Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.39K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 52

2022-09-16 16:58:02 Ayrim pedagoglarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi

Taʼlim tashkilotlarining quyidagi pedagoglariga malaka toifasi attestatsiyadan o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi:

tumandagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 2-malaka toifasi (katta o‘qituvchi);

viloyatdagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 1-malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi);

xalqaro va respublika sport musobaqalarida 1-, 2-, 3-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya informatika olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan o‘qituvchilarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi)

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
9.2K views13:58
Ochish/sharhlash
2022-09-15 18:21:02SINF RAHBARILIGI HUJJATLARI QAYSILAR

sinf rahbari daftari:

maktabning ichki ro‘yxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi og‘ir va surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar bilan amalga oshirilga ishlar yig‘ma jilti.

Shuningdek:

sinf rahbari o‘quv yili choraklari va yakuni bo‘yicha hisobotlar tayorlaydi.

sinf rahbarlari faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha hisobotlarni manaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga topshiradi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘i.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
8.1K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-09-15 17:20:30
Assalomu Alaykum, Yangi zamon tarixchilari!!!

Tarix bo'yicha kreativ fikrlashni rivojlantirishga beqiyos hissa qo'shuvchi qo'llanma
Tarix fanlaridan Amaliy mashg'ulotlar daftari tayyorlandi!

Tarix fanidan amaliy mashg'ulotlar daftari barcha sinflar uchun alohida-alohida:

5-sinf tarixdan hikoyalar

6-sinf Qadingi dunyo tarixi(qayta nashr qilindi-2022-yilgi nashr asosida)

7-sinf O'zbekiston tarixi(jarayonda)

7-sinf Jahon tarixi(2022)
8-sinf O'zbekiston tarixi
8-sinf Jahon tarixi
9-sinf O'zbekiston tarixi
9-sinf Jahon tarixi
10-sinf O'zbekiston tarixi (jarayonda))
10-sinf Jahon tarixi (jarayonda))
11-sinf O'zbekiston tarixi
11-sinf Jahon tarixi.


Kitobcha, Maktab o'quvchilari, Olimpiada ishtirokchilari, OTMga topshiruvchi Abituriyentlarning salohiyatini oshirishga yordam beradi
Yangi Metodika, yang zamon bilan hamnafas bo'ling!!!

Dillerlikka ustozlarni taklif qilamiz!!!
909261707
@Said_Nur_1

Batafsil
@tarix_metod_1
https://t.me/joinchat/V3RynofJ1H2jkYS0
6.7K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-09-14 19:30:55 O‘qituvchi maktabga rangli sharlarni olib kelib, bolalarga ularni puflab, so‘ng o‘z ismlarini yozib qo‘yishni buyuribdi. Ular aytilgan ishni bajarib bo‘lishgach, puflangan sharlarni maktab yo‘lagiga olib chiqishibdi. O‘qituvchi sharlarni aralashtirib tashlab, o‘quvchilarga 3 daqiqa ichida hamma o‘z ismi tushirilgan sharni topishi lozimligini aytibdi. Bolalar chopib borib, o‘ziga tegishli bo‘lgan sharni izlashga tushishgan ekan, lekin vaqt tugaguniga qadar uni topa olishmabdi...

Shunda o‘qituvchi bolalarga: Hammangiz o‘zingizga yaqin turgan sharni oling-da, unda kimning ismi yozilgan bo‘lsa, o‘shani qo‘liga bering, debdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas barchaning qo‘lida ismi yozilgan rangli shar bor edi.

Shunda o‘qituvchi shunday degan ekan: Bu sharlar xuddi baxt kabidir - kimki uni faqat o‘zi uchun qidirsa, topa olmaydi, biroq, hamma o‘zgalar haqida qayg‘urib, bir-biriga yordam bersa, uni ancha tezroq topish mumkin bo‘ladi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
8.5K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-09-13 14:40:26 Baribir umrbod oliy toifali o‘qituvchi bo‘lish uchun 15 yil davomida oliy toifani saqlash kerak bo‘ladi

Endilikda oliy malaka toifaga ega bo‘lganidan so‘ng uni 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar majburiy attestatsiyaga jalb kilinmasligi belgilandi. Ularning toifasi umrbod saqlanadi.

2022-yil 2-avgustgacha stajiga 15 yil to‘lgan va 2-avgust kunida oliy toifaga ega bo‘lgan barchani oliy toifasi saqlanishi va oliy toifa bilan ish haqi to‘lanishi ham belgilandi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
9.4K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-09-13 06:46:58 Suyunchi!!!
Xalq taʼlimi vazirligining ustozlar uchun sensatsion sovg‘asi!!!


Minglab ustozlar fikrini vazirimiz Bahtiyor Saidov shaxsan xukumatga aytib tushuntirishlari natijasida Ular vazirlikning taklifiga ustozlar foydasiga hal qilib berishdi.
Bahtiyor Saidov, USTOZLAR, XAVOTIR OLMANGLAR SIZLARNI XURSAND QILADIGAN YECHIM UCHUN VAZIRLIK XARAKAT QILAMIZ, degan vaʼdasining ustidan chiqishdi!!!

Xurmatli ustozlar, xukumatimiz ko‘rsatmasi va ruhsati bilan vazirlik, vazir o‘rinbosari Temur Komilovning ushbu xatga ko‘ra:

2022-yil 2-avgustgacha stajiga 15 yil to‘lgan va 2-avgust kunida oliy toifaga ega bo‘lgan barchani oliy toifasi saqlanishi va oliy toifa puli to‘lanishi belgilandi

Aniqrog‘i: kimda kim 2022-yil 2-avgustgacha 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan va 2-avgust kuni kelganda hech bo‘lmasa oliy toifada turgan bo‘lsa ( Iyunda olgan bo‘lsayam, atigi 2 oy) u UMRBOD OLIY TOIFALI

Manba: domlajon

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
14.9K views03:46
Ochish/sharhlash
2022-09-12 18:55:49
Metodbirlashma nima va u qanday tuziladi?

Quyidagi video orqali metodbirlashma faoliyati tashkil etish, metodbirlashma aʼzolarining faoliyati va ish hujjatlarini yuritish haqida bilib olasiz.
@uzteachers
8.5K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2022-09-08 06:34:46 MAKTABLARDA FAN OYLIGI QUYIDAGICHA

Sentabr - Boshlang‘ich ta’lim

Oktabr - Ona tili va adabiyot

Noyabr - Rus va xorijiy tillar

Dekabr - Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, huquq)

Yanvar - Tabiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya)

Fevral - Aniq fanlar (matematika va informatika)

Mart - Geografiya va iqtisodiyot

Aprel - Amaliy fanlar ( tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnalogiya)

May - Jismoniy tarbiya, ChQBT

Asos: Xalq Ta’limi Vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
3.2K views03:34
Ochish/sharhlash
2022-09-08 06:34:46 MAKTABLARDA METODIK KUNLAR QUYIDAGICHA

Dushanba -Aniq fanlar (matematika, informatika)

Seshanba - Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili)

Chorshanba - Tabiy fanlar ( fizika, kimyo, biologiya, geografiya va IBA)

Payshanba - Ijtimoiy fanlar ( tarix, huquq, tarbiya)

Juma - Xorijiy tillar

Shanba - Boshlang‘ich ta’lim, amaliy fanlar ( tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnalogiya, jismoniy tarbiya, ChQBT)

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
3.1K views03:34
Ochish/sharhlash
2022-09-06 18:55:43 ​​​​#tavsiya

Bola nega duduqlanadi?

Duduqlanish bolalar orasida ko‘p tarqalgan kasallik. 1 yoshda tilga kirib boshlagan bola 3 yoshga yetmasdan ota-onaning qattiqqo‘lligi, qo‘rqitish( qorong‘i xonaga qamab qo‘yishi va h.k) yoki tarbiyalashning boshqa og'ir usullari sababli bola nutq ravonligini yo‘qotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.

Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib va shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Demak, shu yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon yetkazadigan hatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.                                                                                                                          
Bolani duduq qilib qo'ygach, uni turli xil shifokor va markazlarga olib borishdan avval bolaga o'tkazilayotgan ruhiy bosim miqdorini ham o'lchab ko'ring. Qolaversa, bu yerdagi jarayon ayol(ona)ga oila a'zolarining munosabati bilan ham muhim bo'lib, bolalar 7 yoshgacha hissiyot jihatidan o'z onasiga bog'langan bo'ladilar va uning nimani his qilishini kuchli sezadilar.                      

Bolalarni va onalarni asrang!
1.9K views15:55
Ochish/sharhlash