Get Mystery Box with random crypto!

​Kuzgi attestatsiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan pedagogl | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Kuzgi attestatsiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan pedagoglar diqqatiga!

Navbatdagi attestatsiya uchun arizalar qabul qilish bugun tugaydi. Shu bilan attestatsiya imtixonlari boshlanadi. Qaysi sanalarda bo‘lishi hali aniq emas.

Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar ko‘pi bilan to‘rt oy muddat ichida berilgan bo‘lishi lozim.

Shuningdek, bu jarayonda Taʼlim tashkilotlari rahbarlari:

navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tish lozimligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni tashkil etishi lozim.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang