2024-05-11 12:20:13
Farzandi 1-sinfga chiqqan ota-onalar:
— Ustoz, bolam birinchi partada oʻtirsin, iltimos Bizdan nima xizmat, ustoz...
Farzandi 2-sinfga oʻtganda:
— Ustoz, bolamning oʻqishlari yaxshimi? Rahmat, ustoz, albatta, uy vazifalarini oʻzim birga bajaryapman. Rahmat, sizga ustoz
Farzandi 3-sinfga oʻtganda:
— Mening bolam ham tadbirda qatnashsin, oʻzim yodlataman, sheʼrini. Baraka toping, ustoz
Farzandi 4-sinfga oʻtganda:
— Ustoz, bolamni odobi yaxshimi, oʻzingiz charchamayapsizmi? Baraka toping, ustoz.
Farzandi 5-sinfga oʻtganda:
— Mani bolam boshlangʻich sinfda hamma fandan aʼlo baho olardi, nimaga oʻqituvchi ona tilidan 4 baho qoʻyadi, oʻzingiz bir gaplashib koʻring, ustozi
Bolasi 6-sinfga oʻtganda:
— Majlis deysizmi, man ishdaman, adasi chet eldalar, keyingi safar borarman.
Bolasi 7-sinfga oʻtganda:
— Menga uy vazifalarini tayyorlayapman dediku, oʻzi oʻqituvchilaringiz bitta meni bolamni topib olgan. Maktabga borolmayman, vaqtim yoʻq!
Farzandi 8-sinfga oʻtganda:
— Nima bitta mening bolamda telefon bor ekanmi, tortib olishga nima haqingiz bor. Ustingizdan shikoyat qilaman
Farzandi 9-sinfga oʻtganda:
— Mushtlashgan boʻlsa tarbiya bering, hadeb meni bezovta qilavermay, siz bilan gaplashgani vaqtim yoʻq.
Farzandi 10-sinfga oʻtganda:
— Ustoz, farzandimning oʻqishlari yaxshi boʻlishi uchun nima qilishim kerak, u ertaga bir stolning egasi boʻlishi kerak, yordam bering...
Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz
kanali orqali bilib boring
14.8K views09:20