Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-05 20:10:08 #Ижодий_тўгарак

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy to'garak" doirasida navbatdagi to'garak mashg'uloti bo'lib o'tdi. To'garak rahbari Nilufar Umarova rahbarligidagi bu galgi mashg'ulot jarayonlari odatdagilaridan farq qildi. Nega deganda, unda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli ijodkorlar, iste'dodli yosh qalamkashlar ishtirok etishdi. Mashg'ulot ham shunga uyg'un ravishda ko'tarinki ruh va yuqori ijodiy kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Mashg'ulotni viloyat hokimining maslahatchisi Ziyoda Aminova va ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas'ul xodimlari, o'z o'rnida, taniqli yozuvchi-shoirlar - Ma'mura Zohid, Shodi Otamurod, Navoiylik Alisher, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov haqidagi hujjatli filmda shoir obrazini yaratgan Shodmonqul Salom, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi bosh mutaxassisi Davron Sulton, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Turdi Haydar, yosh va umidli shoirlar - Baraka Boqiy, Begali Eshonqulov, Nuriddin Rasulov, shuningdek, Qarshi davlat universitetining ijodkor-talabalari ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Mahg'ulot davomida badiiy adabiyotning vazifa va maqsadlari, kitobxonlar oldidagi mas'uliyat va burchi, o'zbek adabiyoti, yoshlar ijodi, ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida so'z bordi.

Mashg'ulot so'nggida Qarshi davlat universitetining ijodkor-talabalari va ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari o'rtasida mushoira o'tkazildi.

Ma'lumot o'rnida, yaqin kunlarda "Ijodiy to'garak" a'zolarining she'riy mashqlaridan iborat to'plam nashr etilish arafasida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |
18 viewsY.Kamalovna, 17:10
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:55:31
2-aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" nomli aksiyadan fotoreportaj
27 viewsY.Kamalovna, 16:55
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:55:30
Ota-onalar yig'ilishidan fotoreportaj
28 viewsY.Kamalovna, 16:55
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:55:30 #Ота_оналар_йиғилиши

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining faollar zalida 7-11-sinf o'quvchilarining ota-onalari bilan yig'ilish o'tkazildi. Unda maktab rahbariyati, tarbiyachilar, sinf rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berib, kun tartibidagi masala, ya'ni 3-chorak yakunlariga va boshqa masalalar bilan yig'ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Yig'ilishda 3-chorak yakunlari tahlil qilindi. O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov o'quvchilarning fanlardan o'zlashtirishi, tartib-intizomi borasida so'z yuritdi. Yig'ilishda o'quvchilarning tanlovlardagi faolliklari va erishgan yutuqlari e'tirof etildi.

O'z navbatida, ota-onalarning bildirgan takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va savollarga atroflicha javob berildi.

Faollar zalidagi yig'ilishdan so'ng ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiya olayotgan sinfxonalarda bo'lishdi. Sinf rahbarlari har bir o'quvchilarning ota-onalari bilan birga individual suhbat o'tkazib, o'quvchilarning choraklik summativ baholash natijalari tahlil qilindi.

Ijod maktabing foyesida 2-aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" nomli aksiya tashkil etildi. Unda barcha ota-onalar faol ishtirok etib, farzandlariga kitob sovg'a qildilar. Shuningdek, ular o'zlari uchun ham kitob xarid qilishdi.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
28 viewsY.Kamalovna, 16:55
Ochish/sharhlash
2023-03-30 09:03:51
#Munosabat

Ta'kidlash kerakki, joriy yilning 30-aprel sanasida oʻtkaziladigan referendumda yurtdoshlarimizning faol ishtiroki Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyoti va rivoji yoʻlida munosib hissa boʻlib qoʻshiladi.

Shu ma'noda, "Qashqadaryo" televideniyesining "Munosabat" ruknida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolov va Nishon tumanidagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Sunnatillo Aminov mamlakatimizda so'nggi 5 yilda olib borilgan islohotlar, xususan, ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, shuningdek, o'qituvchilar manfaati, qadr-qimmati yuksak baholanayotgan, ta'lim-tarbiya tizimiga mutlaqo yangicha ruh berilayotgan yangilanayotgan Konstitutsiya bo'yicha o'z-fikr mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
10 viewsY.Kamalovna, 06:03
Ochish/sharhlash
2023-03-29 15:32:05
#OAV_biz_haqimizda

"Qashqadaryo" televideniyesida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlab "O'zbekiston - Vatanim manim!" mavzusida o'tkazilgan adabiy-badiiy tadbir haqida reportaj namoyish etildi.

Mazkur reportajda adabiy-badiiy tadbirda namoyish etilgan chiqishlar hamda tadbirga tashrif buyurgan faxriy ustozlar va mehmonlarning fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
22 viewsY.Kamalovna, 12:32
Ochish/sharhlash
2023-03-24 13:53:41
#befarqemasman

- Hammamizga ma'lumki, yaqin o'tmishimizni ta'lim sohasidagi o'zgarishlariga nazar solsak, "yer bilan osmoncha" farq borligini ko'ramiz. Shu bilan birga, bugungi kunda ham sohada o'zgarishlar to'xtab qolgani yo'q. Bir so'z bilan aytganda, ta'lim sohasi vakillari keng ko'lamli islohotlardan ilhomlangan holda faoliyatlariga yangicha tus berishmoqda.

Joriy yilning 30-aprel sanasida o'tkaziladigan referendumda men va yaqinlarim befarqemasmiz. Siz ham befarq bol'lmang!

Ravshan Xolov, Abdulla Oripov nomidagi jod maktabining tarix fani o'qituvchisi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
30 viewsY.Kamalovna, 10:53
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:33:12 https://telegra.ph/Ona-tilim-sen-borsan-shaksiz-Bulbul-kuyin-sherga-solaman-03-20-4
28 viewsY.Kamalovna, 09:33
Ochish/sharhlash
2023-03-23 19:40:51
#befarqemasman

- Ertangi hayotimiz, oila va yaqinlarimiz taqdiri Vatanimizda kechadigan siyosiy-huquqiy jarayonlar bilan chambarchas bog'liq. O'zimiz xohlagan kelajakni yaratish, avvalo, sizu bizga daxldor muhim masaladir. Shunday ekan, men Vatanim va farzandlarim kelajagiga befarq emasman. Yangilanayotgan Konstitutsiya esa ularning kelajagi, farovonligi va sifatli ta'lim olishi kafolatidir.

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni konstitutsiyaviy islohotlarda faol ishtirok etishga chorlayman. Farzandlarimiz umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz asosida shakllanishi, yetuk va malakali kadr bo'lib barkamol topishini istayman.

Men befarq emasman. Siz ham befarq bo'lmang.

Azizbek Norov, Abdulla Oripov nomidagi jod maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
16 viewsY.Kamalovna, 16:40
Ochish/sharhlash
2023-03-23 15:27:56
#Sport_soģlik_garovi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Vazirlar Mahkamasining qo'shma majlisi bayoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlari dasturida xotin-qizlar o'rtasida sport musobaqalarini tashkil etish vazifalari belgilangan.

Shu munosabat bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida xotin-qizlar o'rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Musobaqalar ertaga davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
20 viewsY.Kamalovna, 12:27
Ochish/sharhlash