Get Mystery Box with random crypto!

Siz bu postni oxirigacha o'qiy olmaysiz Tasavvur qiling sizni | Jahongir Nematov | Blog

Siz bu postni oxirigacha o'qiy olmaysiz

Tasavvur qiling sizni labirintga qamab qo'yishdi. Labirinting ikkita yo'lakka bo'lingan qismiga keldingiz. Shunda sizni shu labirintga qamagan odamning "Давай, o'ng tomonga buril" degan ovozi eshitildi. Katta ehtimol bilan chap tomonga burilasiz. Chunki, siz mustaqil fikrga ega, hur fikrli odamsiz. Arqondan tortsa orqasidan ergashadigan mol emassiz. Labirintdagi butun sayohat davomida katta ehtimol bilan siz диктор ning maslahatlarini teskarisini qilasiz. Диктор hayratda!

Bu holat "Reversiv psixologiya" deyiladi. Ushbu holat ishlashining asosiy sababi, odam o'zini "Mustaqil firklaydigan odam" statusida ko'rishni hohlaydi. Undan tashqari odamlarni "zo'r" ligini inkor qilganizda shiddat bilan ishlaydi.

Yomon tomoni shuki, u narsa orqali bizni boshqarishlari mumkin. Balkim, labirintdagi диктор u hohlagan yo'ldan yurishimiz uchun ataylab shu ishni qilgandir? Balkim Jahon tog'o postga e'tibor berishingiz uchun shunaqa sarlavha qo'ygandir? 10 minutda uyni yig'ishtira olmaysan deb ataylab ishlatishgandir?

Bu narsani zo'r tomoni, ukangizga "Kel oynalarni yuvamiz, baribir sandan tezroq bo'laman" desangiz, siz bittasini tugatguningizcha u 3 tasini bitirgan bo'ladi. Кайф )

Mustaqil fikrlash degani, odamlar aytgan gapni teskarisini qilish emas, vaziyatga fikrlab, holisona va sovuqqonlik bilan yondashishdir.

P.S.
Jahon tog'o tirik )

@jahongirnematov_blog