Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-03-01 16:29:42
#Harbiy_qismda_bir_kun

O
'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 63226-sonli Xonobod harbiy qismida hamkorlik rejasiga asosan, atoqli o'zbek shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag'ishlab "Shoiraning hayot qo'shig'i" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Mazkur tadbirda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Mohigul Olimjonova rahbarligida bir qator ijodkor o'quvchilar ishtirok etishdi.

O'quvchilar Zulfiyaxonim qalamiga mansub she'rlardan, shu bilan birga, atoqli shoiraga atalgan o'z ijodlaridan namunalar aytishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
22 viewsY.Kamalovna, 13:29
Ochish/sharhlash
2023-03-01 16:29:41 #Тўгараклар_фаолиятидан

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator IT to'garaklari faoliyat olib bormoqda. Jumladan, "Web dizayn" to'garagining a'zosi, 7-sinf o'quvchisi Eldurbek Ismatullayev atoqli o'zbek shoiri Zulfiya ijodiga bag'ishlangan mobil ilova yaratdi.

Mazkur mobil ilova jami 5 bo'limdan iborat bo'lib, unda shoira hayoti va ijodi, she'rlari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti va boshqa bir qancha qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

13 yoshli o'quvchining IT sohasida istiqbolli loyihalar ustida ishlayotgani tahsinga sazovor. Biz yaqin kelajakda Eldurbekdan yanada yangi loyihalar hamda veb ishlanmalar kutib qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
19 viewsY.Kamalovna, 13:29
Ochish/sharhlash
2023-03-01 16:29:41
#Tarjimonlik_tόgaragi

Men o'tgan umrga

Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..


To my past life

Suddenly, flipping through my book of life,
I have no regrets about the past life.
I smiled instead of grin.
If you need to love - I love like a mindless.
Is it silk, chitmo or kimkhob,
I didn't care about the richness of my heart.
The life that surrounds me as the sun,
Every lesson requires a new song.
I have no regrets about the past life,
I wonʼt may see in anyone like my life:
I loved, pampered I lost, I burned,
I knew what honor was.
This is a living! ..

Translated By Tillayeva Gulirano
18 viewsY.Kamalovna, 13:29
Ochish/sharhlash
2023-03-01 16:29:41
#Zulfiya_tavalludiga_108_yil

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari 1-mart – taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kunga bag'ishlab, uning "Mushoira" she'ridan namunalar o'qishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |
13 viewsY.Kamalovna, 13:29
Ochish/sharhlash
2023-02-24 16:07:58
#Biz_sen_bilan_bir_safdamiz
#Mahorat_darsi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 17-maxsus(eshitishga nogironligi bor)maktab òquvchilari uchun Musiqa to'garagi rahbari Z.Boboxodjayev hamda surdotarjimon M.Muxammadiyeva tomonidan "Òzbek milliy cholģu asboblari" mavzusida dars mashģuloti òtkazildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
26 viewsY.Kamalovna, 13:07
Ochish/sharhlash
2023-02-24 16:07:57
#Zamin_Creаtive
#Imtihon

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul imtihonlari o'tkazildi.

“Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan ushbu jarayonlarga ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari rejaga muvofiq, o'zaro hamkorlik shrtnomasiga muvofiq jalb etildi.

“Zamin Creative” studiyalaridagi o'quv kurslari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilib , unda ròyxatdan o'tgan o'quvchilar ishtirok etdilar.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
25 viewsY.Kamalovna, 13:07
Ochish/sharhlash
2023-02-21 19:10:50
#Bilim_doirasida

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali bilan hamkorlikda tayyorlangan "Bilim doirasida" ko‘rsatuvining bu galgi sonida Halima Xudoyberdiyeva hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarining o‘quvchilari bellashishdi.

E'tiborlisi, O'quvchilarimiz - Abduhalimova Marjona, Shodiyeva Iroda, Xushvaqtova Irodalardan iborat maktab jamoasi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabidan ustun kelishdi. Ular O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari - kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

O'z navbatida, ko'rsatuv shartlariga o'quvchilarni tayyorlashda mas'ul etib tayinlangan Dildora Shodmonovaga, shuningdek, ijod maktabining barcha ona tili va adabiyot fani o'qituvchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
25 viewsY.Kamalovna, 16:10
Ochish/sharhlash
2023-02-20 19:59:02
14 viewsY.Kamalovna, 16:59
Ochish/sharhlash
2023-02-20 19:59:02 #Xushxabar

ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABINING “BILIMDONLAR” JAMOASI RESPUBLIKADA 2-O'RINNI EGALLASHDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan adib asarlari mutolaasiga o‘quvchilarni qiziqtirib, ular merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida 2023-yil 8-fevraldan 14-fevralga qadar "Bobur asarlari bilimdoni" respublika ko‘rik tanlovini o'tkazildi.

E'tiborlisi, ijod maktabimizning “Bilimdonlar” jamoasi maktab sha'nini munosib himoya qilib, g'oliblar safidan joy egallashdi.

1-o'rin. Samarqand viloyati Samarqand shahri 81-umumiy oʻrta taʼlim maktabining “Bobur izdoshlari” jamoasi,

2-o'rin. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Bilimdonlar” jamoasi
Dilnavo Sobirova - 11-sinf;
Sevinch Allanazarova - 11-sinf;
Sevinch Abdiyeva - 11-sinf.

3-o'rin. Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining “Bobur dilbandlari” jamoasi.

G‘oliblar hamda barcha ishtirokchi jamoalar Respublika bolalar kutubxonasining maxsus Sertifikatlari bilan taqdirlanadilar.

Ma'lumot uchun, Respublikada 2-o'rinni egallagan o'quvchilarimiz viloyatda shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egallagandi.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
15 viewsY.Kamalovna, 16:59
Ochish/sharhlash
2023-02-14 18:31:26
"Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari bilimdonlari" intellektual musobaqasidan fotoreportaj
32 viewsY.Kamalovna, 15:31
Ochish/sharhlash