2022-06-30 15:44:41
#Imtihon_2022
AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
Ijod maktablari 3-bosqich imtihonlari ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.
Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.
Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.
Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.
Ijod maktabiga kirish imtihonining 3-bosqichi 2-iyulda bo‘lib o‘tadi.
Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan
bir soat oldin kelishingiz shart!
Imtihonlar bo'lib o'tadigan manzillar bilan saytimizda batafsil tanishing.
#Ijod_maktablari #Imtihon
42 viewsY.Kamalovna, 12:44