Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2022-07-20 10:01:17
Эшқобил Шукур 1961 йил Сурхондарё вилоятининг Қумқўрғон туманидаги Боймоқли қишлоғида туғилган. ТошДУнинг филология факультетини битирган (1984). Илк шеърлар тўплами — «Юракни ўрганиш» (1984). Шундан сўнг унинг «Сочлари сумбул-сумбул» (1988), «Тунги гуллар» (1989), «Яшил қушлар» (1995), «Ҳамал айвони» (2003) шеърий китоблари ва 2005 йилда «Кўҳна боғ ривоятлари» насрий китоби нашр этилган. «Нақшбанд», «Ибтидо хатоси» каби достонлари, «Насойим ул-муҳаббатга сайр» туркуми, шунингдек, «Оқибат оқшоми», «Дунёнинг кўчиши» каби қиссалари ҳам бор.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Қашқадарё вилоят бўлими
40 viewsY.Kamalovna, 07:01
Ochish/sharhlash
2022-07-19 10:57:31
#Musiqiy_tanlov
#Yoz_besh_tashabbus_bilan_soz

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Musiqa” to‘garagi rahbari Zavqiddin Boboxo‘jayev tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yosh – besh tashabbus bilan soz” shiori ostida “Vatanimni kuylayman!” mavzusida musiqiy ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov shartiga ko‘ra, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni, Vatanga muhabbatni madh etuvchi qo‘shiqlar video shaklida qabul qilinadi.
Tanlovda maktabning barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga asarlar joriy yilning 20-iyulidan 20-avgustigacha qabul qilinadi.
G‘oliblar (1-,2-,3-o‘rinlar) maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Natijalar mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
27 viewsY.Kamalovna, 07:57
Ochish/sharhlash
2022-07-18 17:32:00
#Ijod_maktablari #Imtihon_natijalari

Ijod maktablari kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Ijod maktablariga kirish imtihon natijalari, eng yuqori ball va o‘tish ballari, har bir ijod maktabiga qabul qilinganlar soni haqida saytimizda batafsil o'qishingiz mumkin.

Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Ijod maktabi natijalari" bo‘limida ID raqamingizni orqali - https://portal.piima.uz/page/ijod-maktablari-natijalari

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamingizni kiritish orqali.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
29 viewsY.Kamalovna, 14:32
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:00:58 Kitob insonni yerdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk, mo'jizakor kuchdir. Qolaversa, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, o'z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib berishga qodir mash’ala hisoblanadi. Zero, kitob irodani toblaydi. Kitobni sevgan inson ham qalban, ham jisman kutubxonaga yaqin boladi. Kitoblar uyi bolmish kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun manaviyat va ma'rifat o'chogi bo'lib kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyatning ajralmas qismi bolgan. Har kim kutubxonaga qadam bosar ekan, bu yer tafakkurning qasri bo'lmish kitoblar uyi ekanligini his qilgan holda kutubxonaning ozodaligiga, o'qilayotgan kitobning yaroqliligiga mas’uliyatli bo'lmogi darkor. Zero, buyuk faylasuf Gersen “Kitobni e'zozlash kerak, kutubxonaga esa ehtirom bilan kirmoq lozim”, deya bejiz aytmagan!

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-“A” sinf o'quvchisi Axmatova Zubayda
31 viewsY.Kamalovna, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:00:58 -Qayerdagi bir qalangi-qasang'i tufayli meni urushyapsiz, oyi! , - dedi Shoxrux zarda bilan.
Endi u Barno opadan xafa bo'lgandi. Oyisining unga yosh boladek muomala qilishi uning jig'iga tegardi. Ertalab nonushta qilmas, kechqurun ham "qornim toq" deya yotog'iga kirib ketardi. U juda ham o'zgarib qolgandi. Onasi, sinfdoshlari va hattoki Olimjon ham undan xavotir ola boshladi. Bir kuni Olimjon unga - Yur, kutubxonaga boramiz, - dedi – O'sha yerda senga bitta zor narsa beraman. Shohrux shu paytgacha Olimjonga bo'lgan nafrati tufayli aqalli bir marta ham kutubxonaga bormagandi. Chunki u yerda Olimjonning onasi Sojida opa ishlar edi. Hozir esa Olimjonning bunday deyishi unga biroz shubha uyg'otdi.
Mana o'quv yili ham tugab, a’lochi o'quvchilar "Faxriy yorliq" bilan taqdirlanayotganda Olimjon qatori Shohrux ham sahnaga chiqdi. Uning "Faxriy yorliq"olayotganidan onasi xursand, ammo Shohruxning ginasi hali ham ketmagandi. Faollar zalidan chiqishayotganda Olimjon Shohruxni to'xtatib qoldi va ikkita kitob uzatdi. Biri “Dunyoning ishlari” va ikkinchisi “Mungli ko'zlar” kitobi edi. Aslidaku, Shohrux bu kitoblarni olmoqchi emas edi, lekin qandaydir bir ichki kuch uni kitoblarni olishga majbur etardi. Shohrux bu kitoblarni bir hafta ichida qayta va qayta o'qidi. U o'zini goyoki kitoblar sehrlab qo'ygandek sezardi. Song yana kitob o'qigisi keldi. Ammo u maktab kutubxonasiga borishga uyaldi, aniqrog'i, g'ururi yo'l qo'ymadi. Axir, u yerda Sojida opa borda! Shuning uchun u shahar kutubxonasiga bordi. Lekin baxtga qarshi u yer qayta ta’mirlanayotgan ekan. Yurib-yurib maktab yoniga qanday kelib qolganini sezmay qoldi. "Darrov kitob olaman-u keyin ketaman” degan o'y bilan kutubxonaga kirdi. Kirishi bilan Olimjonga duch keldi. Keyin burchakda gullar bargini artayotgan Sojida opani ham ko'rdi. Sojida opa Shohruxni ochiq chehra bilan kutib oldi.
- Me-men kitoblarni Olimga berishga k-kelgandim, - dedi duduqlanib va nima deyishini bilmay.
- Ey, ortoq ular senga sovga edi, kitoblarning birinchi sahifasida yozilganlarni o'qimadingmi?
- Yoq.
- Eh, mayli, kel,men senga o'zim o'qigan kitoblardan eng qiziqarlilarini tanlab beraman.
- Mayli.
Olimjon kitoblar tartib bilan terilgan javonlar oralab ketdi.
- Mana bu Gafur Gulomning “Shum bola”si, mana bu Xudoyberdi Toxtaboyevning Hoshimjoni, - dedi
va “Sariq devni minib” va “Shum bola” asarlarini Shohruxga tutqazdi. Keyin yana bir kitob Oybekning “Navoiy” asarini ham Shohruxga berdi.
- Senga eng nodir asarlarni tanlab berdim, - dedi Olimjon va oyisiga ogirilib – Oyijon, Shohruxga shu kitoblarni berasiz-a?
- Ha, albatta! Lekin oldin Shoxruxga kitobxonlik varaqasini ochamiz, - dedi jilmayib.
Keyin bir bosh varaqa olib unga malumotlar yoza boshladi va oxirida varaqa bilan ruchkani Shoxhux tomon surib imzo qoy dedi. Shohrux imzo qoydi va ming bir uyat bilan rahmat deb kitoblarni olib ketdi. Endi Shohrux doim kutubxonaga kelar va Olimjon ham unga kitob tanlashda yordam berishdan charchamasdi. Shohrux butun ta’til davomida kitoblar olamida boldi. U goh Otabek bolib Kumushini oylar, goh Navoiy bolib dillarni erituvchi gazallar yozar, goh Amir Temur bolib janglarda golib bolardi. Ayniqsa, Pirimqul Qodirovning dialogiyasi - “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni”ni oqiganida Boburga rosa achingandi. Va ba’zan Humoyundan kora Akbarshohning xislatlari Boburga oxshagan deya mulohaza qilardi. Avvallari kutubxonadan umuman yiroqda bolgan Shohruxning hozir oz sevimli adibi ham bor. Bu – Abdulla Qahhor. Uning har bir hikoyasi Shohruxni oylashga majbur etar, necha kunlar davomida hayolini egallab olardi.
Shohrux hattoki biror narsadan ezilsa ham shu maktabning mojazgina kutubxonasiga borardi. Endi Shohrux har qanday boylikdan kitob, har qanday hashamatli qasrdan kutubxona qimmatliroq ekanini anglab yetgandi.
Yangi oquv yili boshlanib, kutubxonaga kelgan har bir oquvchi osha kalondimog Shohruxning rasmi Olimjondan ham oldinda kitobxonlar peshtaxtasida turganidan hayron edi…
26 viewsY.Kamalovna, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:00:57 Kutubxonaga hurmat – kitobdan boshlanadi

Kutubxona – bu goyalar maskani. Unga hammani taklif qilish mumkin.
A.Gersen.

