Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-02-14 18:31:25 #Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Prezidentimizning joriy yilning 25-yanvaridagi "Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va rejaga muvofiq tanlovlar, madaniy-ma'rifiy tadbir va intellektual o'yinlar o'tkazildi.

Xususan, ijod maktabi tomonidan buyuk ijodkorning tavalludiga bag'ishlab, "Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi. O'z navbatida, ijod maktabining o'quvchilari Dilnavo Sobirova, Sevinch Allnazarova va Sevinch Abdiyevalar esa Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o'tkazilgan “Bobur asarlari bilimdoni” tanlovining viloyat bosqichida e'tirof etilib, tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etishdi. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari asosida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Bugun esa ijod maktabida "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari bilimdonlari" intellektual musobaqasining oxirgi - final turniri o'tkazildi.

Unda 8-sinflarning g'olib jamoalari, ya'ni "Kobul" va "Hindiston" jamoaslari o'zaro bellashdilar.

Ushbu musobaqani Qashqadaryo viloyati harbiy faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik G'ayrat Umurqulov, mayor A.Azamatov, Qarshi shahrida joylashgan DXX chegara qo'shinlari harbiy xizmatchilari yaqindan kuzatishdi hamda har ikkala jamoa vakillariga Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi badiiy kitoblar taqdim etishgan bo'lsa, maktab rahbariyati tomonidan ijodiy ishlar tanlovi g'oliblari esdalik sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa so'nggida har ikkala jamoa ham 36 balldan to'pladi, natijada do'stlik g'alaba qozondi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
32 viewsY.Kamalovna, 15:31
Ochish/sharhlash
2023-02-14 18:31:25 #Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Tarjimonlik_tògaragi

Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen.
Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim,
Shahmen elga, vale senga quldurmen.


Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiysi.

Tògarak a'zosi, 11-sinf o'quvchisi Norqulova Marjona.

You are the flower, whilst I am a poor nightingale,
You are the gleam,I am like a moth to the flame.
Don't drift apart, I am not incomparable,
I am a king, yet for you,I am a slave.


Translated by M. Norkulova
18 viewsY.Kamalovna, 15:31
Ochish/sharhlash
2023-02-14 18:31:24 #Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Boburni anglash

Kecha yoqqan yomg`ir ifori ketmagan bo`lsa-da, hozir yana osmon bulutlashib kelmoqda. Aslida, bunday havo menga juda yoqadi. Lekin negadir shu kunlarda o`zimni juda yolg`iz his qilyapman. Kunlik hisob bo`yicha, bugun Angliyadagi 46-kunim. Ha, men o`zim orzu qilgan o`sha mashhur Cambridge universitetiga o`qishga kirdim. Lekin bu yerda hamma narsa ham men o`ylaganchalik quvonarli emas. Har qalay, bu mening orzuim edi. Bugun 13-fevral. Negadir qo`limga telefonimni oldim: Angliyaga kelganimdan beri meni O`zbekiston bilan bog`lay oladigan yagona vositam. Ijtimoiy tarmoqlardan O`zbekistonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga tayyorgarlik ko`rilayotganidan xabar topdim. Shu payt oyim menga yoshligimda “Eng ifodali o`qilgan g`azal” tanlovi bo`yicha taqdirlash bo`layotgan vaqtdagi suratni jo`natdilar. Men 1-o`rinni olgan edim. Bu hayotimdagi eng birinchi va quvonarli yutug`im bo`lgan. O`shanda Zahiriddin Muhammad Boburning yaxshilik haqidagi g`azalini aytgandim.Beixtiyor hayolim o`sha o`smirlik davrlarimga qarab ketdi. Universitetga borishim kerak bo`lsa-da, negadir shu shirin xotiralarimdan ajralgim kelmasdi.

…Esimda, o`sha kuni qor yog`gandi. 14-fevral edi. Katta tanaffus vaqtida sinfdoshlarim bilan birga qor o`ynamoqchi edik. Dars tugab, tanaffus boshlanishi bilanoq, hech kimga bir bor bo`lsa ham kulib qaramagan sinf sardorimiz Nargiza majlisga deb hammani bittalab sanab kirg`azdi. Naq 2 soat ustozimiz davomat yaxshi bo`lmagani uchun “leksiya” o`qidilar. Hamma jig`ibiyron. Bir tomondan qor o`ynolmaganimizning alami bo`lsa, ikkinchi tomondan kelmagan o`quvchilar uchun bizning gap eshitishimiz ensamizni qotirardi. Majlisdan chiqishimiz bilan hammani majburiy ravishda Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bag`ishlangan tadbirga kirgizishdi. Endi bunisi ortiqcha deb, ta`mirga muhtoj bo`lib qolgan maktab faollar zalining oxirgi qatorlaridan joy oldik. Tadbirda nima bo`ldi, kim chiqish qildi, e`tibor ham qilmadik. Chunki o`sha vaqtda biz bir-birimizga ustozning qilgan majlisidan shikoyat qilayotgandik. Tadbir so`ngida maktabdagi yagona chin dildan hurmat qiladigan va yaxshi ko`radigan ona tili o`qituvchimiz chiqdilar. Aslidaku, tadbir yakuniga yetib qolgan, hamma tashqariga chiqish uchun shay bo`lib turardi. Shunchalik mehrim sababmi, beixtiyor ustozning so`zlarini eshitish uchun oldingi qatorlarga tushdim. Shu payt ustoz: ”O`quvchilar, men tadbir tugash chog`ida ikki og`iz gap aytmoqchiman…Har bir inson Boburni shaxs sifatida qalban anglashi kerak! Har bir inson u chekkan azoblarni daqiqachalik bo`lsa ham his qilishi kerak. Zero, Vatan bu – onangiz, otangiz. Vatan bu – maktabingiz, yaxshi ko`rgan ustozingiz. Vatan bu – siz ardoqlagan, muqaddas deb bilgan hamma narsa! Endi o`ylab ko`ringchi, siz Vatansiz yashay olasizmi!?”. Naqadar purma`no so`zlar!.. Shu tobda yuragim olov bo`lib yonardi. Tashqari salqin bo`lishiga qaramay derazani ochdim. Yomg`ir biroz tinibdi.

