Get Mystery Box with random crypto!

Jahongir Nematov | Blog

Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog J
Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog
Kanal manzili: @jahongirnematov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91
Kanalning ta’rifi

Hammamiz hato qilamiz, hammamiz adashamiz...

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-08-19 01:41:17 Kassipeya yulduzlar turkumi, u orqali esa Qutb yulduzini topganimda boshqacha xursand bo'ldim. Go'zal yulduzli osmonni o'zimcha "o'rganib" Mars sayyorasi, Aldebaran, Altair, Vega, Deneb yulduzlarini topib, 2 ta "yulduz uchishi"ga guvoh bo'lib, g'ayritabiiy rohatni xis qildim. Mendek bir shaharlik olifta uchun bu "evrika" bo'ldi.

P.S
Bu narsani ko'rish uchun men bor yo'g'i bir soat sarfladim. Yillar davomida izlanish olib borgan Ulug'bek, Beruniylar nimalarni xis qilishgan ekan?

@jahongirnematov_blog
41 viewsedited  22:41
Ochish/sharhlash
2022-08-19 01:28:17

39 views22:28
Ochish/sharhlash
2022-08-03 18:29:48 Ota

Har qanday odam undan biror kishi o'zib ketsa, ichida biroz xafa bo'ladi.
- Do'stingiz qori darajasiga erishsa-yu, siz hali bir pora yodlamagan bo'lsangiz mahzun bo'lasiz
- Qarindoshingiz o'qishga kirib, siz esa yiqilsangiz ham shunday
- Tanishingiz yaxshi ish topib, boyib ketsa ham shunday

Siz ularning muvafaqqiyatiga xursand bo'lasiz, lekin o'zingiz "Nima uchun men ham shunday bo'lolmadim?" deb o'zingizdan norozi bo'lasiz. Agar aksincha bo'lsa, demak sizda hasad va kibr paydo bo'lgan. Ehtiyot bo'ling!

Agarda farzand otadan hattoki barcha narsadan o'zib ketsa ham ota faqat va faqat xursand bo'ladi. Otaning quvonchi ko'paysa ko'payadi, lekin, kamaymaydi. Otangizni qadrlang!

@jahongirnematov_blog
25 views15:29
Ochish/sharhlash
2022-07-28 12:46:04

39 viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2022-07-28 12:43:54

39 views09:43
Ochish/sharhlash
2022-07-27 20:13:34 Buxoroda “Marko Poloning Oʻzbekistondagi sarguzashtlari” nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Buning bitta yaxshi, bitta yomon tomoni bor

Yomoni: shuncha buyuk allomalarimiz qolib, Italiyalik sayohatchi haqida kino olinyapti

Yaxshisi: agar yaxshi kino ololmay, "bejab" qo'ysalar, Marko tog'o xafa bo'ladi, bobolarimiz emas

@jahongirnematov_blog
48 viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash
2022-07-26 17:18:44
52 views14:18
Ochish/sharhlash
2022-07-22 15:56:22 https://kun.uz/uz/28046408
48 views12:56
Ochish/sharhlash
2022-07-18 11:40:58 СЕССИЯДА КЎЧИРИШ

@Savollar_kanal 11344-савол

Ассалому алайкум! Мен талабаман. Бизга сессия вақтида якуний назорат бўлди. Унда мен баъзи фанлардан кўчириб ёзиб бердим. Баъзи ўқитувчилар ўзлари билишади хам ва рухсат беришади. Кейин яна 2 та фандан бахойим паст бўлиб қолганда зам деканимиз тўғирлатиб бердила. Ўша сессияни 5 бахога ёпдим юқоридаги сабабларга кўра. Мен магистратурани чет элда ўқимоқчийдим. У ерда мана шу хозирги бахоларга қараб қабул қилишаркан. Шунинг учун 5 олишга харакат қилгандим кўчириб бўлсаям. Хозир 5лик стипендия оламан. Бу одатдагидан 95 минг сўм кўп дегани. Мана шу 5лик қилиб олаётган стипендиямдаги фарқини, 95 мингни хукми қандай?

ЖАВОБ:

– Ва алайкум ассалом! Аввало бу қилган ишингизга тавба қилишингиз керак. Чунки ёлғон шариатимизда ман қилинган, ҳаром иш ҳисобланади. Сиз ҳозирдаги 95 минг сўмни ҳукмини сўраябсиз, у ҳам сизга ҳалол бўлмайди. Қолаверса, келажакда ўша кўчириб олган баҳоингиз билан олган шаҳодатингиз (диплом) ва унинг воситаси билан кирган ишингиз ҳам ҳаммаси ёлғон асосида бўлади. Ëлғон-ҳаром асосида ишлаб топилган маблағлар ҳам, Аллоҳ асрасин, ҳаром бўлади. Шунинг учун сиз тавба қилинг. Олган баҳоларингиз ёлғон ва ҳаромга сабабчи бўлмаслиги учун бундан кейин бундай ишга қўл урманг. Қолаверса, кўчириб ва деканнинг ёрдами билан олган баҳоларингизга лойиқ бўлиш учун ўша фанларни қайта ўқиб, «беш» баҳога ўзлаштиришингиз керак. Шунда стипендиянгиз ҳам, келажакда оладиган маошларингиз ҳам, ин ша Аллоҳ, ҳалол бўлади. Валлоҳу аълам!


«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати

Манба

Каналга уланиш
21 views08:40
Ochish/sharhlash
2022-07-17 06:06:27 Boshida Ahamiyatsizdek Tuyuladi

Juda ko'p narsalar bilimsizligimiz, dunyoqarashimiz yetarli darajada bo'lmagani sababli boshida ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, aksariyati va ba'zi holatda barchasi juda muhim bo'lib chiqadi.

1. Ota-ona yoki taksichi amakining (bu klassika) "O'qi! Yoshlik borida o'qib qol" degan gaplari. Ilm olishning foydasi bekorchilik payti bilinmaydi. Lekin, bu narsa avval OTM da, keyin rizq talabida bilinadi.
2. O'tirib, shoshmasdan suv ichish va ovqatlanish. Turib ovqatlanishning zarari nihoyatda katta.
3. Vaqtida uxlash. Juda kech uyquga yotish, odamni o'z-o'zini boshqarish xususiyatini susaytiradi, emotsional holatni buzadi, ishlash sifatiga yomon ta'sir qiladi.
4. Uyqudan oldin ovqatlanmaslik. Uyqudan oldin yeyilsa, uyqu vaqtida olingan hamma energiya ovqat hazmiga sarflanadi.
5. Ertalab barvaqt turishning fayzini tasvirlab bo'lmaydi
6. Xaromning zararlari. Ko'rshapalakni ko'rdik, cho'chqani bilamiz...
va boshqalar

To'g'ri ota-ona, shifokorlar, olimlar adashishi mumkin. Lekin, Islom dinida xatolik yo'q.

P.S.
Bir narsa qiziq. "The 5AM Club" ya'ni "Sahar soat 5 da turadiganlar klubi" ning yozuvchisi va unga Amazonda like bosgan 21000 odam, yillardan beri tongning sehri haqida javrayotgan olimlar sahar soat 4 atrofida Bomdod namoziga chiqayotgan birodarlarimizni ko'rganda qanday ahvolga tusharkan?

@jahongirnematov_blog
33 viewsedited  03:06
Ochish/sharhlash