Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-01-12 10:33:35
Yangi O‘zbekiston” universitetida hujjatlar qabuli boshlandi!

Endilikda siz 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

Kimyo va ilg‘or materiallar muhandisligi
Mexanika muhandisligi
Elektronika muhandisligi
Dasturiy ta’minot muhandisligi
Kiber xavfsizlik
Sun’iy intellekt va robototexnika
Amaliy matematika
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
Pedagogika
Sanoat boshqaruvi

Hujjatlar qabuli boshlandi! Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

O‘qishga ariza topshirish uchun siz:

Mazkur havolaga kirishingiz: https://newuu.uz/uz/admission/form
O‘zingiz haqingizdagi so‘ralgan barcha ma’lumotlarni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

Hujjat topshirish bilan bog‘liq barcha savollarga ushbu telefon raqami orqali javob olishingiz mumkin: +998712024111

English

#qabul_2023 #admission_2023

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
35 viewsY.Kamalovna, 07:33
Ochish/sharhlash
2023-01-11 10:35:20
#Raqamli_avlod
#IT_oromgohi

IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning 4-9-yanvar kunlari poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Raqamli avlod IT oromgohi - 2023"
tashkil etildi.

Oromgoh doirasida Kiber Sport, Digital Art, Media, Robototexnika yo'nalishlari bo'yicha prezident, ijod ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qatnashdilar.

Ta'kidlash joiz, oromgoh doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari - Cho'liyev E'zozbek, Omonov Azizbek, Naqshivanqulova Nigina, To'rayeva Hulkarlar faol ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Xususan, ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Naqshivanqulova Nigina raqamli va tasviriy san'at bo'yicha alohida yutuqlarni egallab, sovrin bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube|
23 viewsY.Kamalovna, 07:35
Ochish/sharhlash
2023-01-10 13:04:35
#Murojaatnoma_taqdimoti

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo'lib o'tgandi.

Shu ma'noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Prezidentimizning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda ijod maktabi o'qituvchilari, pedagog-xodimlar ishtirok etdilar. Eng muhimi, maktab faoliyati va o'quvchilarga sifatli ta'lim berish yuzasidan Murojaatnomadan kelib chiqadigan vazifalar hamda istiqbol rejalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |
30 viewsY.Kamalovna, 10:04
Ochish/sharhlash
2023-01-09 13:02:47 #Tanlov

Diqqat, tanlov!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar--"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o‘quvchilar o‘rtasida "Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" shiori ostida Vatan ozodligi yòlida mardona kurash olib borgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati , shonli hayotini tarģib qilish orqali òquvchilarga Vatanga sadoqat, shijoat va qat'iyat tuyģularini singdirish maqsadida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qiladi.

Tanlovda Vatanimizning zalvorli tarixi, uni ulug'lash, ulug' ajdodlarimiz, buyuk bobolarimizdan faxrlanish va ularga munosib bo'lish, Vatan himoyasi-muqaddas burch ekanligi, Vatanga sadoqat va fidokorlik, tug'ilib o'sgan ona zaminga mehr-muhabbat tuyg'ulari talqin etilishi, yoritilishi lozim.

Mazkur tanlov quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi:

1. Nazm, nasr, publisistika;
2. Eng yaxshi rasm;
3. Eng yaxshi videorolik (videorolik tayyorlash jarayonida o‘quvchining o‘zi tomonidan o‘qilgan matni, she'ri yoki qo‘shig‘i hisobga olinadi)

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarning ijodiy ishlari 2023-yilning 20-yanvar kuni, soat 18:00 ga qadar maktabning "Ijodkor yoshlar" https://t.me/abdullaoripovyoshijodkorlar telegram guruhiga yuborilish orqali qabul qilinadi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar 2023-yil 20-yanvar kuni e'lon qilinadi hamda ģoliblar "Faxriy yorliq" hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
48 viewsY.Kamalovna, 10:02
Ochish/sharhlash
2022-12-30 19:35:37
Bugun, 2022-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Hurmatli Hilola O‘ktamovna!

  Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi Sizni ushbu mas‘uliyatli lavozim va yuksak ishonch bilan samimiy tabriklaydi!
  Sizga mustahkam sihat-salomatlik, respublikamiz ta‘lim tizimidagi sharafli ishlaringizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Òylaymizki, bir jamoa bòlib, birlik va ahillikda yuksak shijoat va sadoqat bilan ushbu tizim rivojiga kamarbasta bòlamiz!

Hurmat va ehtirom bilan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
28 viewsY.Kamalovna, 16:35
Ochish/sharhlash
2022-12-30 18:02:46
Bugun, 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Hurmatli Hilola O‘ktamovna!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Sizni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy tabriklaydi!

Sizga ushbu muhim davlat lavozimida kuch-g‘ayrat, mamlakatimiz ta'lim tizimi ravnaqi yo‘lidagi kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat va ehtirom bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
23 viewsY.Kamalovna, 15:02
Ochish/sharhlash
2022-12-30 11:46:06
47 viewsY.Kamalovna, 08:46
Ochish/sharhlash
2022-12-29 22:20:10
#Ijod_maktabida_Yangi_yil_tantanalari
#Quvnoq_lahzalar


https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
42 viewsY.Kamalovna, 19:20
Ochish/sharhlash
2022-12-27 19:10:13
Bayram tantanalaridan fotoreportaj (3-qism)
34 viewsY.Kamalovna, 16:10
Ochish/sharhlash
2022-12-27 19:10:13
Bayram tantanalaridan fotoreportaj (2-qism)
34 viewsY.Kamalovna, 16:10
Ochish/sharhlash