Get Mystery Box with random crypto!

Attestasiya baholash mezoni qanday? Attestasiya baholash mezo | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Attestasiya baholash mezoni qanday?

Attestasiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

- bosqich
Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta'lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashi tomonidan o‘rganiladi hamda 20 ballik tizimda baholanadi.

-bosqich
Pedagog kadrlarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari (test, ijodiy, nazariy va amaliy shakllardan biri) o‘tkaziladi.

Test sinovlari 40 ta savoldan iborat bo‘ladi, xar bir to‘g‘ri bajarilgan test uchun 2 ball bilan baholanib, jami 80 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang