Get Mystery Box with random crypto!

Jahongir Nematov | Blog

Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog J
Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog
Kanal manzili: @jahongirnematov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91
Kanalning ta’rifi

Hammamiz hato qilamiz, hammamiz adashamiz...

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-26 11:14:30 Yaqinda 16 soatlik online kursni tugatdim va bir nechta xulosa oldim

1. Bir necha soatlik kurslar, katta kitoblarni tugatganingizda o'zingizdan qoniqish hissi paydo bo'ladi. "Shuncha darsni tugatibman! Shu bir oy ichida foydali ish qilibman" deysiz.
2. "Katta ishni oxiriga yetkaza olaman" degan confidence paydo bo'ladi
3. Endi siz katta kitoblar, davomiy kurslar va uzoq muddatli topshiriqlardan qo'rqmaysiz.
4. Ishonavering, 3 soatlik online darsdan ensasi qotadigan, lekin 3 soatlik "Titanic" ni yoki "Harry Potter" ni 8 ta seriyasini bir o'tirishda ko'radiganlar bor.
5. Hozir hamma "tipirchilab" qolgan vaqtda "sabr" ni kuchaytiradi.

P.S
Titanic ni ham "Romeo va Julyetta" dan farqi yo'q. Ikki kishi u taxtaga bemalol sig'ardi. Просто "otashin sevgi qissasi" buzilardi )
90 viewsedited  08:14
Ochish/sharhlash
2022-10-24 22:31:18 Bu qo'shiq kayfiyatni ko'tarish uchun. Juda jiddiy qabul qilib yubormanglar
100 views19:31
Ochish/sharhlash
2022-10-24 22:29:56 Лайкомат

2009 yil Facebook "Like" tugmasini chiqardi va bu narsa hamma narsani o'zgartirib yubordi.

1. Asl yaratilish maqsadi - odamlarni birlashtirish, ularni bir-biri bilan munosabatini yangi darajaga chiqarish, odamlar bir-biri bilan ko'proq interaksiya qilish bo'lgan
2. Hozir esa, u narsa mashxurlikning o'lchov birligiga aniqlangan
3. Odamlar bir-birini shu bilan taqqoslashni boshlashdi
4. 100 ta layk yig'gan odam, 10000 ta like bosilgan odamni ko'rib, o'zini qadrsiz hisoblashni boshladi
5. Odamlar hayotining qiziqarli joylarini do'stlari bilan ulashish uchun emas, qanchalik zo'rligini bilish uchun rasm qo'yadigan bo'lishdi
6. Qizlarni rasvosi chiqdi, iffati ketdi, yuzida nuri qomadi
7. Haybat, jiddiylik, sovuqqonlik xislatlari bo'lishni o'rniga, yigitlar laqillab, raqs tushib yuribdi
8. Tepadagi tentaklar yig'gan layklar, yosh avlodni ham jalb qilib, miyasini zaharlashdi

Bu post ikkita narsani o'rgatishi mumkin:
1. Ijtimoiy tarmoqlar - kasallikdir o'rtoqlar
2. Kichkina tugmacha shuncha narsani "rasvo" qildi. Shuning uchun qilayotgan ishlaringizni katta yoki kichikina ga ajratmang! (Hali QR kod haqida ham yozishim mumkin)

P.S.
Bu postga layk bosish esdan chiqmasin

@jahongirnematov_blog
88 views19:29
Ochish/sharhlash
2022-10-22 18:59:29 Men shu paytgacha ko'rgan eng kuchli marketing usullari:

1. Supermarketlarda qimmat narsalar o'rta qatorga qo'yiladi.
2. Asosiy ishlatiladigan mahsulotlar eng orqaga qo'yiladi. Ungacha keraksiz shirinliklar, o'yinchoqlar, chips va shunga o'xshash narsalar joylashtiriladi
3. 10 minglik narsa, 9.900 ga sotiladi. (Bunga aldanadiganlar ko'p)
4. Kassa, reception va shunga o'xshash mijoz bilan ishlanadigan joyga ko'pincha chiroyli qizlar tanlanadi. Yigitlar "мачо" lik qilib katta xarajat qilishlari yoki bo'lsa-bo'lmasa shu qizni ko'rish uchun qaytib kelishlari uchun.
5. Katta chegirma qilish. Insonga kerak bo'lmagan narsani oldirishni eng zo'r usuli. Katta raqamlar bilan yozilgan narxga tortilgan chiziq odamni "profit qilayapman" deb o'ylashga majbur qiladi

Shu narsalarga (ayniqsa 4-siga) aldanib qolmang.

