Get Mystery Box with random crypto!

#eslatma Maktab o‘quvchilarning taʼtil paytidagi xatti-har | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

#eslatma

Maktab o‘quvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring