Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Kanaldagi mavzular:
Тезкор
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanaldagi mavzular:
Тезкор
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.39K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 50

2022-10-01 06:04:27
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
4.4K views03:04
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:19:09Kuzgi attestatsiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan pedagoglar diqqatiga!

Navbatdagi attestatsiya uchun arizalar qabul qilish bugun tugaydi. Shu bilan attestatsiya imtixonlari boshlanadi. Qaysi sanalarda bo‘lishi hali aniq emas.

Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar ko‘pi bilan to‘rt oy muddat ichida berilgan bo‘lishi lozim.

Shuningdek, bu jarayonda Taʼlim tashkilotlari rahbarlari:

navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tish lozimligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni tashkil etishi lozim.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
5.4K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-09-29 16:51:48
Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagoglar so‘rovnomangizni yuklab oling va maʼlumotlaringizni tekshirib ko‘ring

So‘rovnomani shaxsiy kabinetdan So‘rovnoma (murojaat haqidagi ilova fayli) tugmachasini bosish orqali yuklab oling!

So‘rovnomadagi barcha maʼlumotlarni tekshirib ko‘ring. Maʼlumotlarni tekshirishda ayniqsa, ish joyingiz, attestatsiya turi, attestatsiyadan o‘tayotgan faningiz, imtiyozingizni (agar bo‘lsa), amaldagi toifangiz va murojaat holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarga alohida eʼtibor bering!

So‘rovnomangizda noaniqliklar aniqlanganda, zudlik bilan hududingizdagi ishchi guruhiga yaʼni Taʼlim inspeksiyasining hududiy bo‘limlariga murojaat qiling.

Esingizda bo‘lsin, So‘rovnoma shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan elektron yoki bosma ravishda taqdim etilganda, attestatsiya jarayoniga kirish uchun ruxsatnoma sifatida foydalaniladi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
1.9K views13:51
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:04:43
Kuzgi attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborishga 1 kun qoldi! Siz attestatsiya uchun ariza yubordingizmi?
Anonymous Poll
81%
Ha men ariza yuborganman
10%
Yo‘q, men ariza yubormadim
4%
Endi yuboraman
5%
Menga aloqasi yo‘q
298 voters666 views06:04
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:19:39 Haqiqatdan ham xalq ta'limi tizimini rivojlantirish eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadimi?

Ko'p mamlakatlarning rahbarlari ta'lim ular uchun eng muhim vazifa ekanini ta'kidlashadi. Biroq bu haqiqatdan ham shundayligiga ishonch hosil qilish uchun ularga bir necha oddiy savollar berish mumkin. Masalan:

1.O'qituvchilik kasbining maqomi qanday?

2.Ta'lim darajasiga ega boshqa mutaxasislarning ish haqi bilan solishtirganda o'qituvchining ish haqi qanaqa?

3.Sizning farzandingiz o'qituvchi bo'lishini istarmidingiz?

4.OAV maktab va ta'lim haqidagi axborotlarni tez-tez e'lon qilib turadimi?

5.Nima muhimroq: mamlakatning sport ligalaridagi o'rnimi yoki uning akademik reytingimi?

Andeas SHlayayxer - PISA tadqiqoti asoschisi

------------------------------------------------------------

Xo'sh, O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish eng muhim vazifa hisoblanadimi? Agar shunday bo'lsa yuqoridagi savollarga asosli javoblar mavjudmi? Unda ushbu savollarning ayrimlariga javob izlab ko'ramiz:

1.Hozirgi kunda pedagog xodimlarning maqomi belgilab berilmagan. "Pedagog xodimlarning maqomi to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilgandan keyin negadir buni hech bir hukumat vakili esga ham olmadi. Qonun loyihasi negadir izsiz yo'qoldi.

2.Hozirgi kunda o'qituvchilar ayrim soha mutaxasislari bilan solishtirganda unchalik yuqori maosh olmaydi. To'g'ri 2018 yildan to hozirgacha o'qituvchilarning maoshi 2 bosqichda oshirildi. Lekin, hozirga kelib, “o'qituvchilarning oyligi oshirilgan” degan gaplar endi o'z qadrini yo'qotgan.

3.Hozirgi kunda o'qituvchilik kasbi ko'pchilik yoshlar orzu qiladigan kasb emas. Qachonki ularning maqomi va oylik maoshi yuqori darajada oshirilib, ularga bir qancha imtiyozlar belgilansa, shundagina yoshlar orasida ham o'qituvchilik kasbiga qiziqish ko'payadi.

4.OAV, ayniqsa aholining aksariyat qismi kuzatadigan televidenieda ta'lim tizimi va o'qituvchilar faoliyati haqida deyarli ko'rsatuvlar mavjud emas. O'qituvchi kasbini ulug'lovchi loyihalarni ham deyarli uchratmaymiz. Hozirgacha xalq ta'limiga oid xabarlarni asosan Xalq ta'limi vazirligidan olamiz. Televidenielarda ta'lim tizimini yoritish uchun alohida vaqt ajratilmagan.