Xonada sukunat hokimlik qilmoqda. Burni singan va sochlari to'zgigan bola labi shilingan, qovoqlari ko'kargan bola bilan maktab direktori qarshisida bosh egib otiribdi. Sukunatni yaqin besh daqiqada ovozi o'chgan bir ayol buzdi:
-Odil Yoqubovich, bu bolaga zudlik bilan chora ko'rilmasa maktab obro'yiga putur yetadi!
-Axir, Shohruxning o'zi boshladi-ku urushni, - deya oraga kirdi burni singan Olimjon.
-Kattalarning gapiga aralashma, tarbiyasiz, tirrancha! – zarda bilan gapirdi haligi ayol.
Yon tomondagi kursida uyqusizlikdan ko'zlari shishgan ayol mung'ayib o'tiribdi. Bu ayol Sojida opa bo'lib shu maktabning kutubxonachisi. Olimjon - Sojida opaning kenja o'g'li. To'rt og'ilni boqish rahmatli eri o'tganidan song yolg'iz o'ziga qoldi. Oylik maoshi urvoq ham bo'lmay qoldi. Boshqa bir korxonada farrosh bo'lib ishlashga majbur boldi. Har kuni tong saharda borib korxonani tozalaydi. So'ng uyga kelib o'g'illariga nonushta taxlab soat sakkizda maktabga ketadi. Maktabda ish vaqti tugagach , o'g'li Olimjonning darsdan chiqishini kutadi. Ungacha har xil kitoblarni o'qib turadi. Olimjon darsdan chiqqach, birgalashib korxonaga borishadi. Olimjon oyisiga suv tashib beradi. Yakshanba kunlari Sojida opa tikuvchilik qiladi. Xudoga shukrkim, o'g'illari aqlli, ikkita tong'ich o'g'li universitetda o'qiydi, ikkita kenjasi maktabda. Eng aqllisi – Olimjon. Lekin nima bo'ldi-yu, bugun direktor yonida Sojida opaning yuzini yer qildi. Aslida, voqea bunday bo'lgandi.
Maktabda 9-sinflar ortasida eng kitobxon va a’lochi oquvchi – bu Olimjon. Kopchilikning unga havasi kelganidek , hasad qilganlar ham kam emasdi. Har narsani pul bilan o'lchaydigan Shohrux va uning onasi Barno opa o'g'lini Olimjondan ustun qo'yadi. Bir kuni maktabda “Yosh kitobxon” tanlovining maktab bosqichi bo'ldi. Unda Olimjon g'olib bo'lganini eshitgan Barno opa o'g'li Shohruxga o'shqirdi:
- Bu xabar bilan otangning ko'ziga qanday qaramoqchisan!?
Shohrux indamay xonasiga kirib ketdi. Endi Shohrux qachon kelgusi tanlovda birinchi orinni olmagunicha jazoda boladi. Bu jazo nafaqat Shohruxga, balki, Olimjonga ham qiyin bo'ldi. Chunki shundan so'ng Shohruxni Olimjonga nisbatan nafrati oshdi. Bir kuni tanaffus vaqtida Shohrux bir to'p bolalar bilan kelib Olimjonni masxara qildi. Onasi farrosh bo'lib ishlashini yuziga solib, nafsoniyatiga tegdi. Olimjon har qancha aqlli bolmasin, har qanday gapga chidamasin, ammo onasini haqoratlashlariga qarab tura olmadi va Shohruxga bir musht tushirdi. Shoxruxga esa aynan shu kerak edi. Va shunday bo'lib orada katta janjal chiqib, direktor yonida otirishibdi. Shu yerda ham Shoxruxning onasi Barno opa hech kimga gap bermay shangillayapti. Hayriyatki, direktor Odil Yoqubovich Olimjonning xulqini inobatga olib, Barno opaning yonida uni “kechirdi”. Aslida-ku, direktor bo'lgan voqeani to'lig'icha biladi, ammo Barno opaning chakagini yopish uchun yuzaki bolsa ham aybni Olimjonga tonkash kerakligini anglab yetgandi. Bu adolatsizlikdan so'ng Olimjon kitobga ro'ju qo'ydi. Avvalgidanda shiddat bilan o'qirdi. Kutubxonadagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “Bugun kitob o'qigan bitta bola ertaga televizor ko'rgan o'nta bolani boshqaradi.” degan gaplari Olimjonga dalda bolar va u shu gaplarni ozining hayotiga dasturilamal qilib oldi. Maktabda yana bir “Yosh akademik” tanlovi e'lon qilindi. Bu tanlovda Shohrux g'olib bo'lishiga ishonardi. Lekin tayyorgarliksiz, o'z ustida qo'shimcha ishlamasdan g'olib bo'lish qiyin. Yana Olimjondan-da bilimli bolish kerak. Tanlov ham otdi. Unda yana Olimjon g'olib bo'ldi. Eng achinarlisi, Shohrux hattoki ikkinchi yoki uchinchi o'rinlarni ham egallay olmadi. Buni eshitgan Barno opaning fig'oni falakka chiqdi. To'gri, Barno opa boy-badavlat va har bir narsani pul bilan o'lchasa ham yakka-yu yolg'iz ogli Shohruxning oqishiga befarq emasdi. Barno opa Shohruxni qattiq urushdi.
26 viewsY.Kamalovna, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-07-18 14:54:27
#Yil_hikoyasi
#Yoz_besh_tashabbus_bilan_soz
#Tanlovga

