Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagoglar so‘rovnomangizni yuklab ol | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagoglar so‘rovnomangizni yuklab oling va maʼlumotlaringizni tekshirib ko‘ring

So‘rovnomani shaxsiy kabinetdan So‘rovnoma (murojaat haqidagi ilova fayli) tugmachasini bosish orqali yuklab oling!

So‘rovnomadagi barcha maʼlumotlarni tekshirib ko‘ring. Maʼlumotlarni tekshirishda ayniqsa, ish joyingiz, attestatsiya turi, attestatsiyadan o‘tayotgan faningiz, imtiyozingizni (agar bo‘lsa), amaldagi toifangiz va murojaat holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarga alohida eʼtibor bering!

So‘rovnomangizda noaniqliklar aniqlanganda, zudlik bilan hududingizdagi ishchi guruhiga yaʼni Taʼlim inspeksiyasining hududiy bo‘limlariga murojaat qiling.

Esingizda bo‘lsin, So‘rovnoma shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan elektron yoki bosma ravishda taqdim etilganda, attestatsiya jarayoniga kirish uchun ruxsatnoma sifatida foydalaniladi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang