Get Mystery Box with random crypto!

Charoģon yulduzlar Qalbi birga tugilgan,mardonavor yo'lida, Me | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Charoģon yulduzlar
Qalbi birga tugilgan,mardonavor yo'lida,
Mehr balqib,to'lg'angan ikki qardosh ko'nglida
Falakdan qo'nmish humo,hurlik, siym boshiga
Yaqin qoldi manzillar, boqdik dunyo qoshiga

Bashariyat oltin meva bo'lib pishdi niholda
O'zbegimning nolalarin eshitgansiz har qayda
Qardosh og'a,iniga mehr qo'llarin cho'zdi
O'rtada hech uzilmas asl rishta tuzildi

Qozoq,qirg'iz barchasin bitta ena o'stirgan
Har birining boshiga ma'rifatdan toj bergan
Bugun qozoq,o'zbegim bitta to'nga yopindi
Jo'shib turgan iliqlik chehrasida balq urdi

Mavj uradi daryolar,vaqt shamoldek yeladi
Hali bobom Navoiy kutgan davr keladi
Abaylarning  faryodi na'ra bo'lgan falakka
Ikki qardosh nomlari yulduz misol yonadi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi
Narsillayeva Maftuna.