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari yozgi ta'til davomida Respublika va ijod maktabida o'tkazilayotgan tanlovlarda faol ishtorok etmoqdalar.

Ijod maktabining òquvchisi Axmatova Zubayda orzu va intilishlari ,turli fanlardan ijodkorligi bilan tengdoshlariga namuna bòlmoqda

Quyida uning Respublika Bolalar kutubxonasi tomonidan òtkazilayotgan tanlovga yuborgan hikoyasi bilan tanishishingiz mumkin.

34 viewsY.Kamalovna, 11:54
Ochish/sharhlash
2022-07-18 14:54:27
Diqqat, e'lon!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining "Kompyuter grafikasi" to'garagi "Yoz -besh tashabbus bilan soz" mavzusida tanlov e'lon qiladi.

"O'zbekiston mening nigohimda" deb nomlangan ushbu tanlovda ijod maktabining barcha sinf o'quvchilari ishtirok etadilar.

Tanlov ikki yo'nalishda o'tkaziladi.

1.Tasviriy san'at
(O'zbekistonimizning diqqatga sazovor joylari, muqaddas qadamjolar, yangi bunyod etilgan inshootlar,, yurtimizdagi go'zal maskanlar va jozibali tabiatini ranglar orqali tasvirlash)

2.Kompyuter grafikada.
(Kompyuterda grafik dasturlar(coreldraw, photoshop) orqali yuqorida kursatilgan kabi o'z ijodiy ishlarini namoyish qilish)

Tanlov g'oliblari estalik sovg'alari va "Faxriy yorliq" bilan taqdirlanadilar.

https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
41 viewsY.Kamalovna, 11:54
Ochish/sharhlash
2022-07-14 10:14:14 https://yuz.uz/news/chaqmoqdek-umr-mojizalari--
29 viewsY.Kamalovna, 07:14
Ochish/sharhlash
2022-07-14 10:14:05
#OAV_biz_haqimizda

“CHAQMOQDEK UMR MO‘JIZALARI”

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevralda “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-125-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan mamlakatimizdagi ta'lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu ma'noda, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamolovaning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2022-yil 14-iyuldagi №141-sonida “Chaqmoqdek umr mo‘jizalari” nomli maqolasi nashr etildi.

Maqolada Yoqutoy Jamolova Usmon Nosirning otashin ijodiy yo‘li va azob-uqubatli hayoti haqida so‘z yuritadi.

Mutolaa qilishni tavsiya etamiz!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
29 viewsY.Kamalovna, 07:14
Ochish/sharhlash