Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-03-11 13:47:57 #Hashar_elga_yarashar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida umumxalq xayriya hashar oldi shanbalik o'tkazildi.

Ijod maktabi bog'ida obodonlashtirish ishlari o'tkazildi. Bog'  atrofida umumiy tozalik ishlari olib borilib, o'quv binosi atrofi ta'mirlandi. Turli  gul  va manzarali daraxt  ko'chatlari o'tqazildi.

Obodonlashtirish ishlari davom etadi.

Fotoreportaj
22 viewsY.Kamalovna, 10:47
Ochish/sharhlash
2023-03-10 16:28:29
#Хотин_қизларни_эъзозлаш_ҳафталиги

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Ayolga ehtirom ko'rsatish - xalqimizga xos oliyjanob qadriyat" degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" ni o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan edi. Dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bugun ijod maktabida davra suhbati tashkil etildi.

Turon Akademiyasining akademigi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bir necha yillar "Saodat" jurnalining viloyatdagi muxbiri bo'lib ishlagan olima ayol Bo'ritosh Nosirova bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda ijod mashaqqati va samarasi, mehnatning inson hayotidagi tutgan o'rni haqida suhbatlashish bilan bir qatorda, B.Nosirova o'z Ustozlari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haqidagi iliq taassurotlarni gapirib berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
34 viewsY.Kamalovna, 13:28
Ochish/sharhlash
2023-03-06 17:07:57
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag'ishlab madaniy-ma’rifiy tadbirdan fotoreportaj (2-qism)
30 viewsY.Kamalovna, 14:07
Ochish/sharhlash
2023-03-06 17:07:56
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag'ishlab madaniy-ma’rifiy tadbirdan fotoreportaj (1-qism)
31 viewsY.Kamalovna, 14:07
Ochish/sharhlash
2023-03-06 17:07:56 #Аёлларни_эъзозлаш_ҳафталиги

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 33-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Ayolga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida barcha ta’lim muassasalarida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag'ishlab "Ayolga ehtirom - oliyjanob qadriyat" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.

Bayramona tadbirda "Tadbirkor ayol" O'zbekiston ishbilarmonlar assotsiatsiyasi Qashqadaryo viloyat bo'limi raisi Oynisa Ochilova, Tabassum MFY, mahalla faollari, faxriy uztozlar, ota-onalar, maktabning barcha o'qituvchi hamda o'quvchilari, shuningdek, bir necha yillar ta'lim sohasida samarali faoliyat ko'rsatgan, ko'p yillik faoliyati davomida qator yutuqlarga erishgan faxriy ustozlardan biri Feruza Hatamova ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijod maktabi o'quvchilari adabiy-badiiy, raqs, musiqa va an'anaviy ijrochilik bo'yicha o'z kompozitsiyalarini namoyish etishdi.

Tadbirda alohida yutuqlarga erishgan, faol o'qituvchilar ijod maktabi ma'muriyati tomonidan "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandilar, e'tirof etildilar.

Ijod maktabida "Ayollarni e'zozlash haftaligi" davom etmoqda.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
30 viewsY.Kamalovna, 14:07
Ochish/sharhlash
2023-03-06 11:11:33
#OAV_biz_haqimizda

"Madaniyat va ma'rifat" respublika telekanali "Yo'l bo'ylab" ko'rsatuvining bu galgi soni Qashqadaryo viloyatidagi madaniyat markazlariga bag'ishlandi.

Ko'rsatuv doirasida ilk maskan - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bo'ldi.

Ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova maktab faoliyati, dars jarayonlari, to'garaklar, maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, shoir Abdulla Oripov muzeyi, undagi turli eksponatlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
64 viewsY.Kamalovna, 08:11
Ochish/sharhlash
2023-03-02 13:06:42
#Qaror_ijrosi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentinin 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining mazkur sport turiga qiziquvchan o'quvchi-yoshlari bilan hamkorlikda ijod maktabida mutaxassislar tomonidan mashg'ulot o'tkazildi.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
29 viewsY.Kamalovna, 10:06
Ochish/sharhlash
2023-03-02 13:06:41
#Тўгараклар_фаолиятидан

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yo'nalishlardagi to'garaklar o'z faoliyatini olib bormoqda.

"Raqamli va tasviriy san'at" to'garagi a'zolari to'garak rahbari Madina Siddiqova rahbarligida turli mavzularda ijodiy ishlar yaratmoqdalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
25 viewsY.Kamalovna, 10:06
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:56:19
#Kino_vaqti
#Besh_tashabbus

O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy bo'limi xodimlari tomonidan
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda shoira Zulfiya ijodini yanada teran anglash maqsadida "Baxtim shul, o'zbekning Zulfiyasiman" nomli hujjatli film namoyish etildi.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
19 viewsY.Kamalovna, 15:56
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:56:19
#Mahorat_darsi

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida shoira Zulfiya ijodiga bag'ishlab "Bahor keldi seni so'roqlab" mavzusida "Mahorat darsi" bo'lib o'tdi.

Darsni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, "Shuhrat" medali sohibi Nilufar Umarova olib bordi.

Dars avvalida shoira ijodi, o'quvchilarni qiziqtirgan she'rlari tahlil etildi. So'ng Zulfiya she'rlaridan iborat mushoira o'tkazildi.

Dars so'ngida ijodkor o'quvchilar o'z ijodlaridan namunalar o'qidilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
18 viewsY.Kamalovna, 15:56
Ochish/sharhlash