Get Mystery Box with random crypto!

Untitled - Bizda velosiped haydash isnod. Yo moshinda yur, yo | Jahongir Nematov | Blog

Untitled

- Bizda velosiped haydash isnod. Yo moshinda yur, yo piyoda yur. Velikni kambag'allar minadi.
- Navbatga bitta-bitta turma, o'zingni urib, tiq. Bir kishi sig'adigan eshikka, uch kishi sig'masmidi?
- O'qishga diplom uchun, ota-onang aytgani uchun kir. Ilm olish uchun, mazza qilib o'qish uchun kirma?
- Yordam berib minnat qil, uni muttahamligi bor.
- Uyda "нормальный" yurib, poytaxtga kelib buzil. Lak qo'y, kalta kiyin, yigitlarni o'zingga qarat. Iffatni senga endi keragi yo'q. Yuzingdagi nurni Instagram bilan TikTok ga sot.
- Qizlar bilan yur, to'ydan oldin praktika qil. Shunda jufting ham "praktikant" bo'ladi.
- Ota-onang hech narsani tushunmaydigan tentak. Sani laylak 16 yoshingda tashab ketgan. Ichki kiyimlaring ham san bilan komplektda kelgan.
- Vaqt bilan poyga o'yna! Shoshil! 3 oyda Ielts 7+ ol. Bir haftada 1000$ top. Bir yil ishlab ko'tarilmasang, yangi ish qidir. Hamma narsaga bir oyda erishmasang, "тормоз" san.
- Senga berilgan ne'matlar boshqaga berilganida nima qilishi haqida o'ylama. Senga berilgan imkoniyatlardan juda to'g'ri foydalanayapsan.
- Kibr qil! Sen doim to'g'ri fikrlaysan! Yangiliklarni qabul qilma, xatoingni tan olma, sen eng "to'g'ri" yo'ldasan.

P.S.
Tentak bo'lib qolgan bo'lishim mumkin. Uzr

@jahongirnematov_blog