Get Mystery Box with random crypto!

Attestasiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborish 1 oktabrg | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Attestasiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborish 1 oktabrga qadar davom etadi!

Har bir viloyat markazida, ya'ni Ta'lim sifatini nazorat qilish hududiy bo'limlarida murojaatlarni o'rganish va qabul bo'yicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

Navbatdagi-majburiy attestasiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oygacha muddat ichida o'rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestasiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to'lov qilingan kundan boshlab bir oygacha muddat ichida o'rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestasiya uchun to'lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko'rinmaydi va o'rganib chiqilmaydi.

Murojaatning o'rganish natijalari bilan pedagoglar o'zlarining
SHaxsiy kabinetlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari murojaatlarini o'rganish bo'yicha ishchi guruhi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (
CHilonzor tumani, Nurxon ko'chasi-21, telefonlar: 71-231-07-53 ichki raqamlar 1135, 1023, 1132,1134,1032 ) faoliyat olib bormoqda.

Pedagog kadrlar attestasiyasi yoki murojaat yuborish jarayonlari bo'yicha savollaringiz bo'lsa, Ishchi guruhlariga bo'limlariga murojaat qilishini tavsiya qilamiz!

Ishchi guruhlari bilan bog'lanish:
https://tdi.uz/uz/page/territorial-departments/index

P.S Ishchi guruhlariga ish vaqtida murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Manba: pka.tdi.uz kanali

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni @AttestatUz  kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang