Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-12-27 19:10:12
Bayram tantanalaridan fotoreportaj (1-qism)
30 viewsY.Kamalovna, 16:10
Ochish/sharhlash
2022-12-26 18:59:50
Tadbirdan fotoreportaj (2-qism)
26 viewsY.Kamalovna, 15:59
Ochish/sharhlash
2022-12-26 18:59:49
Tadbirdan fotoreportaj (1-qism)
24 viewsY.Kamalovna, 15:59
Ochish/sharhlash
2022-12-26 18:59:48 #Uch_avlod_uchrashuvi
#Sportimiz_yulduzlari

Ta’kidlash joiz, bugun mamlakatimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan «Uch avlod uchrashuvi» ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan.

Ayniqsa, “Taraqqiyot strategiyasi – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat asosi” g‘oyasi negizida o‘quvchi-talabalarda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasining nafaqadagi podpolkovnigi Uyg‘un Xo‘jaqulov, podpolkovnik Qurbon Haqqulov, podpolkovnik Ulug‘bek Qoraqulovlar bilan “Uch avlod uchrashuvi”, shuningdek, sportimizning yorqin vakillari, xususan, sambo bo‘yicha jahon chempionlari- Jahongir Mansurov, Anzur Qo‘ziyev, MMA jangi sport turi bo‘yicha Osiyo chempioni O‘g‘iloy Jumanova, MMA jangi sport turi bo‘yicha jahon chempioni Azamat Nuftillayev, qo‘l jangi bo‘yicha bosh murabbiy Botir Rahmonovlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

- Samimiy ruhda o‘tgan “Uch avlod uchrashuvi”da ijod maktabining o‘quvchi yoshlariga bugun mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot ta’kidlandi, - deydi podpolkovnik Qurbon Haqqulov.

Aytish joizki, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasining nafaqadagi podpolkovniklari hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

- Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir. Xususan, bir qator sport turlarida xalqaro va jahon miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, mamlakatimiz bayrog‘ini baland tutish – bugun yosh sportchilarimizning asosiy maqsadiga aylangan, - deydi qo‘l jangi bo‘yicha bosh murabbiy Botir Rahmonov.

Tadbir davomida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan badiiy kompozitsiya, o‘z ijodidan namunalar havola etildi.

Mehmonlarga ijod maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar iliq taassurot qoldirdi. O‘z navbatida, mehmon sportchilarimiz o‘zlari ishtirok etadigan sport musobaqalari va mashg‘ulot zallari o‘quvchilarni taklif etishdi.

Davra suhbati o‘quvchilar bilan savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
23 viewsY.Kamalovna, 15:59
Ochish/sharhlash
2022-12-24 13:46:27
#Premyera
#Tὁgarak_hisoboti

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlari va fan to'garaklaridan so'ng zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatuvchi, o'quvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan to'garaklar faoliyat turadi. Rejissor Aktam Boyto'rayev rahbarligidagi "Aktyorlik mahorati" drama to'garagi ham ana shunday to'garaklardan biri sanaladi.

Ushbu to'garakning choraklik hisoboti - spektakl namoyishi bo'lib o'tdi. Xususan, o'zbek xalq ertaklarining sara namunalariga kiruvchi - "Zumrad va Qimmat" ertagi asosida sahnalashtirilgan musiqiy sahna asari namoyish etildi.

Rollarni ijod maktabining 7-8-sinf o'quvchilari ijro etishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
34 viewsY.Kamalovna, 10:46
Ochish/sharhlash
2022-12-24 13:23:02
#ijodiy_tanlov
3-o'rin g'olibi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida taniqli shoir va davlat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan “Barhayot jilolar” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining “Videorolik” yo‘nalishida 3-o‘rinni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Javohir Abdurasulov egalladi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
28 viewsY.Kamalovna, 10:23
Ochish/sharhlash
2022-12-24 13:23:02
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoir va davlat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan “Barhayot jilolar” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi, yakuniy natijalarga ko'ra:

She’riyat
1-o'rin – Abdulla Qodiriy ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jamshid Xudoyberdiyev
2-o'rin – Abdulla Oripov ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov
3-o'rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 10-sinf o’quvchisi Zarifa Mardiyeva

Maqola
1-o'rin – Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 9-A sinf o‘quvchisi Yulduz Suyunova
2-o'rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 9-"B" sinf oʻquvchisi Rushana Olimova
3-o'rin – Erkin Vohidov ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Umidaxon Abduhamidova

Videoroliklar
1-o'rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi Visola Tursunova
2-o'rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi Zulhayo Mingboyeva
3-o'rin – Abdulla Oripov ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi Javohir Abdurasulov
24 viewsY.Kamalovna, 10:23
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:05:02
#LIVE

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi.

O'z navbatida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining pedagog-xodimlari, darslari ochiq o'qituvchilar ham Murojaatnomani tinglashmoqda.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini ta’kidlar ekan, "O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz", - dedi Prezident.

Prezidentimiz 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |
20 viewsY.Kamalovna, 07:05
Ochish/sharhlash
2022-12-20 09:27:05
Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
19 viewsY.Kamalovna, 06:27
Ochish/sharhlash
2022-12-20 09:23:29 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi soat 11 da bo‘lib o'tadi. Tadbirni ushbu link orqali

to'g'ridan-to'g'ri tomosha qiling!
18 viewsY.Kamalovna, 06:23
Ochish/sharhlash