@jahongirnematov_blog
89 viewsedited  15:59
Ochish/sharhlash
2022-10-20 16:44:18 Buning nomini bilmayman

Istalgan jamiyatda ko'rishimiz mumkin bo'lgan bir holat bor.

1. Bu holat do'stlar, biznes hamkorlar, hamkasblar orasida paydo bo'ladi. Va juda yomon fitnalardan biri.
2. Misol uchun bir sherigingiz bilan biznes ochgansiz. Ishchilaringiz va hamkorlaringiz sizga nisbatan sherigingiz bilan ko'proq gaplashadilar.
3. Shu bilan bir qancha vaqt o'tgandan keyin, yo'q joydan sizda unga nisbatan adovat paydo bo'lishni boshlaydi. U hamma narsani контроль ga olgani va siz chetga chiqib ketayotgandek tuyuladi
4. Keyin siz har narsada u bilan o'zingizni taqqoslashni boshlaysiz. Uni qilayotgan ishi siznikidan foydaliroq va muhimroq deb o'ylashni boshlaysiz
5. Ishga sal vaqtliroq kelsa, yoki kechroq ketsa, huddi sizni pastga urgandek, o'zini zo'rligini ko'rsatayotgandek tuyuladi.
6. Hazillashsa ustingizdan kulayotgandek bo'ladi.
7. Birorta muammoni yechsa, o'zingizni "тупой" deb o'ylaysiz.
8. Natijada siz o'zingizni qadrsiz hisoblashni boshlaysiz va kerak bo'lsa, o'z sherigingizni o'zingizga dushman qilib olasiz.
9. Umumiy kontekstda olsak, hech narsa o'zgargani yo'q. Shu "kasallik" boshlangan vaqt bilan oldingi vaqtni taqqoslak, hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q.
10. Bu narsa oxiriga borib janjal bilan tugaydi. Lekin, bu narsa qachon paydo bo'lganini hech kim bilmaydi. Chunki fitna tashqaridan emas, ichkaridan chiqqan!

Bu holat mavjud va juda rasvo narsa. Bu mavzuni chiroyli va tushunarli qilib ta'riflashga meni kuchim yetmaydi. Shu uchun kommentda sizlarni kutaman.

P.S.
Bu narsaning sababi va yechimi juda kerak. Chunki bu narsa tarixda katta-katta davlatlarni tanazzuliga, taxt uchun kurashishlarga va boshqa fitnalarga sabab bo'lgan.

@jahongirnematov_blog
110 viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2022-10-18 22:37:22 Bir savol meni juda o’ylantiradi. Biz boyib ketishni, pulimiz ko’p bo’lishini o’ylaymiz. Lekin, qo’limizga juda tez internet tegib qolsa, nimani ko’rishni, nimani скачать qilishni bilmay shashalaymiz. Endi birdaniga boyib ketsak qanday ahvolga tushar ekanmiz, hayronman.

@jahongirnematov_blog
171 views19:37
Ochish/sharhlash
2022-10-16 17:25:37
122 views14:25
Ochish/sharhlash
2022-10-16 17:17:46 Romeo va Julyetta

Shekspirning ushbu "buyuk" pyesasi hammaga tanish. Kitobni o'zini o'qimagan bo'lsak ham ushbu ikki tentakning sevgi qissasini barcha eshitgan. Mana bu ma'lumotlarni o'qigandan keyin Shekspirga g'alati qarashni boshladim:

1. Romeo 17 yoshda, Julyetta 14 yoshda bo'ladi. Julyettani onasi 24 yoshda bo'ladi )
2. Ularning sevgi qissasi 5 kun davom etadi. Shu orada ular bir-birini sevib, uylanmoqchi bo'lishadi.
3. Shu 5 kun ichida Romeoning eng yaqin do'sti, Julyettaning akasi, yana bir kishi o'ladi. Bu ikki tentakni hisobga olsa, 5 kishi!
4. Romeo shunchaki kuchli uyqudagi Julyettani ko'radi va o'zini-o'zi o'ldiradi!

Mana sizga "Otashin sevgi qissasi". Agar juda romantik bo'lsangiz, sizga "O'tkan Kunlar" va "Farg'ona Tong Otguncha" kitoblarini tavsiya qilaman.

P.S.
Hohlasangiz, "Yor-yor" kinosini ko'ring, u ham zo'r.

@jahongirnematov_blog
121 views14:17
Ochish/sharhlash
2022-10-16 00:13:52
109 views21:13
Ochish/sharhlash