P.S: Beshinchi savolga izohlarda javob yozib qoldirishingiz mumkin.
Manba: Xalq ta'limi Info

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
2.8K viewsedited  09:19
Ochish/sharhlash
2022-09-26 18:20:33 Foydali linklar majmuasi

1-2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi majmuasi

2-sinf darsliklari, metodik qo'llanmalar, mashq daftarlarining elektron varianti

3-sinf darsliklarining elektron varianti 7 tilda

6-;7-;10-sinf yangi darsliklarning 1-chorak qismi

6-;7-;10-sinflarning Qardosh tillardagi darsliklari

Cambridge University Press nashriyotiningv1-11-sinf Ingliz tili o'quv-metodik qo'llanmalari

Tarbiya darsliklarining elektron variantini

Darsliklar uchun yaratilgan multimedia ilovalari

1-2-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi uchun multimedia ilovasi;

1-2-sinf Matematika darsligi uchun taʼlimiy oʻyinlardan iborat ilova;

1-2-sinf Tabiiy fan, Musiqa, Tasviriy sanʼat, Oʻzbek tili darsliklari uchun esa AR ilovalari;

1-2-sinf Xorijiy til darsliklari uchun maxsus sayt.

Alifbe” interaktiv dasturini

3-sinf "Tasviriy san`at" darsligi uchun tayyorlangan videodarslar

6-sinf "Tasviriy san'at" darsligi uchun tayyorlangan videodarslar

1-;2-;3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi va 6-;7-sinf Ona tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar
https://t.me/edurtm_uz/9747

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
585 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-09-26 17:01:28
Kutib oling, Modme Update 2.0!

Modme jamoasi o’z mijozlarini hursand qilishni davom etadi va sizlar uchun platformaga yangi funktsiyalar qo’shildi.

28-sentyabr soat 20:00da Modme loyihasi asoschilari Jahongir Po’latov va Ruslan Yo’ldashevlar tomonidan BEPUL online vebinar tashkil etiladi. Ushbu vebinar davomida sizlarga Modme platformasiga qo’shilgan yangi funktsiyalar va qulayliklar jonli ravishda ko’rsatiladi.

Va albatta spikerlar tomonidan aktiv qatnashuvchilarga maxsus taklif va bonuslar taqdim etiladi.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://bit.ly/3R3wfMe
1.0K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-09-23 21:14:40 Attestasiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborish 1 oktabrga qadar davom etadi!

Har bir viloyat markazida, ya'ni Ta'lim sifatini nazorat qilish hududiy bo'limlarida murojaatlarni o'rganish va qabul bo'yicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

Navbatdagi-majburiy attestasiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oygacha muddat ichida o'rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestasiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to'lov qilingan kundan boshlab bir oygacha muddat ichida o'rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestasiya uchun to'lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko'rinmaydi va o'rganib chiqilmaydi.

Murojaatning o'rganish natijalari bilan pedagoglar o'zlarining
SHaxsiy kabinetlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari murojaatlarini o'rganish bo'yicha ishchi guruhi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (
CHilonzor tumani, Nurxon ko'chasi-21, telefonlar: 71-231-07-53 ichki raqamlar 1135, 1023, 1132,1134,1032 ) faoliyat olib bormoqda.

Pedagog kadrlar attestasiyasi yoki murojaat yuborish jarayonlari bo'yicha savollaringiz bo'lsa, Ishchi guruhlariga bo'limlariga murojaat qilishini tavsiya qilamiz!

Ishchi guruhlari bilan bog'lanish:
https://tdi.uz/uz/page/territorial-departments/index

P.S Ishchi guruhlariga ish vaqtida murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Manba: pka.tdi.uz kanali

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni @AttestatUz  kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
2.2K views18:14
Ochish/sharhlash
2022-09-23 19:20:49
Biz sizning muammongizni hal qilamiz!

Yuzlab o‘qituvchilar bir joyda "qotib qolishgan". Ular o‘z ustida ishlashni judayam xohlashadi. Ammo, hayot ularni boshqa o‘zanga burib yuborgan. Buning ustiga, ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fani o‘qituvchilarining 98% i ayol-qizlardir. Ular oila, bolam-chaqam deydi. Fan bilan shug‘ullanishga umuman vaqtlari yo‘q.

Ular uchun biz vaqt ajratib taqdimot-slaydlari tuzib chiqqanmiz!

Quyidagi sinflardan:
5-sinf | 8-sinf | 9-sinf |11-sinf

Bir yilga mo'ljallab tuzilgan ushbu taqdimotlarni xarid qilib, har bir darsingizni a'lo kayfiyatda o‘tkazing!

DIQQAT! Hozircha 5-8-9-11-sinflar tayyor. 6-7-10-sinflar ham yangi Milliy o'quv dasturi asosida endi tayyorlanyapti. Slaydlarni to'liq sotib olgan ustozlarga ushbu sinflar tuzib tugatilishi bilan darhol yetkazib beriladi.

Narxini bilmoqchimisiz? Mana bu yerni bosing:
https://t.me/uzbek_tilim_slaydlar/438

Bog‘lanish:
@NuraddinRaxmanov
+998 (93) 756-23-33

Batafsil:
@uzbek_tilim_slaydlar
2.4K views16:20
Ochish/sharhlash
2022-09-22 20:49:02 Attestasiya baholash mezoni qanday?

Attestasiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

- bosqich
Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta'lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashi tomonidan o‘rganiladi hamda 20 ballik tizimda baholanadi.

-bosqich
Pedagog kadrlarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari (test, ijodiy, nazariy va amaliy shakllardan biri) o‘tkaziladi.

Test sinovlari 40 ta savoldan iborat bo‘ladi, xar bir to‘g‘ri bajarilgan test uchun 2 ball bilan baholanib, jami 80 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
4.6K views17:49
Ochish/sharhlash