Yoshligimdan tarixga qiziqishim yo`qroq, lekin shu choq Bobur haqida o`ylay ketdim. Nazarimda, necha yillar oldin aytilgan ustozimning gaplarini endi anglab yetdim, shekilli. Yo`q, yo`q, faqatgina ustozimning gaplarini emas, balki o`sha Boburni qiynagan hijron azobini ham anglab yetdim. Ha… Ha, mana endi o`sha vaqtdagi ko`r-ko`rona yodlangan Boburning dardli ruboiylarini mag`zini chaqdim. Endi Boburga qanchalik qiyin bo`lganini tushundim. Endi his qildim…

Angliyaga kelganimga hali 2 oy ham to`lmadi. Shukurki, o`qishim tugagach jonajon Vatanimga qaytib ketaman. Aslida-ku, bu yerga kelishni o`zim xohladim. Ammo, Bobur-chi!!? Majburan ketdi. Qaytib ham kelolmas edi. Butun umr hijron azobi bilan yashadi. Alamini esa qog`oz va qalamdan oldi…


Abdulla Oripov nomidagi ijod
maktabi 8-“A” sinf o`quvchisi
Axmatova Zubayda
23 viewsY.Kamalovna, 15:31
Ochish/sharhlash
2023-02-13 17:49:16
#Ochiq_tόgarak_mashģuloti

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ingliz tili fanidan “Taomlar va taʼm” mavzusida ochiq toʻgarak mashg'uloti bo'lib o'di.

Oʻqituvchi Dilnoza Alimardonova tomonidan oʻquvchilarni erkin soʻzlashishlari, ibora va tovushlarni toʻgʻri talaffuziga qaratilgan ushbu mashgʻulotda har bir oʻquvchi oʻz fikri va tushunib eshitishlari asosida oʻz mulohazalarini bayon etdilar.

Qiziqarli savol-javoblar asosida tashkil etilgan ushbu dars barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Dars soʻngida oʻquvchilar berilgan topshiriqlar asosida tayyorlagan koʻrgazmalari taqdim etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
27 viewsY.Kamalovna, 14:49
Ochish/sharhlash
2023-02-13 15:00:25 Charoģon yulduzlar
Qalbi birga tugilgan,mardonavor yo'lida,
Mehr balqib,to'lg'angan ikki qardosh ko'nglida
Falakdan qo'nmish humo,hurlik, siym boshiga
Yaqin qoldi manzillar, boqdik dunyo qoshiga

Bashariyat oltin meva bo'lib pishdi niholda
O'zbegimning nolalarin eshitgansiz har qayda
Qardosh og'a,iniga mehr qo'llarin cho'zdi
O'rtada hech uzilmas asl rishta tuzildi

Qozoq,qirg'iz barchasin bitta ena o'stirgan
Har birining boshiga ma'rifatdan toj bergan
Bugun qozoq,o'zbegim bitta to'nga yopindi
Jo'shib turgan iliqlik chehrasida balq urdi

Mavj uradi daryolar,vaqt shamoldek yeladi
Hali bobom Navoiy kutgan davr keladi
Abaylarning  faryodi na'ra bo'lgan falakka
Ikki qardosh nomlari yulduz misol yonadi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi
Narsillayeva Maftuna.
32 viewsY.Kamalovna, 12:00
Ochish/sharhlash
2023-02-13 15:00:25
#Xushxabar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf òquvchisi Narsillayeva Maftuna Qozoģiston Respublikasi Turkiston shahrida "Qòsh qanot"ijod fondi tomonidan "Ikki qardosh - jon qarindosh" mavzusida òtkazilgan online konkursda òz ijodi bilan ishtirok etib, Xalqaro sertifikat va ijod fondi nishonini qòlga kiritdi.

Bu ģalaba Maftunaga Qozoģistondagi gazeta va jurnal nashrlariga òz ijodini chop ettirish imkoniyatini berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
30 viewsY.Kamalovna, 12:00
Ochish/sharhlash
2023-02-13 14:04:44
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

  Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga baģishlab boburxonlik kunlari o'tkazilmoqda.

  Òquvchi-yoshlarga Z.M.Boburning hayoti va ijodiga baģishlangan ushbu videodars  filologiya fanlari doktori , professor Ilhom G'aniyev tomonidan taqdim etildi.
28 viewsY.Kamalovna, 11:04
Ochish/sharhlash
2023-02-13 14:04:43
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Abdurasulov Javohirning Zahiriddin Muhammad Bobur ģazaliga yozgan muxammasi.
27 viewsY.Kamalovna, 11:04
Ochish/sharhlash
2023-02-13 14:04:43
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur sòzi

Sirojiddin Sayyid
Òzbekiston xalq shoiri
26 viewsY.Kamalovna, 11:04
Ochish/sharhlash
2023-02-13 09:29:38
Ertalabki saflanish jarayonidan fotoreportaj
27 viewsY.Kamalovna, 06:29
Ochish/sharhlash