy yo'nalish bo'lmasa, fanni murakkablashtirib yubormaydi. "Veterinariya" studentlariga 3-darajali integral va cheksizliklar bilan ishlashni o'rgatmaydi
- Matnni o'qib bermaydi, slaydga darslikdan screenshot qo'ymaydi. Bebaho barmoqlarini bo'r bilan "ifloslantiradi"
- Sakrolmaydigan darajada qorin qo'ymaydi. Miya doim ishlasa, odam semira olmaydi.
- Imtihonni sinash uchun oladi. Yiqitish uchun olmaydi. Bitta fizik formula bilan yechiladigan misolga butun Matematik Analiz fani jamlangan funksiyalarni tiqmaydi.
- Fanidan yiqilsang, unga qarashga uyaladigan darajada qalbingda xurmat qozonadi.
- "Qaniydi shu kishi boshqa fandan ham dars o'tsa edi" degan taasurot qoldiradi.
- O'qituvchi bo'lishga motivatsiya paydo qiladi

P.S.
Post N.Nosirova, I.Steviano, R.Coppola, M.Usmonov, M.Morandotti, J.Mavlonov, X.G'afforov, L.Lussardi, R.Fontana va o'zgacha yoqadigan professor Ummarino ga bag'ishlangan

@jahongirnematov_blog