Get Mystery Box with random crypto!

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi Prezide | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Prezidentimizning joriy yilning 25-yanvaridagi "Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va rejaga muvofiq tanlovlar, madaniy-ma'rifiy tadbir va intellektual o'yinlar o'tkazildi.

Xususan, ijod maktabi tomonidan buyuk ijodkorning tavalludiga bag'ishlab, "Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi. O'z navbatida, ijod maktabining o'quvchilari Dilnavo Sobirova, Sevinch Allnazarova va Sevinch Abdiyevalar esa Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o'tkazilgan “Bobur asarlari bilimdoni” tanlovining viloyat bosqichida e'tirof etilib, tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etishdi. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari asosida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Bugun esa ijod maktabida "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari bilimdonlari" intellektual musobaqasining oxirgi - final turniri o'tkazildi.

Unda 8-sinflarning g'olib jamoalari, ya'ni "Kobul" va "Hindiston" jamoaslari o'zaro bellashdilar.

Ushbu musobaqani Qashqadaryo viloyati harbiy faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik G'ayrat Umurqulov, mayor A.Azamatov, Qarshi shahrida joylashgan DXX chegara qo'shinlari harbiy xizmatchilari yaqindan kuzatishdi hamda har ikkala jamoa vakillariga Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi badiiy kitoblar taqdim etishgan bo'lsa, maktab rahbariyati tomonidan ijodiy ishlar tanlovi g'oliblari esdalik sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa so'nggida har ikkala jamoa ham 36 balldan to'pladi, natijada do'stlik g'alaba qozondi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |