Get Mystery Box with random crypto!

Jahongir Nematov | Blog

Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog J
Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog
Kanal manzili: @jahongirnematov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91
Kanalning ta’rifi

Hammamiz hato qilamiz, hammamiz adashamiz...

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-06-25 07:23:00 Vatan Tuyg'usi

Agar shu so'zni 16 yoshli Jahongirga aytishganida, hayoliga birinchi keladigan narsa - zerikarli darslar, bitmas tugamas konspektlar, 45 daqiqa azob bo'lardi

"Otamdan qolgan dalalar", Farg'ona tong otguncha (1-kitob)", "Turkiston qayg'usi" kitoblarini o'qib tushundimki, u o'ta kuchli xisdir.

Poyezd yoki samolyot joyidan qo'zg'alganga ohistalik bilan oilangdan, yurtingdan uzoqlashayotgan payting xis qiladigan g'amginlik, xomushlik - vatan tuyg'usidir.

Chet davlatda yurting bayrog'ini ko'rganda to'kiladigan yosh - vatan tuyg'usidir.

Musofirchilikdan uyga qaytganda, ichingga sig'maydigan xursandchilik - vatan tuyg'usidir.

Vatan tuyg'usi o'rgatilmaydi, o'zidan o'zi paydo bo'lmaydi. Uni topish kerak, izlash kerak. Men ham qidirayapman...

P.S.
Chetga ketganim yo'q. Shunchaki Toshkent-Navoiy poyezdiga o'tirdim )

@jahongirnematov_blog
121 views04:23
Ochish/sharhlash
2022-06-18 09:39:06 Har bir odam - sinov

Biz biror xislatimiz qanchalik kuchli ekanligini faqat sinash bilan bilamiz.
- Bilim kuchini test, imtihon, savol-javob, baxsda
- Qat'iyatni, mushkul ishni oxirigacha olib borishda
- G'azabni boshqara olishni, kimdir asab qilayotganda
- Rostgo'ylikni, yolg'on gapirish "yoqimli" bo'lgan vaqtda
- Kibrning zaif yoki kuchli ekanligini, kimdir oldizda og'zini ko'pirtirib maqtanayotganda bilamiz. Agar maqtanish musobaqasi boshlanib ketsa, demak, kibr sizda ustun

Bu sinovlar bizga juda zarur. Bu narsa orqali biz o'zimizni taniymiz. Kuragi yerga tegmagan kurashchini, kimdir yiqitsa, (agar farosati bo'lsa) o'z ustida ishlashi kerakligni tushunadi.

Atrofimizdagilar ham biz uchun sinovdir.
- Kimdir bilmasdan yoki atayin asabingizga tegadi
- Kimdir o'zini kuchli ko'rsatish uchun sizni yerga uradi
- Kimdir baxsda yutqazsa, pastkashlik qilib siringiz yoki boshqa baxsga bog'liq bo'lmagan narsa haqida gapiradi
- Kimdir nafsoniyatingizga tegadi

Ularga qanday javob berish kerakligi haqida hech qanday maslahat bera olmayman. Chunki bu vaziyatga bog'liq. Lekin, nima bo'lgan taqdirda ham ular sizga o'zingizni tanishingizda yordam beradi.

P.S.
Undan tashqari bu odamlar biz uchun dars. Boshlig'iga "sig'inayotgan" ishchini, farrosh opani kamsitayotgan odamlarni ko'rib, kitob o'rgata olmaydigan narsani o'rgansa bo'ladi.

Shuning uchun bir o'tirib o'ylab ko'ring. Qanchalik kuchlisiz?

@jahongirnematov_blog
120 viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2022-06-03 04:01:22 Mustaqillikni Ko'tara Bilish

Ba'zi holatlarda Toshkentga borib(yoki shaharga borib) buzilib ketgan odamlar haqida eshitamiz. Avval saranjom, tartibli yurgan bo'lsa, uzoqqa ketib yoshlik "gashtini" suradigan bo'ladi; uyga hohlagan vaqtida qaytadi; tirnoq qo'yadi; o'ziga oro beradi ._. ; цепь taqadi va hokazo.

Buning asosiy sababi bunday insonlar mustaqillikni ko'tara olmasligidir. Har qanday ota-ona, opa-aka va o'sha odamning o'zi ham shu narsaga e'tibor berishi kerak. Chunki bu narsa juda yomon holatlarga olib kelishi hammamizga ma'lum

Mustaqillikni ko'tara olmasligiga asosiy sabab esa, bolaning uyda juda qattiq nazoratda ushlanishi. Erkinlik, mustaqil fikrlash yo'q bo'lgan muhitda odam xuddi qamoqda yashayotgandek bo'ladi, va Toshkentga kelgandan keyin "ozodlikka" chiqqan qushdek "parvoz" qiladi.

P.S.
Atrofingizdagilar ko'p narsani o'rgatadi, sizdan biroz diqqatliroq bo'lish talab qilinadi holos.

Juma muborak bo'lsin!

@jahongirnematov_blog
172 views01:01
Ochish/sharhlash
2022-05-22 13:10:32
Anchadan beri kitobni o'qib, kulmagan edim. Shu kitob bir kuldirdi-bir kuldirdi. Kulganda ham, qiziqchilar kuldirganday emas, boshqacha mehr, iliqlik bilan kuldirdi.

Lekin, bu kitob shunday kitobgi, qayg'uni o'rtasida kuldiradi. Kulguni o'rtasida xafa qiladi. Xalq dardi alanga bo'lsa, undagi bir cho'g' bo'lagini qo'lingizga tashlab, sizni "kuydiradi".

P.S.
"Endi qonim o'z g'animlarim uchun qaynamadi. Yo'q, o'z g'animlarim o'z yo'lida qoldi.

Endi qonim... olamjahon g'animlarim uchun qaynadi. Endi qonim... qudratli g'animlarim uchun qaynadi.

Men o'zbek xalqiga haykal qo'yaman!" - Tog'ay Murod

Shu bilan o'qigan kitoblarim ro'yxati tugadi )

@jahongirnematov_blog
191 views10:10
Ochish/sharhlash
2022-05-22 12:59:02
Bu kitobda ilm olishga oid yaxshi maslahatlar bor. Kitobdan o'rgangan eng asosiy narsam - ilmni xurmatini joyiga qo'yish. Kitob menga ilmga oid jarayonlarda o'zimni qanday tutishim kerakligini o'rgatdi.

Lekin, kitobni menga yoqmagan qismi, unda she'rlar va "oh-voh" larning ko'pligi bo'ldi. Undan tashqari hadislar, hikmatlar keltirilganda ba'zi holatlarda manbasiz keltiriladi.

P.S
Bularning barchasi mening o'ta shaxsiy firklarim. Lekin, kitobni o'qishni sizga juda maslahat beraman. Aytgancha, fonda Notion dasturi ochilgan. Badiiy bo'lmagan kitoblardan doim qayd olib boring. Kitobni o'qib shunchaki tashlab ketmang. Badiiy kitoblardan qanday qayd olishni nasib bo'lsa, keyinroq ko'rsataman

@jahongirnematov_blog
142 views09:59
Ochish/sharhlash
2022-05-22 12:41:11
Bu kitobda qayg'u bor.
Bu kitobda biz bilmagan tarix bor
Bu kitobda xorlikning sababi bor
Bu kitobda uning yechimi bor

Kitobni oxirigacha tugatishga sabrim yetmagan bo'lsa ham (100 bet qoldi), juda ko'p narsalarni bilib oldim. Biroz bo'lsa-da tarixga mehr qo'ydim. Bu kitob menga ilm olishga kuchli turtki berdi, tor dunyoqarashimni biroz kengaytirdi.

Bu kitobni sizlarga ham maslahat beraman.

@jahongirnematov_blog
104 viewsedited  09:41
Ochish/sharhlash
2022-05-14 17:27:08

137 views14:27
Ochish/sharhlash
2022-05-14 14:50:00 Sifatli Rohat

Sifatli rohat haqida gapirishdan oldin kichik misol keltiraman.

Besh ming so'mga shakar olib, 10 piyola shakar choy ichgan bilan, o'n mingga Snickers yegandagi rohat boshqacha. Yana sal pul qo'shib, yigirma mingga daxshat пирожный yeyish undan ham rohatliroq

Yoki bo'lmasa uyda 5 minutda Rollton tayyorlab yegandan ko'ra, ko'proq vaqt sarflab osh yegan yoki imkoniyat bo'lsa shashlik yegan rohatliroq.

Ishtahangizni ochib yuborgan bo'lsam uzr-a )

Yuqoridagi ikki holatda kuchliroq mazza qilishimiz uchun mablag'imiz yoki vaqtimizni sarfladik.

Shundan xulosa qilishimiz mumkin, nimaga ko'proq vaqt, energiya, e'tibor, mablag' va shu kabi resurslarni sarflasak, ko'proq mazza qilamiz.

Shuning uchun ko'chalarda, parklarda, kafelarda qizlar yoki oshna-og'aynilar bilan кайф qilib yurgandan ko'ra; kino, serial, o'yin, ijtimoiy tarmoqlarda umrni o'tkazishdan ko'ra ilm olishga, foydali ishlarga ko'proq resurs sarflashimiz kerak. To'g'ri, yuqoridagi narsalarni qilsa bo'ladi (qizlar bilan yurishdan tashqari). Faqat, me'yor bilan. 5-6 soat me'yor hisoblanmaydi.

Ko'p vaqt, energiya sarflab qilingan foydali ishning rohati nihoyatda o'zgacha bo'ladi. Talaba bo'lganingizni eslang!

P.S.
Sifatli rohatlaning azizlar )

@jahongirnematov_blog
133 viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2022-05-14 07:43:02 O'rganish fitrati

9 oyli o’g’limni kuzatish eng zavqli mashg’ulotim

Bolalar bu bosqichda shu darajada tez o’rganadiki har qanday machine learning (sun’iy intellekt) choy ichadi.

U shu paytgacha faqat 3ta holatda: qorni ochganda, chanqaganda yoki uyqusi kelganda yig’lardi.

Endi atrofida o’rganishga yangi hech narsa qolmaganda ham yig’layapti.

Tomosha qilishga, ushlab, og’ziga solib ko’rishga yangi narsa qolmasa avval xo’mrayadi, keyin yig’laydi.

Mutlaqo yangi joyga borib qolsa 20 daqiqa jim bo’ladi.

O’rganib bo’lgach yana yig’i.

Bolalarni qiziqqon bo’lishini bilardim. Lekin bu 1 yoshga to’lmay boshlanishi hayratlanarli.

Meni xulosam: Yangi narsani o’rganishga intilish odam fitratida (gen) bo’lar ekan.

O’rganmay qolsa och qolish bilan barobar darajada siqilish ham fitratimizda.

Demak:
G’amgin bo’lyapmizmi? — Balki ilm olishdan to’xtab qolgandirmiz?

@azizrakhimov_blog
99 views04:43
Ochish/sharhlash
2022-05-11 18:34:54

115 viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash