Get Mystery Box with random crypto!

Taʼtilingiz hushvaqt o‘tsin ustozlarim Elim deya zahmat cheki | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Taʼtilingiz hushvaqt o‘tsin ustozlarim

Elim deya zahmat chekib ishladingiz,
Halol bo‘lib, halol luqma tishladingiz,
Ilm berib, ilm izlab bir zum tinmay,
Ayting qachon ko‘nglingizni hushladingiz,
Sizga bo‘lsin qalbimdagi dilrozlarim,
Taʼtilingiz hushvaqt o‘tsin ustozlarim.

Siz aytmaysiz sizni bilgan zotlar aytsin,
Sizga hasad qilgan maʼzlum, motlar aytsin,
Tunlar bedor ko‘z nuringiz berib shundoq,
Yozgan yozuv,konspekt-u xatlar aytsin,
Tinim bilmas jonuyar-u, hamrozlarim,
Taʼtilingiz hushvaqt o‘tsin ustozlarim.

O‘zbekiston Alloh nazar qilgan diyor,
Shunday ulug‘ maskanlarni kezing takror,
Samarqand-u, Buxoroni,Xorazmni,
Vodiyga ham kelib keting yilda bir bor,
Sizga tilay bugun yuksak parvozlarim,
Taʼtilingiz hushvaqt o‘tsin ustozlarim.

Ikki oy ham o‘tib ketar ko‘z yumguncha,
Bugun nihol ertaga gul chechak,g‘uncha,
Vaqt qadriga yetib yayrang taʼtil payti,
Tashvishlarga ko‘ngil berib qo‘ymang buncha,
Ko‘z ochguncha o‘tib ketar hush yozlarim,
Taʼtilingiz hushvaqt o‘tsin ustozlarim.

Dunyo shunday tugamaydi hech yumushlar,
Halol boshda qo‘nim topar humo qushlar,
Yaxshi hordiq mehnat uchun hamdam derlar,
Sizni kutar erta yana buyuk ishlar,
Sizga bitdim bugun dildan,dil sozlarim,
Taʼtilingiz hushvaqt o‘tsin ustozlarim.

Xurshid Karim

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring