Get Mystery Box with random crypto!

Haqiqatdan ham xalq ta'limi tizimini rivojlantirish eng muhim | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Haqiqatdan ham xalq ta'limi tizimini rivojlantirish eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadimi?

Ko'p mamlakatlarning rahbarlari ta'lim ular uchun eng muhim vazifa ekanini ta'kidlashadi. Biroq bu haqiqatdan ham shundayligiga ishonch hosil qilish uchun ularga bir necha oddiy savollar berish mumkin. Masalan:

1.O'qituvchilik kasbining maqomi qanday?

2.Ta'lim darajasiga ega boshqa mutaxasislarning ish haqi bilan solishtirganda o'qituvchining ish haqi qanaqa?

3.Sizning farzandingiz o'qituvchi bo'lishini istarmidingiz?

4.OAV maktab va ta'lim haqidagi axborotlarni tez-tez e'lon qilib turadimi?

5.Nima muhimroq: mamlakatning sport ligalaridagi o'rnimi yoki uning akademik reytingimi?

Andeas SHlayayxer - PISA tadqiqoti asoschisi

------------------------------------------------------------

Xo'sh, O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish eng muhim vazifa hisoblanadimi? Agar shunday bo'lsa yuqoridagi savollarga asosli javoblar mavjudmi? Unda ushbu savollarning ayrimlariga javob izlab ko'ramiz:

1.Hozirgi kunda pedagog xodimlarning maqomi belgilab berilmagan. "Pedagog xodimlarning maqomi to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilgandan keyin negadir buni hech bir hukumat vakili esga ham olmadi. Qonun loyihasi negadir izsiz yo'qoldi.

2.Hozirgi kunda o'qituvchilar ayrim soha mutaxasislari bilan solishtirganda unchalik yuqori maosh olmaydi. To'g'ri 2018 yildan to hozirgacha o'qituvchilarning maoshi 2 bosqichda oshirildi. Lekin, hozirga kelib, “o'qituvchilarning oyligi oshirilgan” degan gaplar endi o'z qadrini yo'qotgan.

3.Hozirgi kunda o'qituvchilik kasbi ko'pchilik yoshlar orzu qiladigan kasb emas. Qachonki ularning maqomi va oylik maoshi yuqori darajada oshirilib, ularga bir qancha imtiyozlar belgilansa, shundagina yoshlar orasida ham o'qituvchilik kasbiga qiziqish ko'payadi.

4.OAV, ayniqsa aholining aksariyat qismi kuzatadigan televidenieda ta'lim tizimi va o'qituvchilar faoliyati haqida deyarli ko'rsatuvlar mavjud emas. O'qituvchi kasbini ulug'lovchi loyihalarni ham deyarli uchratmaymiz. Hozirgacha xalq ta'limiga oid xabarlarni asosan Xalq ta'limi vazirligidan olamiz. Televidenielarda ta'lim tizimini yoritish uchun alohida vaqt ajratilmagan.

P.S: Beshinchi savolga izohlarda javob yozib qoldirishingiz mumkin.
Manba: Xalq ta'limi Info

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang